Sana: “ ” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10


Darsning texnologikxaritasi



Yüklə 5,73 Mb.
səhifə22/152
tarix11.05.2022
ölçüsü5,73 Mb.
#86663
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   152
10-sinf-biologiya-konspekti

Darsning texnologikxaritasi:


Dars bosqichlari

Vaqt

Tashkiliy qism.




Yangi mavzuni boshlashga hozirlik




Yangi mavzuni yoritish




Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish




Darsni yakunlash




Uyga beriladigan topshiriqlar





VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,

d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2.Uyga vazifani so`rab baholash:a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish

v)tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.

IX.Yangi mavzu bayoni:

Tirik organizmlar ko‘payish, ya’ni o‘ziga o‘xshaganlarni yaratish xu- susiyatiga ega bo‘lib, bu xususiyat genetik axborotni nasldan naslga o‘tkazish bilan bog‘liq. Ko‘payish xususiyatiga molekula darajada qaralsa, bu hodisa DNK molekulasining ikki hissa ortishi bilan ifodalanadi. Hujayra darajasida bu xususiyat mitoxondriyalar va xloroplastlarning bo‘linib ko‘payishi, mitoz, meyoz jarayonlarida aks etadi.

Hujayra o‘z irsiy axborotini barqaror va uzviy ravishda keyingi avlodga o‘tkaza oladigan irsiy birlik bo‘lib, avlodlarning bardavomligini ta’minlaydi. Irsiyatning moddiy asosi bo‘lgan DNK molekulasi o‘z-o‘zini ko‘paytirish xususiyatiga ega, lekin bu jarayon faqat tirik hujayradagina amalga oshadi.

Matritsali sintez reaksiyalari.Genetik axborot DNK molekulasidagi nukleotidlar ketma-ketligida ifodalangan.Genetik axborot asosida biopolimerlar sintezlanishi matritsali sintez reaksiyalari deyiladi.Bu reaksiyalarga DNK sintezi - reduplikatsiya, RNK sintezi - transkripsiya, oqsil biosintezi - translatsiya kiradi.Matritsali sintez reaksiyalari asosida nukleotidlarning o‘zaro komplementarligi yotadi.

DNK reduplikatsiyasi.Irsiy axborotni nasldan naslga o‘tkazish DNK molekulasining fundamental xususiyati - reduplikatsiyasi bilan bog‘liq. DNK molekulasining ikki hissa ortishi reduplikatsiya deyiladi.DNK molekulasining dastlabki qo‘sh zanjiri maxsus fermentlar yordamida ikkita alohida zanjirlarga ajraladi. DNKning bir zanjiri yangi zanjirning sintezi uchun matritsa bo‘lib xizmat qiladi. DNK - polimeraza fermenti ishtirokida hujayradagi erkin nukleotidlardan foydalanib, ATF energiyasi hisobiga DNKning yangi komple- mentar zanjiri sintezlanadi. Bu jarayon hujayra sikli interfaza bosqichining sintez davrida sodir bo‘ladi.

Hujayrada irsiy axborotning amalga oshirilishi.Organizmlar hayotining asosiy sharti, bu - hujayralar oqsil molekulasining sintezlay olish qobiliyatidir.Har bir tur boshqa turlardan farqlanuvchi, unikal oqsillar to‘plamiga ega. Turli organizmlarda bir xil funksiyani bajaradigan oqsillar ham aminokislotalar soni va izchilligi bilan farqlanadi. Muhim hayotiy funksiyalarni bajaruvchi oqsillar barcha organizmlarda o‘xshash bo‘ladi.

Oqsillar strukturasini DNKdagi nukleotidlar ketma-ketligi belgilaydi.Oqsillarning birlamchi strukturasi haqidagi genetik axborotlar DNK zanjirida nukleotidlar izchilligi tarzida birin-ketin joylashgan. DNKning bir polipeptid zanjiridagi aminokislotalar yoki ribosomal va transport RNK molekulalaridagi nukleotidlar izchilligini belgilaydigan bir qismi gen deb ataladi.

Oqsillar tarkibiga kiruvchi har bir aminokislotaning nuklein kislotalarda ketma-ket joylashgan uchta nukleotid (triplet, kodon) yordamida ifodalanishi genetik kod deyiladi. DNK tarkibida 4 ta har xil nukleotid bo‘lishi nazarda tutilsa, 43 = 64 ta kod hosil bo‘ladi. Bitta aminokislota 2, 3, 4, 6 ta kod yordamida kodlanar ekan. Genetik kod 1962-yili amerikalik bioximiklar M. Nirenberg va

S. Ochaolar tomonidan aniqlangan.

Genetik kodning xususiyatlari:

  1. Har bir aminokislotani nukleotidlar tripleti kodlaydi.

  2. Har bir triplet (kodon) bitta aminokislotani ifodalaydi.

  3. Bitta aminokislotani bir necha triplet kodlashi mumkin.

  4. Genetik kod barcha tirik organizmlar uchun universal.

  5. Genetik kodning 61 tasi «ma’noli», ya’ni ma’lum aminokislotalarni ifodalovchi tripletlardir. UGA, UAA, UAG aminokislotalarni ifodalamaydi. Ular polipeptid zanjirining tugallanishini bildiruvchi terminator kodonlardir (6-rasm).




Nukleotid




2




1

U

С

A

G

3

U

uuu

uuc

UUA

UUG

Fenilalanin

Leysin

ucu

ucc

UCA

UCG

Cerin

UAU

UAC

UAA

UAG

Tiozin

Stop

kodonlar

UGU1 ctetei_ UGC 1 Slstem UGA Stop kodon UGG Triptofan

U

С

A

G

С

CUU

CUC

CUA

CUG

Leysin

CCU

ccc

CCA

CCG

Prolin

CAU

CAC

CAA

CAG

Gistidin

Glutamin

CGU

CGC

CGA

CGG

Arginin

U

С

A

G

A

AUU

AUC

AUA

AUG

Izoleysin

Metionin

ACU

ACC

АСА

ACG

Treonin

AAU

AAC

AAA

AAG

Asparagin

Lizin

AGU

AGC

AGA

AGG

Serin

Arginin

U

С

A

G

G

GUU

GUC

GUA

GUG

Valin

GCU

GCC

GCA

GCG

Alanin

GAU

GAC

GAA

GAG

Asparagin

kislota

Glutamin

kislota

GGU

GGC

GGA

GGG

Glitsin

U

С

A

G

6-rasm.Genetik kod. Izoh: AUG - start kodon; UAA, UAG, UGA teminator - stop kodonlar.



Transkripsiya (RNK sintezi).Bu jarayonda DNK matritsa hisoblanadi.Oqsil tuzilmasi to‘g‘risidagi axborot yadroda, DNKda saqlanadi. Oqsil sintezi esa sitoplazmada, ribosomalarda o‘tadi.(7-rasm)

RXK-polimeraza



7-rasm.Transkripsiya.



Yangi mavzuni mustahkamlash

Savol va topshiriqlar:

  1. Replikatsiya, transkripsiya so‘zlarining ma’nosini tushuntirib bering.

  2. DNKdan RNKning sintezlanish mexanizmini izohlang.

  3. Genetik kod xususiyatlari nimalardan iborat?

  4. Matritsali sintez nima?

  5. Oqsil sintezida ribosomalar qanday funksiyalarni bajaradi?

  6. t-RNKning oqsil biosintezidagi funksiyasini izohlang.

Uyga vazifa:Mavzuni o`qib o`rganib kelish ______________________

Foydalanilgan adabiyotlar:10-sinf darsligi, vaqo`shmcha adabiyotlar.

Fan o`qituvchisi______________________________________________

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: ________________________

Sana:________“___” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10-V
12- Mavzu: Hujayra sikli. Xromosoma – genlar tizimi sifatida. 11 -§
I.Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: o`quvchilarga hujayra sikli, xromasoma, gen haqida tushunchalar berish

b) tarbiyaviy: o`quvchilarga axloqiy va ekologik tarbiya berish

v) rivojlantiruvchi: O`quvchilarning darslik va qo`shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish.

d)shakllantiriladigan tayanch va fanga oid kompetensiyalar: Tk-1, Tk-2, Tk-3, Tk-4, Tk-5, Tk-6, Xk-1, Xk-3

II.Darsning turi:Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.

III.Darsning usuli: .Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.

IV.Darsning jihozi:Darslik ,ko’rgazmali qurollar.

V.Didaktik jihoz:Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.

VI.Texnik jihoz:Kadoskop,kompyuter, flepchat doska.

VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt:45 minut:

Darsning texnologikxaritasi:


Dars bosqichlari

Vaqt

Tashkiliy qism.




Yangi mavzuni boshlashga hozirlik




Yangi mavzuni yoritish




Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish




Darsni yakunlash




Uyga beriladigan topshiriqlar





VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,

d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2.Uyga vazifani so`rab baholash:a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish

v)tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.

IX.Yangi mavzu bayoni:

Tirik organizmlarning irsiy axborotni saqlash va keyingi avlodga o‘tkazishdek eng muhim xususiyati xromosomalardagi DNKga bog‘liq. Bir bo‘linishdan ikkinchi bo‘linishgacha bo‘lgan davrda har bir xromosoma bitta DNKdan iborat bo‘ladi. Yadroning bo‘linishidan avval reduplikatsiya tufayli DNK molekulalari soni ikki hissa ortadi.

Euxromatin - xromatinning spirallashmagan, mikroskopda ko‘rinmay- digan ingichka, genetik jihatdan faol qismi. Geteroxromatin - xromatinning spirallashgan, zichlashgan, genetik jihatdan nofaol qismi.Yadroning bo‘linishidan avval xromatin kuchli spirallashgan, kaltalashgan, yog‘onlashgan strukturani, xromosomani hosil qiladi. Xromosomalar birin- chi marta Fleming (1882) va Strasburger (1884) tomonidan aniqlangan. «Xromosoma» atamasini fanga Valdeyer taklif etgan.

Jinsiy hujayralarda somatik (tana) hujayralarga nisbatan xromosomalar soni ikki hissa kam bo‘ladi. Jinsiy hujayralarda xromosomalar gaploid to‘plamda, somatik hujayralarda esa xromosomalar juft, ya’ni diploid to‘plamda bo‘ladi. Xromosomalar to‘plami n, shu to‘plamga xos DNK soni c harflari bilan ifoda etiladi. O‘lchami, shakli bilan bir-biriga o‘xshash, biri otadan, ikkinchisi onadan o‘tadigan xromosomalar gomolog xromosomalar deyiladi. Masalan, odamning somatik hujayralarida 23 juft xromosoma bo‘ladi. Xromosomalarning miqdor (soni, o‘lchami) va sifat belgilari yig‘indisi kariotip deyiladi. Xromosomalar soni va tuzilishining doimiyligi biologik tur uchun xos xususiyat hisoblanadi.

Hujayraning hayotiy sikli. Ona hujayraning bo‘linib ko‘payishidan hosil bo‘lgan hujayraning bo‘linib ko‘payishi yoki nobud bo‘lgunigacha bo‘lgan davr hayotiy sikl (hujayra sikli) deyiladi. Hujayra hayotiy sikli bir nechta davrlardan iborat:

Bo‘linish davri. Bunda hujayraning bo‘linishi sodir bo‘ladi.O‘sish davri. Hujayra bo‘linib ko‘paygach, ma’lum o‘lchamlarga qadar hajmi ortadi, o‘sa boshlaydi.

Differensiatsiyalanish (ixtisoslashish) davri. Bu davrda hujayra ma’lum tuzilish va funksional xususiyatlarga ega bo‘ladi.

Yetuklik davri.Hujayra ixtisosligiga mos holda u yoki bu funksiyani bajaradi.

Qarish davri. Bu davr hujayra hayotiy funksiyalarining pasayishi bilan ifodalanadi, hujayraning bo‘linishi yoki nobud bo‘lishi bilan yakunlanadi.

Hujayralar bo‘linishining ikkita usuli bor: mitoz va meyoz.

Mitoz - eukariot hujayralarning bo‘linishi jarayoni bo‘lib, uning natijasida dastlab irsiy material ikki hissa ortadi, so‘ngra qiz hujayralar o‘rtasida teng taqsimlanadi.

Mitoz sikli - hujayraning bo‘linishga tayyorgarlik - interfaza va mitoz bo‘linish jarayonlarining o‘zaro bog‘langan va ketma-ket keladigan hodisalar majmuasi.

Interfaza deb, hujayraning ikkita bo‘linishi orasidagi vaqtga aytiladi. Interfazaning davomiyligi, odatda, umumiy hujayra siklining 90% ini tashkil etadi. Interfaza uchta davrdan iborat:

  • sintezdan oldingi - presintetik davr (Gx);

  • sintez (S);

  • sintezdan keyingi - postsintetik davr (G2).

Interfazaning Gt - presintetik davri bevosita mitozdan so‘ng boshlanib, davomiyligi 10 soatdan bir necha sutkagacha davom etadigan davr.Shu davrda yosh hujayra kattalashadi, hajm jihatdan ortadi.

Metafaza (meta - keyin)da xromatidalar zichlashib, yo‘g‘onlashib, hujayra markazi bo‘ylab to‘planadi. Xromatidalar sentromerasi ekvator tekisligida joylashadi.Bo‘linish urchug‘i iplari (axromatin iplari) har bir xromosomaning sentromerasiga ikki qutbdan birikadi.

Anafaza (ana - qayta) bosqichi xromosomalardagi sentromeralar bo‘linib, yakka holatdagi xromatidalar bo‘linish urchug‘ining qisqarishi hisobiga qutblarga tarqaladi. Har bir qutbda teng miqdordagi xromosomalar tarqaladi va ularning bo‘linishdan oldingi hujayraning xromosoma soniga muvofiq bo‘ladi.

Telofazada(telos - tugal)xromosomaiplariningyoyilishi, ingichkalashi- shi, uzayishikuzatiladi.Xromosomalarning har bir guruhi atrofida yadro qobig‘i paydo bo‘ladi, yadrocha shakllanadi. Bo‘linish urchug‘i parchalanadi.Shundan so‘ng sitokinez boshlanadi. Hayvon hujayralarining ekvotorial tekisligida botiqlik paydo bo‘lib, u borgan sari chuqurlashib boradi va sitoplazma bo‘linishi tugallanadi.

Meyoz. Meyoz eukariot hujayralarning o‘ziga xos bo‘linishi bo‘lib, bu bo‘linish natijasida hosil bo‘ladigan hujayralarda xromosomalar soni ikki hissa kamayadi. Meyoz ham mitoz singari interfazadan boshlanadi.Interfazada xromosomalar ikki hissa ortadi. Meyoz ikkita ketma-ket bo‘linishdan iborat. Birinchi - reduksion (meyoz I) bo‘linishda xromosomalar soni ikki marta kamayadi. Ikkinchi ekvatsion (meyoz II) bo‘linishda gaploid xromosomali hujayralar hosil bo‘ladi. Reduksion bo‘linish yadroning profaza I dan boshlanib, telofaza I gacha davom etadi. Ekvatsion bo‘linish esa profaza II dan telofaza II gacha bo‘lgan davrni qamrab oladi.

Profaza I da juft xromatidalardan tuzilgan xromosomalar spirallashib, yo‘g‘onlashib kaltalashadi.So‘ngra gomologik xromosomalar bir-biriga yaqinlashib yonma-yon joylashadi hamda xromatidalar tetradasini hosil qiladi.Bu jarayon konyugatsiya deb ataladi.Gomologik xromosomalarning o‘zaro o‘xshash qismlarining chalkashuvi oqibatida xromatidalarning ayrim qismlari almashishlari mumkin.Bu krossingover hodisasi deyiladi (8-rasm).


8-rasm.Krossingover jarayoni.1 - xromatidalar; 2 - sentromera; 3 - gomologik xromosomalar; 4 - konyugatsiya jarayonida xromatidalar tetradasi; 5 - krossingover jarayoni; 6 - krossover xromosomalar.

Yangi mavzuni mustahkamlash

Savol va topshiriqlar:

  1. Eukariot hujayralarga qaysi yo‘l bilan bo‘linib ko‘payish xos?

  2. Mitoz nima? Mitoz fazalarini tavsiflang.

  3. Qanday qilib mitoz bo‘linish natijasida qiz hujayralar aynan bir xil irsiy axborotga ega bo‘ladi? Mitoz qanday biologik ahamiyatga ega?

  4. Mitoz (a) va meyoz (b) bo‘linish natijasida qanday xromosoma to‘plamiga ega hujayralar hosil bo‘ladi?

Uyga vazifa:Mavzuni o`qib o`rganib kelish ______________________

Foydalanilgan adabiyotlar:10-sinf darsligi, vaqo`shmcha adabiyotlar

Fan o`qituvchisi______________________________________________

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: ________________________
Sana:________“______” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10-V
13- Mavzu: 1-laboratoriyamashg‘uloti.Umumbiologik qonuniyatlarga doir masala va mashqlar yechish.
a) ta’limiy: o`quvchilarga masala va mashqlar yechishni o`rgatish.

b) tarbiyaviy: o`quvchilarning biologiya faniga bo`lgan qiziqishlarini oshirish,ekologik, axloqiy tarbiya berish.

v) rivojlantiruvchi: O`quvchilarning darslik va qo`shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish.

d)shakllantiriladigan tayanch va fanga oid kompetensiyalar: Tk-1, Tk-2, Tk-3, Tk-4, Tk-5, Tk-6, Xk-1, Xk-2,Xk-3

1-laboratoriyamashg‘uloti

Maqsad: Hayotning molekula va hujayra darajasidagi umumbiologik qonuniyatlarga doir masalalar yechish orqali biologik ob’ektlarda boradigan jarayonlarni kuzatish, tajribalar o‘tkazish va xulosa qilish kompetensiyasini shakllantirish.

Jihozlar: Hayotning molekula va hujayra darajasidagi umumbiologik qonuniyatlarni aks ettiruvchi rangli rasmlar, slaydlar.

Ishni bajarish tartibi;

I. DNK va RNK ning tuzilishiga doir masalalar yechish.

II. Oqsil biosinteziga doir masalalar yechish.

III. Hujayrada energiya almashinuviga doir masalalar yechish.

IV. Hujayra tirik organizmlarning tuzilish, funksional, rivojlanish va irsiy birligi deganda nimani tushunasiz?

I. DNK va RNK ning tuzilishiga doir quyida berilgan masalalarni yeching.

1) DNK molekulasi 6000 nukleotiddan iborat. Shu DNK molekulasining uzunligini aniqlang.

BERILGAN: 6000 ta nukleotid.(AGCT)

DNK uzunligi= ?

YECHISH: 6000* 0.34=2040 nm

2040 : 2= 1020 nm

JAVOB: DNK uzunligi 1020 nm
2) DNK molekulasi 3000 nukleotiddan iborat, shundan 650 tasini sitozinli nukleotidlar tashkil etadi. Shu DNK molekulasining uzunligini va boshqa nukleotidlar sonini aniqlang. Shu DNK molekulasining uzunligini aniqlang.
BERILGAN : DNK uzunligi- 3000 nm.

C = 650 ta

DNK uzunligi=?

G, T, A soni =?

YECHISH: 650 ta sitozin bo`lsa, 650 ta guanin bo`ladi. (G=C)

650+650= 1300 ta G va C

3000 – 1300=1700 ta A va T

Ya`ni : 850 ta A va 850 ta T

3000*0.34=1020 nm

1020:2=510 nm

JAVOB: DNK uzunligi = 510nm

650 ta G, 850 ta A, 850 ta T


3) Bir zanjirida GTCATGGATAGTCCTAAT nukleotidlar ketma- ketligi bo`lgan DNK molekulasidagi vodorod bog`lar sonini aniqlang.

G T C A T G G A T A G T C C T A A T

″′ ″ ″′ ″ ″ ″′ ″′ ″ ″ ″ ″′ ″ ″′ ″′ ″ ″″ ″

C A G T A C C T A T C A G G A T T A

C va G o`rtasida 3 ta vodorod bog`

T va A o`rtasida 2 ta vodorod bog`

JAVOB: 7*3=21 ( G va C)

11*2= 22 (A va T)

21+22= 43 ta vodorod bog` bor.
4) Tekshirishlar natijasida i-RNK tarkibida 34% guanin, 18% uratsil, 28% sitozin, 20% adenin borligini aniqlandi.Mazkur i-RNK uchun matritsa bo‘lgan DNK tarkibidagi nukleotidlarning % larini aniqlang.

BERILGAN: G - 34% , U – 18%, C- 28%, A – 20%

DNK dagi nukleotidlar =?

YECHISH: i-RNK DNK (I zanjir) DNK(II zanjir)

G – 34% C – 34% G - 34%

U – 18% A – 18% T – 18%

C – 28% G – 28% C – 28%

A – 20% T – 20% A – 20%




  1. 28%+34%=62% 2) 18%+20%=38%

62% : 2 = 31% G va C 38%:2=19% A va T

JAVOB: DNK zanjirida 31% guanin, 19% adinin, 31% sitozin, 19% tinim bor.


5) DNK molekulasining uzunligi 850 nm ga teng. DNK molekulasidagi nukleotidlar sonini aniqlang.

BERILGAN: DNK uzunligi 850nm.

Nukleotidlar soni= ?

YECHISH: 850:0.34 = 2500 ta (bitta zanjirda)

2500*2= 5000 ta

JAVOB: DNK da 5000 ta nukleotid bor.


II. Oqsil biosinteziga doir quyida berilgan masalalarni yeching.

1) DNK ning berilgan zanjiri asosida genetik kod jadvalidan foydalanib jadvalni to`ldiring.O`quvchiga DNK zanjiri beriladi.




DNKning 1- zanjiri

A

T

G

C

C

G

T

T

A

C

T

G

G

C

T

T

T

C

DNKning 2- zanjiri

T

A

C

G

G

C

A

A

T

G

A

C

C

G

A

A

A

G

i – RNK

A


U

G

C

C

G

U

U

A

C

U

G

G

C

U

U

U

C

Antikodon

U

A

C

G

G

C

A

A

U

G

A

C

C

G

A

A

A

G

Аminokislota

Gis

Gli

Asp

Asp

Arg

Liz




  1. GTCATGGATAGTCCTAAT nukleotidlar ketma- ketligidan iborat DNK molekulasi asosida sintezlangan i-RNK molekulasidagi nukleotidlar ketma – ketligini va oqsildagi aminokislaotalar sonini aniqlang.

BERILGAN: DNK GTCATGGATAGTCCTAAT

i-RNK =?

Aminokilotalar soni = ?

YECHISH:

DNK G T C A T G G A T A G T C C T A AT

″′ ″ ″′ ″ ″ ″′ ″′ ″ ″ ″ ″′ ″ ″′ ″′ ″ ″ ″ ″

i- RNK C A G U A C C U A. U C A. G G A.U U A.

JAVOB: 6 ta aminokislota bor.

i-RNK CAG UAC CUA UCA GGA UUA
2. Oqsil molekulasida aminokislotalar quyidagi tartibda joylashgan. ser – glu – asp – tri – fen – ley – ala. Genetik kod jadvalidan foydalanib ushbu amonokislotalar ketma – ketligiga mos i-RNK molekulasidagi nukleotidlar ketma-ketligini aniqlang.

BERILGAN:

Aminokislota SER GLU ASP TRI FEN LEY ALA

Antikodon UCA GAA AAU UGG UUU UUA GCU

i-RNK AGU CUU UUA ACC AAA AAU CGA

JAVOB: i- RNK AGUCUUUUAACCAAAAAUCGA


3.i-RNK molekulasida UGCAAGCUGUUUAUAACCGAU tartibida nukleotidlar ketma – ketligi berilgan. Genetik kod jadvalidan foydalanib ushbu nukleotidlar ketma – ketligiga mos amonokislotalar ketma-ketligini aniqlang.

BERILGAN: UGC AAG CUG UUU AUA ACC GAU

YECHISH: sis liz ley fen izo tre asp

JAVOB: sistein, lizin, leysin, fenilalanin, izoleysin, treonin, asparagin


4. 450 nukleotid juftligidan iborat DNK bo`lagi asosida sintezlangan i-RNK dagi nukleotidlar sonini va oqsildagi aminokislaotalar sonini hamda oqsilning massasini aniqlang,

BERILGAN: DNK da 450 ta nukleotid jufti

Oqsildagi bitta aminokislota o`rtacha massasi = 120 Dalton

i-RNK dagi nukleotidlar soni=?

Oqsildagi aminokislotalar soni=?

Oqsil massasi =?


YECHISH: ______ 450ta (A G C T)

DNK transkipsiya i-RNK _______ 450(A G C U)

______ 450 ta (T C G A)
Oqsil (3ta nukleotid triplitidan iborat aminokislotalardan ketma – ketligidan tuzilgan)

450:3=150 ta (aminokislota)

150*120 Dalton= 18000 Dalton(Da)

JAVOB: i-RNK=450 (A G C U)

Aminokislota = 150 ta

Oqsil massasi =18000 Da


5. Oqsilning massasi 36000 ga teng bo`lsa, shu oqsilga mos i-RNKdagi va DNKdagi nukleotidlar sonini aniqlang.

BERILGAN: oqsil massasi= 36000 Da

i-RNK nukleotid soni=?

DNK nukleotid soni=?

YECHISH: 36 000 Da : 120 Da= 300 ta (aminokislota)

300*3=900 ta i-RNK nukleotidlari

900*2= 1800 ta DNK nukleoridlari (qo`sh zanjir)

JAVOB: i-RNK= 900 ta (A C G U)

DNK = 1800 ta (T G C A)
III. Hujayrada energiya almashinuviga doir quyida berilgan masalalarni yeching.


  1. 675 g glyukoza fermentlar ishtirokida aerob sharoitida bosqichma - bosqich parchalansa qancha energiya hosil bo’ladi?

BERILGAN: C6H12O6 →2sut kislota + 2 ATF + Q → 6CO6 + H2 O + 36 ATF + Q ↑

Massa : C6H12O6 =180g

Bosqichma –bosqich parchalanishda hammasi bo`lib, 2800 kj Q ajraladi.

675 g = ? Q

YECHISH: 180g ------ 2800kj

675 g------x

X=675*2800 = 1890000:180=10500 kj

180g


JAVOB: 675 g C6H12O6 to`liq parchalansa, 10500 kj energiya ajraladi.


  1. Glikoliz jarayonida 4500 g glyukoza parchalangan bo’lsa, hujayrada qancha sut kislota hosil bo’ladi?

BERILAN: 180g C6H12O6 parchalansa, 2 mol sut kislota hosil bo`ladi.

4500 g C6H12O6 parchalansa =?

YECHISH: 180g-----2

4500 ----x

X=4500*2 =9000: 180= 50 mol

180

JAVOB: 4500 g C6H12O6 parchalanishidan 50 mol sut kislota hosil bo`ladi.


3) Muskullarda 7 mol glyukoza parchalandi. Shundan 3 mol glyukoza kislorod ishtirokida, 4 mol glyukoza kislorod ishtirokisiz parchalandi. Qancha CO2, H2O, sut kislota hosil bo`ladi.

BERILGAN: 7mol glukoza

3 mol C6H12O6 aerob parchalangan

4 mol C6H12O6 anaerob parchalangan

CO2 =? H2O=? Sut kislota =?

YECHISH: C6H12O6 + 6O2→ 6CO2 + 6H2O

3 C6H12O6 + 18O2→ 18CO2 + 18H2O

C6H12O6→ 2C3H6O3

4 C6H12O6→ 8C3H6O3

JAVOB: 3 mol glyukoza kislorodli muhitda parchalansa, 18 mol CO2va 18 mol H2 Oajraladi. 4 mol glyukoza kislorodsiz muhitda parchalansa, CO2va H2 O hosil bo`lmaydi. Faqat 8 mol sut kislota (C3H6O3) hosil bo`ladi.


4 ) Anaerob nafas olish jarayonida sitoplazmada 14 molekula sut kislota hosil bo’ldi. Parchalangan glyukozaning miqdorini aniqlang .

BERILGAN: O2 li muhutda 14 molekula sut kislota

Parchalangan C6H12O6 =?

YECHISH: 1mol C6H12O6→ 2mol C3H6O3

x C6H12O6→ 14 mol C3H6O3

x= 14*1 =14:2=7



2

JAVOB: 7 molekula glyukoza parchalangan.



Mashg’ulot natijalari va yakuniy xulosa.

XULOSA: Biz bugungi laboratoriya mashg`ulotida hayotning molekula va hujayra darajasidagi umumbiologik qonuniyatlargadoir masalalar yechishni o`rgandik va o`zimiz mustaqil masalalar yechdik.
Uyga vazifa:Mavzuni o`qib o`rganib kelish ______________________

Foydalanilgan adabiyotlar:10-sinf darsligi, va qo`shmcha adabiyotlar.
Fan o`qituvchisi_____________________________________________

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________________
Sana:________“___” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10-V
14- Mavzu: Umumlashtiruvchidars.
I.Darsning maqsadi:

a) ta’limiy:o`quvchilarningmavzuga oid umumiy ma`lumotlarini makrorlash.

b) tarbiyaviy: o`quvchilarning biologiya faniga bo`lgan qiziqishlarini oshirish, tirik tabiatni muhofaza qilish,unga ongli munosabatda bo`lishga o`rgatish, ularda ekologik, geografik, iqtisodiy, axloqiy , ilmiy va huquqiy tarbiya berish.

v) rivojlantiruvchi: O`quvchilarning darslik va qo`shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish.

d)shakllantiriladigan tayanch va fanga oid kompetensiyalar: Tk-1, Tk-2, Tk-3, Tk-4, Tk-5, Tk-6, Xk-1, Xk-3
II.Darsning turi:Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.

III.Darsning usuli: . Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.

IV.Darsning jihozi:Darslik ,ko’rgazmali qurollar.

V.Didaktik jihoz:Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.

VI.Texnik jihoz:Kadoskop,kompyuter, flepchat doska.

VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt:45 minut:

Darsning texnologik xaritasi:


Dars bosqichlari

Vaqt

Tashkiliy qism.




Yangi mavzuni boshlashga hozirlik




Mavzularni takrorlash




Guruhlarda ishlash




Darsni yakunlash




Uyga beriladigan topshiriqlar





VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,

d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2.Uyga vazifani so`rab baholash:a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish

v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
IX.Mavzularni takrorlash uchun savollar:
Savol va topshiriqlar:

  1. Replikatsiya, transkripsiya so‘zlarining ma’nosini tushuntirib bering.

  2. DNKdan RNKning sintezlanish mexanizmini izohlang.

  3. Genetik kod xususiyatlari nimalardan iborat?

  4. Matritsali sintez nima?

  5. Oqsil sintezida ribosomalar qanday funksiyalarni bajaradi

  6. t-RNKning oqsil biosintezidagi funksiyasini izohlang.

  7. Hujayra tiriklikning tuzilish, funksional, rivojlanish birligi deganda nimani tushunasiz

  8. Hayotning hujayra darajasining o‘ziga xos jihatlarini izohlang.

  9. Hujayra nazariyasining mohiyatini va ahamiyatini tushuntirib bering.

  10. Tirik organizmlar hujayralariga qiyosiy xarakteristika bering.

  11. Replikatsiya, transkripsiya so‘zlarining ma’nosini tushuntirib bering.

  12. DNKdan RNKning sintezlanish mexanizmini izohlang.

  13. Genetik kod xususiyatlari nimalardan iborat?

  14. Matritsali sintez nima?

  15. Oqsil sintezida ribosomalar qanday funksiyalarni bajaradi?

  16. t-RNKning oqsil biosintezidagi funksiyasini izohlang.

  17. Eukariot hujayralarga qaysi yo‘l bilan bo‘linib ko‘payish xos?

  18. Mitoz nima? Mitoz fazalarini tavsiflang.

  19. Qanday qilib mitoz bo‘linish natijasida qiz hujayralar aynan bir xil irsiy axborotga ega bo‘ladi? Mitoz qanday biologik ahamiyatga ega?

  20. Mitoz (a) va meyoz (b) bo‘linish natijasida qanday xromosoma to‘plamiga ega hujayralar hosil bo‘ladi?

Uyga vazifa:Mavzuni o`qib o`rganib kelish ______________________

Foydalanilgan adabiyotlar:10-sinf darsligi, va qo`shmcha adabiyotlar.
Fan o`qituvchisi_____________________________________________

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________________
Sana:________“___” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10-V
15- Mavzu: Hayotning organizm darajasi va uning o‘ziga xos jihatlari.12 -
Yüklə 5,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə