Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi


Boshqarishning jamoatchilik va shaxsan mas`ullik qoidasi



Yüklə 3,27 Mb.
səhifə261/381
tarix03.03.2022
ölçüsü3,27 Mb.
#84301
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   381
7cd24b2e3dfc14533e311a0b5103aa9f UMUMIY PEDAGOGIKA (5)

Boshqarishning jamoatchilik va shaxsan mas`ullik qoidasi

Jamoa va jamoa maslahati to`g’ri rahbarlikning garovidir. Jamoa yo`li bilan xo`jalikni boshqarish va unga rahbarlik qilish, eng muhim qarorlarni birgalikda, maslahatlashib ishlab chiqish to`g’ri boshqaruvni tashkil qilishning muhim shartidir. Shuni alohida ta`kidlash lozimki, umumiy ta`lim maktablarida barcha boshqarish masalalarini o`zaro muhokama qilish va xal etish, maktabdagi har bir shaxsning muayyan, aniq va qat`iy belgilangan topshiriq hamda amaliy ishlarni bajarish uchun javobgar ekanligini qat`iy belgilash ishi bilan qo`shib olib borish, bu borada muhim ahamiyat kasb etadi. Binobarin, bu qoidani yakkaboshchilik bilan qo`shib olib borish, nihoyatda muhim vazifalarni jamoa bo`lib xal qilishni ta`minlaydi.

Yakkaboshchilikni mustahkamlash xodimlarni topshirilgan ish uchun javobgarlik hissini oshiradi, rahbarlik qilishda qat`iy tartib bo`lishini va mustahkam mehnat intizomini ta`minlaydi. Maktabning tajribasi shu narsani yaqqol ko`rsatmoqdaki: yakka boshchilik jamoa bo`lib rahbarlik bilan birga qo`shib olib borilgandagina o`quvchilarimizga fan asoslaridan chuqur bilim berish va ularni o`zbek milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdek qiyin hamda sharafli ishda yaxshi natijalarga erisha olamiz.


Yüklə 3,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə