Samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/87
tarix10.06.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#116555
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   87
«mehmonxona servis xizmati»

Taymsher
– mehmonxona xizmatlarining nisbatan yangi turi. Uning nomerlar 
fondi odatda 50-250 nomerdan tashkil topadi. Alohida qurilmalarga ega bo‘lishi ham 
mumkin. Kvartira tipidagi nomerlar fondiga ega, xizmatlar khrsatish shart-sharoitlari 
kurort mehmonxonalaridagi o‘xshash. Alohida kvartiralar xususiy mulkdorlarga 
sotiladi, ammo taymsher to‘liq boshqaruvchi kompaniya tomonidan nazorat qilinadi.
Taymsher bahosi mavsum xususiyatlariga, shuningdek bu yerda bo‘lish vaqtiga 
bog‘liq bo‘ladi. Yilning turistlar kam keladigan vaqtlarida taymsherda yashash 
«oltin» mavsumdagidan ancha arzonga tushadi. Nomer egasi taymsherda yashash 
uchun thlagan haqqa mutanosib ravishda ma’lum vaqt mobaynida ko‘chmas mulkdan 
foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Odatda nomer 10 yil muddatga sotib olinadi. Taymsher nomuayyan muddatga 
foydalanish uchun sotilishi ham mumkin. Foydalanish vaqti haftalarda o‘lchanadi. 
Taymsher egasi o‘zi sotib olgan nomerda o‘z vaqt oralig‘i mobaynida dam olishi yoki 
harid qilingan mavsum doirasida dam olish joyini xuddi shunday boshqa joyga 
almashtirishi mumkin.



30 
Taymsherlardagi sotuvlarning umumiy hajmi 1991 yilda faqat Yevropada 3,74 
mlrd. dollarni tashkil qildi. Taymsher kurortlari jahonning 75 mamlakatida mavjud.
Apartamentli 
mehmonxonalar. 
Uzoq vaqt yashashga mo‘ljallangan 
apartamentli 
mehmonxonalar, 
oddiy 
mehmonxonalarga 
qaraganda, foydali 
maydonining kattaligi va ularda mijozlar uzoq vaqt yashashi bilan farq qiladi. 
Nomerning qo‘shimcha maydoni odatda qulay kreslo va divan qo‘yilgan 
mehmonxona hamda ko‘p funksiyali qaznoqqa ega kichik oshxona shaklida bo‘ladi. 
Apartamentli mehmonxonalar (yoki 
apartotellar
) oilasining ko‘chib kelishi, uzoq 
muddatli xizmat safari, seminarlarga qatnash zarurligi tufayli shaharda uzoq vaqt 
yashashga majbur bhlgan o‘z mijozlariga uydagiga o‘xshash shart-sharoitlar yaratadi. 
Aksariyat mehmonlar nomerni uzoq muddatga oladi. Yashash muddatining 
uzoqligiga qarab ularga ko‘pincha chegirma beriladi. Bunday mehmonxonalarda 
ovqatlanish korxonalari, biznes markazi, dam olish joylari nazarda tutiladi.
Joylashtirish ob’ektlarining yana bir shakli – 
pansionlar
ham jahon amaliyotida 
ancha keng tarqalgan. Ularda yashash, odatdagi mehmonxonalarda yashashga 
qaraganda, ancha arzon turadi. Mehmonxonadan pansionning asosiy farqi shundaki, u 
toifalarga ajratilmaydi. Ammo bu pansionda yashash sharoiti mehmonxonadagi 
yashash sharoitidan yomon degan ma’noni anglatmaydi.
Pansion joylashtirish ob’ektlarining erkin shakli bo‘lib, u odatda qurilish paytida 
mehmonxona sifatida tasavvur qilinmagan binolarda tashkil etiladi. Pansionning 
o‘ziga xos xususiyati shundaki, u nisbatan kichkina, odatda 10-20 kishiga 
mo‘ljallangan nomerlar fondiga ega bo‘ladi. Ko‘pincha pansion bir oilaga tegishli 
bo‘ladi. Bu oila pansionni boshqarish bilan birga, mijozlarga xizmat ham ko‘rsatadi. 
Pansionda yashash bahosiga faqat uy sharoitida tayyorlangan nonushta kiritiladi. Bu 
yerda muhit mehmonxonadagiga qaraganda iliqroq bo‘ladi. Mana shu jihat, 
narxlarning pastligi bilan birga, mijozlarni o‘ziga tortadi.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə