Sana: “ ” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10



Yüklə 5,73 Mb.
səhifə19/152
tarix11.05.2022
ölçüsü5,73 Mb.
#86663
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   152
10-sinf-biologiya-konspekti

Darsning texnik chizmasi:


Dars bosqichlari

Vaqt

Tashkiliy qism.




Yangi mavzuni boshlashga hozirlik




Yangi mavzuni yoritish




Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish




Darsni yakunlash




Uyga beriladigan topshiriqlar





VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,

d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2.Uyga vazifani so`rab baholash:a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish

v)tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.

IX.Yangi mavzu bayoni:

Moddalar almashinuvi organizm va tashqi muhit o‘rtasida to‘xtovsiz sodir bo‘ladigan, tirik organizmlarning o‘sishi, hayot faoliyati, ko‘payishini ta’minlaydigan kimyoviy o‘zgarishlar majmuyidir. Tirik organizmlar o‘z hujayralari uchun zarur organik birikmalarni sintezlash, kimyoviy tarkibining doimiyligini saqlash uchun tashqi muhitdan zarur moddalarni oziq sifatida o‘zlashtiradilar. Bu moddalar hujayraga xos bo‘lgan biologik moddalarni sintezlash va hujayrani energiya bilan ta’minlash uchun sarflanadi.

Moddalar almashinuvining hujayradagi muhim funksiyalaridan biri hujayrani qurilish materiali bilan ta’minlashdir. Moddalar almashinuvi jarayonida tirik organizm hujayralari hayot faoliyatining doimiyligi, ya’ni gomeostazni saqlash uchun hujayra strukturalari bo‘lgan membranalar va organoidlar tarkibiga kiradigan oqsillar, lipidlar, uglevodlarni sintezlaydi. Hujayraning tuzilishi hamda tarkibining yangilanib turishini ta’minlaydigan biosintetik reaksiyalar yig‘indisi plastik almashinuv (assimilatsiya, anabolizm) deb ataladi.

Moddalar almashinuvining hujayradagi yana bir muhim funksiyasi hujayrani energiya bilan ta’minlashdir. Organizm hayot faoliyatining har qanday ko‘rinishi, ya’ni harakatlanish, ta’sirlanish, oziqlanish, to‘qima va organlar faoliyati, tana haroratining doimiyligini saqlash energiya sarflashni talab etadi. Hujayrani energiya bilan ta’minlash uchun organik moddalarning parchalanishi va kimyoviy reaksiyalar natijasida ajralib chiqadigan energiyadan foydalaniladi. Hujayrani energiya bilan ta’minlab beradigan reaksiyalar yig‘indisi energetik almashinuv (dissimilatsiya, katabolizm) deb ataladi. Hujayra hayot faoliyatining doimiyligini saqlashni ta’minlovchi plastik va energetik almashinuv reaksiyalari yig‘indisi metabolizm, metabolizm mahsulotlari esa metabolitlar deyiladi.

Plastik almashinuv bilan energiya almashinuvi bir-biri bilan chambarchas bog‘langan. Plastik almashinuv reaksiyalari uchun zarur energiya manbayi ATF energetik almashinuv reaksiyalarida hosil bo‘ladi. Energetik almashinuv reaksiyalarining yuzaga chiqishi uchun zarur fermentlar plastik almashinuv reaksiyalarida sintezlanadi. Plastik va energiya almashinuvlar orqali hujayra tashqi muhit bilan bog‘lanadi. Bu jarayonlar hujayra hayoti davom etishining asosiy sharti, uning o‘sishi, rivojlanishi va funksiyalarini yuzaga chiqarish manbayidir.

Energetik almashinuv bosqichlari.Hujayrada kechadigan energetik al­mashinuv jarayoni hujayraning nafas olishi deb ham ataladi.Nafas olish jarayonida kisloroddan foydalanadigan organizmlar aerob organizmlar, nafas olish jarayoni kislorodsiz muhitda kechadigan organizmlar anaerob orga­nizmlar deyiladi. Aerob organizmlarda energetik almashinuv 3 bosqichda o‘tadi (5-rasm):

  1. Tayyorgarlik bosqichi.

  2. Kislorodsiz bosqich — glikoliz

Tayyorgarlik bosqichi. Bu bosqich tirik organizmlarning ovqat hazm qilish organlarida va hujayra lizosomasi fermentlari ishtirokida o‘tadi. Bu bosqichda ovqat hazm qilish organlarida ishlab chiqiladigan fermentlar ta’sirida yuqori molekulali organik birikmalar kichik molekulalarga, ya’ni oqsillar aminokislotalarga, lipidlar glitserin va yog‘ kislotalariga, polisaxaridlar esa monosaxaridlarga parchalanadi.

Kislorodsizbosqich.Kislorodsizbosqich (glikoliz)datayyorgarlikbosqichidahosilbo‘lgankichikmolekulaliorganikmoddalar, masalanglukozakislorodishtirokisizfermentlarta’siridaparchalanadi. Glikoliz - glukozaningko‘pbosqichlikislorodsizparchalanishidir. Glikoliznatijasidabirmolekulaglukozadan 2 molekulasutkislotasi (C3H6O3), 2 molekulaATFhosilbo‘ladi, hamda 2 molekulasuvajralibchiqadi



Yüklə 5,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə