Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi



Yüklə 3,27 Mb.
səhifə163/381
tarix03.03.2022
ölçüsü3,27 Mb.
#84301
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   381
7cd24b2e3dfc14533e311a0b5103aa9f UMUMIY PEDAGOGIKA (5)

Didaktik o`yin metodi. Keyingi yillarda ilg’or o`qituvchilar tajribasida didaktik o`yinlardan ta`lim metodlari sifatida foydalanish odat tusini olib bormoqda. Didaktik o`yinlarning samaradorligi shundaki, ular vositasida o`quv-tarbiya ishlari hayotga yaqinlashtiriladi, shuningdek, ularning har birida bilimlarni og’zaki bayon etish, ko`rgazmali, amaliy metodlarning elementlari qo`llaniladi. Shu hususiyatlariga ko`ra didaktik o`yinlar sintetik harakterga ega. Ularning quyidagicha turlari mavjud:

Simulyativ o`yin-ta`limni hayotda bo`lib o`tgani ijtimoiy voqealarga tenglashtirish, ularni qiyosiy tarzda tashkil etish va boshqarish metodidir. Bu o`yindan tarix, geografiya darslarida unumli foydalaniladi; bir o`qituvchi Amir Temur, boshqasi Boyazid, qolganlari sarkardalar, askarlar rolida ishtirok etadi, shu yo`l bilan ta`lim bo`lib o`tgan tarixiy voqeaga qiyoslab tashkil etiladi.

Simulyativ o`yinlarning bir ko`rinishi insenirovka (rollarga ajratib o`qish) metodidir. Boshlang’ich sinflarda badiiy matnlar, yuqori sinflarda badiiy asarlarni rollarga ajratib o`qitish an`anasi maktablarimiz tajribasida uzoq tarixga ega. Adabiyot o`qituvchilari «Tuya bilan bo`taloq» asarini o`qitganda bir o`quvchi yozuvchi, ikkinchi o`quvchi tuya, uchinchisi esa bo`taloq so`zlarini o`qib ishtirok etishadi.

Situativ o`yinlar ham asta-sekin maktab tajribasida o`z o`rnini olib bormoqda. Mehmon kutish, kasalni davolash, harid qilish kabi turli haetiy vaziyatlar mohiyatidan kelib chiqib, ta`limni tashkil etish va boshqarish situativ o`yinlar sirasiga kiradi.

Ta’lim olganlikni tashxis etish. O’quvchilarning bilim, ko’nikma, malakalarini hisobga olish va baholash


Yüklə 3,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə