Boshqarishda ijroni tekshirish qoidasi
Ijroni tekshirishdan ko`zda tutilgan asosiy maqsad (tekshirishning asosiy vazifasi)- belgilangan ish rejasi va tadbirlarni amalga oshirishni barbot etish extimolining oldini olishdan, kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etishdan, qabul qilingan qarorlarning bajarilishini ta`minlashdan, ishni amaliy tashkil qilishdan iboratdir. Ijroni tekshirish yuqori tashkilotlar ko`rsatmalarining va o`z hujjatlarining qat`iy va so`zsiz bajarilishini ta`minlaydi. Bu esa, u yoki bu qarorga zarur tuzatishlar kiritish, bundan buyongi vazifalarni aniqlash, maqsadga erishishning shakli va yangi metodlarini belgilash imkonini beradi.
To`g’ri yo`lga qo`yilgan ijroni tekshirish-xalq xo`jaligining barcha tarmoqlarida, xususan, xalq ta`limi tizimini maktab sohasidagi barcha vazifalarni muvaffaqiyatli xal qilishning zarur shartidir. qaror bilan ijroning birligi, to`g’ri rahbarlik uslubining negizini tashkil etadi. Ishning ko`zini bilib tashkil etilgan ijroni tekshirish ana shunday birlikni shubxasiz ta`minlaydi. U xodimlarda, o`qituvchi va tarbiyachilarda o`ziga hamda boshqalarga nisbatan yuksak talabchanlik va printsipiollikni tarbiyalaydi, topshirilgan ish uchun ma`suliyat hissini kuchaytiradi, intizomni mustahkamlaydi. Kishilarda qiyinchiliklarni yengishda, sabot matonat, tashabbuskorlikni, muvaffaqiyatga erishish uchun uzluksiz sobit qadamlik bilan ishlashga intilish hislarini tarbiyalaydi.
Dostları ilə paylaş: |