Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi


Axloqiy tarbiya maqsadlari va vositalari



Yüklə 3,27 Mb.
səhifə336/381
tarix03.03.2022
ölçüsü3,27 Mb.
#84301
1   ...   332   333   334   335   336   337   338   339   ...   381
7cd24b2e3dfc14533e311a0b5103aa9f UMUMIY PEDAGOGIKA (5)

Axloqiy tarbiya maqsadlari va vositalari. K.D.Ushinskiy tarbiya ishidagi turli vositalar orasida axloqiy tarbiyaga katta e’tibor berib, “Tarbiyaning asosiy vazifasi axloqiy jihatdan ta’sir etishdan iboratdir, bu aqlni umuman o‘stirish, boshni bilimlar bilan to‘ldirishdan ko‘ra ham muhimroqdir”, -deb yozgan edi.

Axloqiy tarbiya bolalarda odamlarga hurmat va muhabbat bilan qarashni, ularga nisbatan samimiy, xayrixoh va adolatli munosabatda bo‘lishni o‘stirishi kerak.

Ushinskiy ko‘r-ko‘rona, tayoq intizomiga qarshi norozilik bildirib, “Eski maktabda intizom nihoyatda g‘ayritabiiy asosga yoki mukofotlar va yoki jazolar ulashib beruvchi o‘qituvchidan qo‘rqish asosiga qurilgan edi. Bu qo‘rquv bolalarni zararli holatlarga: sustkashlikka, sinf doirasidagi zerikishga va ikkiyuzlamachilikka olib keldi” deb u bolalarga nisbatan insoniy munosabatda bo‘lishni talab qildi.

Ushinskiy egoistlik, mansabparastlik, bekorchilik, g‘arazgo‘ylik, munofiqlik singari nuqson va kamchiliklarni qattiq qoralaydi.

Ushinskiyning fikricha, axloqiy tarbiyaning vositalari quyidagilardan iborat bo‘lishi kerak: 1. Ta’lim (axloqiy tarbiyada kitob va darsliklarni o‘rni); 2. O‘qituvchining shaxsan namuna bo‘lishi (Ushinskiyning obrazli ifodalashicha, “bu narsa yosh qalb uchun quyoshning barakali nuridirki, uni hech bir narsa bilan almashtirib bo‘lmaydi”); 3. E’tiqod; 4. O‘quvchilarga mohirlik bilan munosabatda bo‘lish (pedagogik odob); ogohlantirish choralari; 6. Rag‘batlantirish va jazolash.


Yüklə 3,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   332   333   334   335   336   337   338   339   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə