Sana: “ ” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10



Yüklə 5,73 Mb.
səhifə11/152
tarix11.05.2022
ölçüsü5,73 Mb.
#86663
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   152
10-sinf-biologiya-konspekti

Makroelementlar


Kislorod (O)

Suv va organik birikmalar tarkibiga kiradi. Hujayrada nafas olish jarayonining aerob bosqichida ishtirok etadi


Uglerod (C)

Barcha organik birikmalar tarkibiga kiradi


Vodorod (H)

Suv va organik birikmalar tarkibiga kiradi. Energiyaning bir turdan boshqa turga o‘tishida ishtirok etadi


Azot (N)

Aminokislotalar, oqsillar, nuklein kislotalar, ATF, xlorofill, vitaminlar tarkibiga kiradi

Fosfor (P)

Nuklein kislotalar, ATF, fermentlar, suyak to‘qimasi tarkibiga kiradi







Kalsiy (Ca)

Suyak to‘qimasi tarkibiga kiradi, qonning ivishi, muskullar qisqarishi- ni ta’minlaydi


Magniy (Mg)

Xlorofillmolekulasitarkibigakiradi, energiyaalmashinuvivaDNKsintezinifaollashtirishdakofermentsifatidaishtiroketadi


Natriy (Na)

Nervimpulslariniotkazishdaishtiroketadivahujayraningosmotikbosiminitaminlaydi


Hujayratarkibigakiruvchibirikmalar.Hujayratarkibigakiruvchibirikmalarniikkiguruhga: anorganikmoddalarvaorganikmoddalargabirlashtirishmumkin (1-sxema).

Hujayraning anorganik birikmalari.Hujayraning hayot faoliyatida mineral tuzlar ham muhim ahamiyatga ega. Mineral tuzlar hujayrada kationlar (K+, Na+, Ca+2, Mg+2), anionlar (Cl-, HCO3-, HPO42-, H2PO4- ) yoki kristall holda uchraydi. Kation va anionlarning hujayra ichidagi va tashqi muhitidagi miqdori farq qiladi. Natijada hujayraning ichki va tashqi muhiti o‘rtasida potensiallar farqi yuzaga keladi. Bu farq nerv impulslarining o‘tkazilishi va muskul tolalarining qisqarishi kabi muhim jarayonlarni ta’minlaydi.

Ionlar hujayrada muhim funksiyalarni bajaradi.

  • K+, Na+, Ca2+ kationlari organizmlarning qo‘zg‘aluvchanlik xususiyatlarini ta’minlaydi;

  • Mg2+, Mn2+, Zn2+, Ca2+ kationlari fermentlar faoliyati uchun zarur;

  • fotosintez jarayonida uglevodlarning hosil bo‘lishi xlorofill tarkibiga kiruvchi Mg2+ ga bog‘liq;

kuchsiz kislota anionlari hujayra ichki muhitining doimiyligini - buferlikni ta’minlaydi.

Suvning hujayradagi funksiyalari nihoyatda ko‘p. Ko‘p hujayrali orga­nizmlar tana massasining 80% ini suv tashkil qiladi. Hujayradagi suvning miqdori, shu hujayradagi moddalar almashinuvining intensivligiga bog‘liq bo‘- ladi. Hujayrada hayotiy jarayonlarning suvli muhitda o‘tishga moslashganligi, dastlabki hayotning suvda paydo bo‘lganligini isbotlovchi dalil hisoblanadi.

Suv hujayrada muhim erituvchi hisoblanadi. Suv molekulalari qutbli bo‘lgani uchun unda qutbli moddalar yaxshi eriydi. Suvda yaxshi eriydigan moddalarni gidrofil moddalar deyiladi (5-rasm). Ularga osh tuzi, monosaxaridlar, disaxaridlar, od- diy spirtlar, aminokislotalar misol bo‘ladi. Suvda yomon eriydigan va umuman erimaydigan mod- dalarni gidrofob moddalar deyiladi. Ularga poli- saxaridlar (kraxmal, glikogen, kletchatka), ATF, lipidlar, ba’zi oqsillar, nuklein kislotalar kiradi.







Yüklə 5,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə