Samarqand shahar



Yüklə 3,96 Mb.
səhifə3/12
tarix02.06.2023
ölçüsü3,96 Mb.
#115054
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1675152223 uslubiy ko\'rsatma 1

Microsoft Word 2013 muharriri ning afzalliklari va imkoniyatlariga quyidagilarni keltirish mumkin:

  1. Maxsus shablonlarga asoslangan yangi hujjatlar yaratish imkoniyati. Jumladan muharrirga Web - sahifalar, yozuvlar, hisobotlar, xat va fakslar, publikatsiyalar va boshqa ofis hujjatlarining standart shablonlari kiritilgan.

  2. Bir vaqtning o‘zida ko‘p sonli hujjatlar ochish va ular bilan ishlash mumkinligi.

  3. Matnni kiritishda orfografiya, grammatika va stilistikani avtomatik tekshirish.

  4. Matnni formatlashning kengaytirilgan imkoniyatlari.

  5. Hujjatni tez formatlash uchun stillarning qo‘llanilishi.

  6. Matnning ko‘p marotaba takrorlanadigan va standart elementlarini kiritishni avtomatlashtirish imkoniyatlari.

  7. Ko‘rsatma (ssыlka), tushuntirma (snoska) va kolontitullar bilan ishlashni qulay mexanizmini yaratilganligi.

  8. Hujjatlarga izohlar qo‘yishnini takomillashtirilganligi. Endi hujjat elektron matnini o‘zida izoh o‘rnatish imkoniyati yaratiladi. Bu bitta hujjatning elektron matnida bir nechta taqrizchilarning ishlash va mulohaza yuritish imkoniyatini ta’minlaydi.

  9. Tuziladigan hujjatlarga Microsoft Office ning boshqa ilovalarida tayyorlangan - grafik tasvirlar, elektron hujjatlar va grafiklar, videoyozuvlar, audioyozular va h.q. joylashtirish imkoniyatlari.

  10. Oddiy elektron jadvallar va Internetning gipermatnli hujjatlarini yaratish.

  11. Hujjat maydon va jadvallarida matematik formullarni qo‘llash.

  12. Hujjatlardagi ma’lumotlarga oid ko‘rsatma va mundarijalarni avtomatik tuzish.

  13. Hujjat matnning qism (bo‘lak)lari orasida gipermurojaatli bog‘lanishlarni vujudga keltirish. Bir nechta hujjatlar doirasida gipermurojaatli bog‘lanishlar tarmog‘ini tuzish. Gipermurojaatlar hujjatning tegishli joylariga tez o‘tishni ta’minlaydi.

  14. Hujjat sxemasini avtomatik yaratish va undan foydalanish imkoniyatini soddalashtirilganligi.

  15. Hujjatlarni bevosita Microsoft Word 2013 o‘zida tayyorlash va faks hamda elektron pochtada uzatishni soddalashtirilganligi.

  16. Ma’lumotnoma (yordam) tizimidan foydalanish takomillashtirilgan va undan foydalanish soddalashtirilgan. Endi u ish stoliga joylashtirilgan.


  17. Yüklə 3,96 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə