Samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/51
tarix29.11.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#143272
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   51
qurilish tashkilotlarida asosiy vositalar hisobi va auditi quyi

«Asosiy vositalarni 
topshirish qabul qilib olish dalolatnomasi» 
orqali rasmiylashtiriladi. Asosiy 
vositalarni kamomadi esa inventarizatsiya (yuqlama) dalolatnomasida qayd 
qilinadi. Asosiy vositalarni eskirishi, halokat yoki tabiiy ofat natijasida chikib 
ketishi «Asosiy vositalarni tugatilishi haqida dalolatnoma» orqali rasmiy-
lashtiriladi. 
Asosiy vositalarni chiqib ketish jarayoni turlicha vaziyatlarda yuz berishi 
mumkin. Yuqorida aytib o’tilganidek, korxonaning asosiy vositalarini hisobdan 
chiqarilishi ularni
ixtiyoriy (
sotish, almashtirish) hisobdan chiqarish natijasi 
yoki
majburiy
(yong’in, zilzila, suv toshqini kabi tabiiy ofatlar oqibati) nati-
jasidir. Asosiy vositalarning majburiy hisobdan chiqarilishi korxona nazora-
tidan tashqarida bo’lib, u tabiiy ofatlar natijasida yuz beradi. Shuningdek, 
asosiy vositalarni majburiy chiqib ketishiga davlatning o’z mulkiy huquqidan 
foydalanish natijasida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar mulkini olish (ma’lum bir 
sharoitlarda – davlat ahamiyatidagi magistral yo’llar, kanallar, zavod yoki 
fabrikalar qurilishi sababli ekspropriatsiya qilish) huquqini ham aytish 
mumkin. 


19 
Asosiy vositalarni hisobdan chiqarilayotganda, uni hisobdan chiqariladigan 
sanagacha bo’lgan davrga eskirish hisoblanishi va uni boshlang’ich qiymatiga 
mos ravishda o’zgartirishlar kiritish zarur. Shuningdek, asosiy vositaga to’g’ri 
keladigan soliqlar, sug’urta xarajatlari va shunga o’xshash xarajatlar, o’sib 
boruvchi yakun bilan chiqib ketish sanasiga hisoblanadi. Aktivning chiqib 
ketishi pay tiga ob’ektning boshlang’ich qiymati va uning xizmat muddatida 
hisoblangan eskirish summasi taalluqli buxgalteriya hisob varaqlaridan 
hisobdan chiqariladi. 
Asosiy vositaning balans qiymati va uning sotishdan tushgan
tushumning farqi moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotda foyda va zarar sifatida 
aks ettiriladi. Agar asosiy vositalarni hisobdan chiqarish haqidagi qaror hisobot 
yilining oxiriga yakinroq qabul qilingan bo’lsa, u holda hisobdan chiqarishi-
dagi zararlar shu yilda hisobga olinadi. Kutilayotgan hisobdan chiqarish 
xarajatlari zararlarni oshiradi va taxmin qilinayotgan qarzlarni shu xarajatlar 
so’mmasida hisobga olish zaruratini tug’diradi. 
Endi asosiy vositalarning chikib ketishini qayd qilish tartibini, ya’ni buxgal-
teriya hisobida rasmiylashtirish tartibini har bir sabab bo’yicha alohida –
alohida ko’rib chiqamiz. 
Ma’lumki, asosiy vositalar kam hollarda taxmin qilinayotgan xizmat
muddati davomida ishlatiladi. Agarda asosiy vositalar bu muddatdan keyin ham 
foydalanilsa, unga eskirish hisoblanmaydi, unda balans qiymati qoldiq qiyma-
tiga teng bo’ladi. Agarda to’la eskirgan aktivning qoldiq qiymati nolga teng 
bo’lsa, unda mulkni hisobdan chiqarish paytigacha yoki uni realizatsiya 
qilgunga qadar balans qiymati nolga teng bo’ladi.
Asosiy vositalarning tugatilishiga quyidagicha buxgalteriya yozuvlari
beriladi. 

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə