Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi



Yüklə 3,27 Mb.
səhifə342/381
tarix03.03.2022
ölçüsü3,27 Mb.
#84301
1   ...   338   339   340   341   342   343   344   345   ...   381
7cd24b2e3dfc14533e311a0b5103aa9f UMUMIY PEDAGOGIKA (5)

Qozog’iston modeli: to’liq umumta’lim o’rta maktab → kollej → universitet, akademiya (bakalavriat) → magistratura → doktorantura.

Demak, zamon va makon omillariga ko’ra pedagogik tizimlar modelini taqqoslashda yangi pedagogik bilimlar yuzaga keladi. Uning mazmunida quyidagilar aks etadi:



  • ta’limning zamonaviy holatini qayd etish;

  • ta’lim siyosatini takomillashtirish, muqobil ta’lim siyosatini taklif qilish;

  • ta’lim jarayonlarida kutilayotgan holatlarni bashorat qilish;

  • qiyosiy pedagogikaning nazariyasi va metodologiyasini boyitish.

XX asroxirida jahon ta’lim tizimida quyidagi global tendentsiyalar ajratib ko’rsatildi:

  1. ta’lim tizimini demokratlashtirishga intilish, ya’ni ta’limning hamma uchun ochiqligi, ta’lim tizimining uzluksizligi, ta’lim muassasalariga mustaqillikning taqdim etilishi;

  2. shaxsga ta’lim olish huquqining to’liq ta’minlanishi (har bir insonga millati, irqi, kelib chiqishidan qat’iy nazar istalgan turdagi ta’lim muassasasida ta’lim olishi);

  3. ma’lumot olishga ijtimoiy-iqtisodiy omillarning sezilarli ta’siri (pulli-shartnomaasosida tahcil olish);

  4. xilma-xil qiziqish va o’quvchilarning qobiliyatlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan o’quv-tashkiliy tadbirlar ko’lamining ortib borishi;

  5. ta’lim xizmatlari bozorining o’sishi;

  6. oliy ta’lim tarmoqlarining kengayishi va talabalarning ijtimoiy tarkibining o’zgarishi;

  7. ta’limni boshqarish sohasida o’ta markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan boshqaruv uyg’unligini ta’minlash;

  8. rivojlangan davlatlar tomonidan ta’lim moliyalashtiriladigan asosiy ob’ektgaaylanishi;

  9. ta’lim dasturlarini doimiy yangilash va modernizatsiyalash;

  10. “o’rtacha o’zlashtirish”ga yo’nalganlikdan, har bir o’quvchining o’zigaxosliklarini ochish hamda ularning qiziqishi va qobiliyatlarini rivojlantirishga etibor qaratilishi;

  11. rivojlanishida nuqsoni bor bo’lgan bolalar ta’limi uchun qo’shimcha resurslarni izlab topish.


Yüklə 3,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   338   339   340   341   342   343   344   345   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə