Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing kafedrasi «himoyaga ruxsat etildi»


 Raqobat sharoitida baho siyosatining mohiyati va vazifalari



Yüklə 359,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/15
tarix15.05.2023
ölçüsü359,84 Kb.
#110476
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
4. Raqobat sharoitida baho siyosatining mohiyati va vazifalari 


27 
Prezidentimiz o‘z ma’ruzalarida, “Mamlakatimizning raqobatdoshligini 
oshirishni ta’minlash uchun iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish jarayonlarini 
chuqurlashtirish siyosatini davom ettirish 2010 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy 
dasturni amalga oshirishning muxim ustuvor yo‘nalishiga aylanishi lozim”
10
– deb 
ta’kidlagan edilar 
Baho – bu bozor unsurlari ichida eng murakkabidir. U o‘zgaruvchan, 
harakatchan, bozordagi kon’yukturali tebranishlarga moslashuvchan, doimo 
o‘zgarib turuvchi mexanizmdir. U tovar qiymatining puldagi ifodasidir. Uzoq vaqt 
davomida bizning iqtisodiyotimizda barqaror baholar ahvolini tovar va xizmatlar 
bilan ta’minlashdagi ijtimoiy haqiqatnining asosiy tamoyili degan fikr hukmron 
edi. O‘zgarmas baholar barqaror ishlab chiqarish rivojiga va talabini qondirishga 
to‘siqlik qiladi.
Bugungi kunda baholar tizimi ancha chalkash, uni tushunib yetish bir 
muncha murakkab, eng asosiysi u xo‘jalikni murakkab yuritishning yangi bozorlar 
sharoitiga moslashmog‘i lozim.
Bozor baholarining asosiy xususiyati ularning doimo o‘zgarib turish 
qobiliyatidir. Bu tabiiydir, chunki baholar talab va taklifni o‘zaro bog‘lovchi 
vositadir. Bizga ma’lumki, ularning har ikkalasi ham harakatchandir. Shuning 
uchun harakatchan baholar siyosatidan foydalaniladi. Bu siyosat tovarning 
bozordagi harakatini, tovar hayotiylik davrini turli bosqichlarini tartibga solish va 
boshqarish bozorga yangi iste’mol tovarlari va ishlab chiqarish vositalarini 
kiritishni eskirgan modellarini bozordan siqib chiqarishni ta’minlaydi.
Baholar hech qachon sababsiz o‘zgarmaydi, masalan, biror kamchiligi 
bo‘lgan va ma’naviy eskirgan tovarlar pasaytirilgan baholarda xattoki tushurilgan 
baholar deb ataluvchi baholarda sotiladi. Yuqori baholar esa yuqori sifatli, ya’ni 
iste’mol qobiliyatiga ega bo‘lgan tovarlarga o‘rnatiladi. Rivojlangan iqtisodiyotga 
ega bo‘lgan mamlakatlarda bahoni tashkil qilish muammolarini faqatgina asosiy 
strategik yondoshishlarigina ishlab chiqilishigina bejiz emas chunki baholarning 
o‘zi faqat bozor sub’ektlari: sanoat va savdo firmalari, korxonalari tomonidan 
10
I.A.Karimov. Asosiy vazifamiz-vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir. T.: 
O‘zbekiston, 2010 yil, 59 bet


28 
o‘rnatiladi va davlat tomonidan tartibga solinadi. Baho darajasi tovarning 
raqobatdoshligi va bozordagi o‘rniga bog‘liqdir. Buning natijasi sotiladagan 
tovarlar masalasida korxona ulushining oshishidir.
Bahoni tahlil qilishda eng avvalo nimaga ahamiyat berish kerak va 
tovarning birlamchi bahosi qanday bo‘lishi foyda olish uchun va bozorda bu 
mahsulotni ulushini oshirish uchun uni qanday o‘zgartirish kerak? Mutaxassislar 
bu savollarga javob berishga turlicha yondoshadilar.
Birlamchi bahoni aniqlashga vaqt bo‘yicha baho darajasini aniq hisoblash 
ta’sir qiladi. Bu hisoblash bozor segmentiga tovarni hayotiylik davriga, tovarga 
talab va taklifning potensial miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Tovar siyosati ijtimoiy 
tovar ishlab chiqarishning barcha taqsimlashlarini almashuv va iste’molchining 
o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan xolda yuritiladi. Har bir bosqichda tovar 
bahosiga ta’sir qiluvchi unga xos omillar harakat qiladi. 
Tovar va xizmatlar bahosida, sarflangan harajatlar bahoda aks etgan foyda 
talab va taklifning nisbati hisobiga olinadi. Xudi mana shu omillar talab va taklif 
qiymati foydani tenglashishi kabi ob’ektiv qonuniyatlariga asosan baholarni tashkil 
qilishni tartibga soladi. 
Firma baho siyosatida tovar va xizmatlar birlamchi bahosini o‘rnatishning 
o‘ziga xos xususiyati shundaki, haridor o‘z firmasiga doimo ishonadi. Masalan, 
firma yangi tovarga bahoni yuqori o‘rnatmaydi, o‘rnatsa ham u doimo o‘z 
haridorini qoniqtiradi.
Moliyaviy va bank boshqarish sistemalarining susayishi, transport va milliy 
iqtisodiyot tarmoqlarining kuchsizlanishi baho raqobatini oshirib yubordi. Baholar 
darajasi ko‘p xollarda haridor tomonidan belgilanadi. Ma’lumki, yuqori daromadli 
rivojlangan ba’zi bir mamlakatlarda narxni pasayishi sifatni yomonligidan dalolat 
beradi. Shuning uchun narx pasayishi shu davlatlarda korxonani mavqeini bozorda 
mustahkamlamaydi, balki uni raqobatdoshlik darajasini pasaytiradi.
Hozirda asosan baho raqobati bahosiz raqobatlarga o‘z o‘rnini bo‘shatib 
bermoqda. Baholar faqat iste’moldangina emas, balki ishlab chiqarishdagi 
o‘zgarishlardan ham darak beradi. Baholarning boshqa muxim vazifasi ishlab 


29 
chiqaruvchilar va iste’molchini rag‘batlantirishdir. Narxlarning o‘zgarishi ularni 
ham, bularni ham chorasini ko‘rishga ayni vaqtda bunday chora imkoniyat 
yaratishga undaydi.

Yüklə 359,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə