Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi


Darslikdagi amaliy materiallar ustida mustaqil ishlash



Yüklə 3,27 Mb.
səhifə156/381
tarix03.03.2022
ölçüsü3,27 Mb.
#84301
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   381
7cd24b2e3dfc14533e311a0b5103aa9f UMUMIY PEDAGOGIKA (5)

Darslikdagi amaliy materiallar ustida mustaqil ishlash: darslikdagi mashq, misol va masalalar variantlarni o`zaro musobaqalashib bajarish; darslikdagi amaliy materiallar asosida turli diagramma, jadval, chizmalar tayyorlash; laboratoriya mashg’ulotlarini o`tkazish rejasini tuzish.

Mashg’ulotlarda turli mustaqil ishlarni bajarish bolalarda mustaqillikni tarbiyalaydi. Mustaqillik esa shaxsiy sifat hisoblanadi. Mustaqil ishlash metodlaridan foydalanishda qator qoidalarga rioya qilinadi; o`quvchilarni mustaqil ishlashga tayyorlash; mustaqil ishlarning tushunarli bo`lishi; mustaqil ish uchun yetarli vaqt ajratish; mustaqil ish natijasini tekshirish.


  1. Namoyish qilish va illyustrasiya o’quvchilar tomonidan materiallarni aniq obrazlar orqali bevosita idrok etish jihatidan muhim ahamiyatga ega.

O’quvchilar o’rganayotgan buyum va hodisalarni konkret va aniq tasavvur etgan taqdirdagina ularning olgan bilimlari chuqur va puxta bo’ladi.

Ko`rgazmalilik didaktikada eng asosiy qoida bo`lib, uning yordamida ko`ruv o`quvi va tafakkur o`zaro uyg’unlashadi. Ko`rgazmali metodlarning quyidagicha turlari mavjud:

-Illyustratsiya metodi og’zaki bayon qila turib, rasmlar, chizmalar, jadvallar, doskadagi yozuvlarga diqatni tortish.

Demonstratsiya metodi-kinoapparat, LETI kabi texnik vositalar asosida, shuningdek, televizor ko`rsatuvlaridan, videotasvirdardan foydalanib, turli tasvirlarni namoyish qiladi.

Tabiiy ko`rgazmalar-narsalarning o`zi, predmetlar, turli jonivorlarning mulyajlarini ko`rsatish. Ko`rgazmali metodlar eshitish va ko`rishni o`zaro uyg’unlashtirish vositasi hisoblanadi. Shu tufayli ulardan bilimlarni og’zaki bayon qilish metodlari bilan yonma-yon foydalansh ta`limning samaradorligini oshiradi.

Ta’limda namoyish qilish metodi keng qo’llaniladi. Bu metoddan darsda ko’pincha fizika, ximiya, biologiya fanlariga alohida tabiiy narsa va buyum ko’rsatiladi. Ta’lim jarayonida namoyish qilish metodidan foydalanish juda ko’p jihatdan namoyish qilish materiallarining xarakteriga, mazmuniga, shakli va hajmiga bog’liqdir. Ko’rsatma materiallari o’z mazmuni va xarakteriga ko’ra 2 turga bo’linadi:



  1. Tabiiy ko’rsatmali materiallar: o’simlik, hayvonlar, foydali qazilmalar, ularning kolleksiyalari va boshqalar.

  2. Tasviriy ko’rsatma materiallar. Tasviriy ko’rsatma materiallari ham mazmuni va tizimi shakliga qarab 2 turga bo’linadi.

a) Buyum, narsa, hodisa va voqealarning tasvirini ifodalovchi rasmlar-rasm, surat, fotosurot, diafilm, kinofilm va h.k.

b) Buyum, narsa, hodisa va voqealarning biror shartli belgisi orqali simvolik yoki grafik materiallar – geografiya va tarix kartalari va chizmalar, jadvallar va boshqalar.



Illyustratsiya-og’zaki bayon qila turib, rasmlar, chizmalar, jadvallar, doskadagi yozuvlarga diqqatni tortish.

Demonstratsiya metodi-kinoapparat, LETI kabi texnik vositalar asosida, shuningdek, televizor ko`rsatuvlaridan, videotasvirdardan foydalanib, turli tasvirlarni namoyish qiladi.

Namoyish qilish va illyustrasiya metodlar eshitish va ko`rishni o`zaro uyg’unlashtirish vositasi hisoblanadi. Shu tufayli ulardan bilimlarni og’zaki bayon qilish metodlari bilan yonma-yon foydalansh ta`limning samaradorligini oshiradi.



  1. Ekskursiya metodi

O’quvchilar tomonidan o’rganilayotgan buyum va hodisalarni jonli kuzatib, idrok etish yo’li bilan ilm asoslarini egallashga ekskursiya metodi deyiladi. Sa’diyning “Guliston” asarida “safarning foydasi ko’pdir: bag’ri diling ochiladi, foyda topasan, ajoyibotlarni ko’rasan, g’oyibotlarni eshitasan, shaharlarni tomosha qilasan, do’stlar bilan suhbatda bo’lasan, bilim orttirasan, molu-mulk, davlatingni ko’paytirasan, do’stlaringni yaqindan tanib, taqdirni imtihon qilasan” deyilgan. Ekskursiya zavodlarga, fabrika, qo’shma korxona kabilarda o’tkaziladi. Ekskursiya o’tkazishda bir qancha talablarga amal qilish lozim. Ekskursiya to’rt yo’nalishda bo’lmog’i lozim:

  1. Tabiatni kuzatish va o’rganish maqsadida;

  2. Sanoat va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishiga doir;

  3. Ijtimoiy va maishiy mazmundagi;

  4. San’at va adabiyot materiallari bilan tanishishga oid ekskursiyalar.

Ekskursiya quyidagi tartibda olib boriladi:

  1. Ekskursiya haqida ekskursovodning muqaddama suhbati;

  2. Marshrut bo’yicha ob’yektni kuzatish;

  3. Ekskursiya davomida yoki oxirida zarur materiallarni to’plash.


  1. Yüklə 3,27 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə