Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi



Yüklə 3,27 Mb.
səhifə333/381
tarix03.03.2022
ölçüsü3,27 Mb.
#84301
1   ...   329   330   331   332   333   334   335   336   ...   381
7cd24b2e3dfc14533e311a0b5103aa9f UMUMIY PEDAGOGIKA (5)

Aqliy ta’lim. Disterveg ham Pestalotssi singari, ta’limning asosiy vazifasi bolalarning aqliy kuchlarini va qobiliyatlarini o‘stirishdan iboratdir, deb hisoblaydi. Lekin u formal ta’lim moddiy ta’lim bilan chambarchas bog‘langanligini ko‘rsatib, Pestalotssiga nisbatan olg‘a tomon katta qadam qo‘ydi. Disterveg, umuman sof formal ta’lim bo‘lmaydi, lekin o‘quvchining o‘zi mustaqil olgan bilimlari va malakalarigina qimmatga egadir, deb uqtirdi.

Ta’lim insonning har tomonlama kamolotga etishiga va uning axloqiy tarbiyasiga yordam berishi lozim. O‘qitilayotgan har bir narsa ta’lim jihatdan qimmatga ega bo‘lish bilan bir qatorda, axloqiy ahamiyatga egadir.

Disterveg vatan tarixini va geografiyasini, ona tili va adabiyotni o‘qitishning bolalarga ta’lim berishda katta o‘rniborligini ko‘rsatib o‘tdi. U tabiiyot va matematika fanlariga ayniqsa yuksak baho berdi, bu fanlar bolalarning aqliy o‘sishi uchun muhim vosita ekanligini ko‘rsatdi va hamma tipdagi umumiy ta’lim maktablarida bu fanlar o‘qitilishi lozim deb hisobladi. SHu bilan birga, tabiiyot va matematika o‘quvchilarni zarur bilimlar bilan lozim bo‘lgan darajada qurollantirishi, ularni kelajak amaliy faoliyatiga tayyorlanishi lozim, deb talab qildi.

Distervegning fikricha, boshlang‘ich maktabda o‘quvchilarning o‘qitilgan materialni o‘zlashtirish ustida mustaqil ishlay oladigan qilishga, ularda buning uchun malaka hosil qilishga, ularning aqliy kuch va qobiliyatlarini o‘stirishga asosiy e’tibor berilishi zarur. O‘qituvchi ko‘rsatmali o‘qitish yo‘li bilan bolalardagi barcha sezgi a’zolarini o‘stirishga alohida e’tibor berishi lozim. O‘rta maktabda “moddiy maqsad ham asta-sekin oldinga surila beradi” -o‘quvchilar xilma-xil va chuqur ilmiy bilimlar bilan qurollantira beriladi.

Disterveg boshlang‘ich maktabning o‘quv rejasiga tabiiyotni, fizikadan boshlang‘ich ma’lumotlar, amaliy geometriya, geografiyani kiritib, bu rejani kengaytirishni talab qildi. U o‘rta maktabda real bilimlarni o‘qitish prinsipini qizg‘in himoya qildi va o‘z zamonidagi klassik gimnaziyani qoraladi.

Disterveg takomillashib boruvchi ta’lim didaktikasini yaratdi, bu didaktikaning asosiy talablarini ta’limning 33 qonuni va qoidasi tariqasida bayon qilib berdi. Disterveg avvalo tabiatga uyg‘un qilib, bola idrokining xususiyatlariga muvofiq qilib o‘qitishni talab qildi. U misollardan qoidalarga: buyumlar va bu buyumlar to‘g‘risidagi aniq tasavvurlardan shu buyumlarni ifodalovchi so‘zlarga o‘tishni taklif qildi. Disterveg bolalarni ularning sezgi organlari bevosita his qila oladigan buyumlar bilan tanishtirishga juda katta ahamiyat berish bilan bir vaqtda, bolaning o‘z sezgi a’zolari bilan idrok qilayotgan butun materialni o‘ylab ko‘rishi va anglab olishi zarurligini uqtirib o‘tadi. Disterveg taklif qilgan ko‘rsatmali ta’lim “yaqindan uzoqqa”, “oddiy narsalardan murakkab narsalarga”, “osonroq narsalardan qiyinroq narsalarga”, “ma’lum narsadan noma’lum narsaga” o‘tish kerak, degan qoidalar bilan bog‘langan ta’limdir. O‘z vaqtida Komenskiy ta’riflab bergan bu qoidalarni Disterveg yanada taraqqiy ettirdi, pedagog bu qoidalarni yuzaki qo‘llanmasligi kerak deb haqli ravishda ogohlantirdi.

Disterveg o‘rganilayotgan materialni ongli o‘zlashtirishga katta ahamiyat beradi. O‘quvchilarning o‘rganilgan material mohiyatini ravshan va aniq bayon qilib bera oladigan bo‘lishi shu materialning o‘zlashtirilganligini ko‘rsatuvchi belgilarning biridir. Disterveg o‘qitilayotgan materialning mustahkam o‘zlashtirilishiga ko‘p e’tibor beradi. Disterveg “O‘quvchilar o‘rganib olgan narsalarni unutib qo‘ymasliklariga harakat qil” degan qoidani ilgari suradi va o‘tilgan material esdan chiqib qolmasligi uchun uni tez-tez takrorlab turishni maslahat beradi. Distervegning qoidalaridan birida “asoslarni o‘rganishdan shoshilma” deyiladi.

Distervegning haqqoniy ravishda ta’kidlashicha, muvaffaqiyatli ta’lim hamisha tarbiyalovchi xarakterda bo‘ladi. Bunday ta’lim bolaning aqliy kuchlarinigina o‘stirib qolmay, balki uning shaxsini, irodasini, sezgilarini, xulq-atvorini ham kamol toptiradi.




Yüklə 3,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   329   330   331   332   333   334   335   336   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə