Sana: “ ” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10


Yangi mavzuni mustahkamlash



Yüklə 5,73 Mb.
səhifə30/152
tarix11.05.2022
ölçüsü5,73 Mb.
#86663
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   152
10-sinf-biologiya-konspekti

Yangi mavzuni mustahkamlash

Savol va topshiriqlar:

  1. Jinssiz ko‘payishning qanday turlarini bilasiz?

  2. Bir hujayralilarning jinssiz ko‘payishini aytib bering.

  3. Ko‘p hujayralilarning jinssiz ko‘payishini aytib bering.

  4. Jinssiz ko‘payishning ahamiyatini izohlang.

Tirik organizmlar

Ko‘payish usuli

Tirik organizmlar

Ko‘payish usuli

Xlorella




Qirqquloqlar




Spirogira




Infuzoriya




Yassi chuvalchanglar




Igna tanlilar




Qalpoqchali zamburug‘lar




Evglena




Qirqbo‘g‘imlar




Bezgak paraziti




Yo‘sinlar




Suvo‘tlar




Achitqi zamburug‘i




Amyoba




Mustaqil bajarish uchun topshiriq:

Jadvalda berilgan organizmlarning ko‘pa- yish usullarini yozing.

Uyga vazifa:Mavzuni o`qib o`rganib kelish _____________________

Foydalanilgan adabiyotlar:10-sinf darsligi, va qo`shmcha adabiyotlar.

Fan o`qituvchisi_____________________________________________

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________________

Sana:__________“_____” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10-V
18- Mavzu: Jinsiy ko‘payish.Nazorat ishi-2.15 -§
I.Darsning maqsadi:

a) ta’limiy: o`quvchilarga mavzuga oid umumiy ma`lumotlar berish.Olgan bilimini nazorat qilish.

b) tarbiyaviy: o`quvchilarning biologiya faniga bo`lgan qiziqishlarini oshirish, tirik tabiatni muhofaza qilish,unga ongli munosabatda bo`lishga o`rgatish, ularda ekologik, geografik, iqtisodiy, axloqiy , ilmiy va huquqiy tarbiya berish.

v) rivojlantiruvchi: O`quvchilarning darslik va qo`shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish.

d)shakllantiriladigan tayanch va fanga oid kompetensiyalar: Tk-1, Tk-2, Tk-3, Tk-4, Tk-5, Tk-6, Xk-1, Xk-3
II.Darsning turi:Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.

III.Darsning usuli: . Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.

IV.Darsning jihozi:Darslik ,ko’rgazmali qurollar.

V.Didaktik jihoz:Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.

VI.Texnik jihoz:Kadoskop,kompyuter, flepchat doska.

VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt:45 minut:

Darsning texnologik xaritasi:


Dars bosqichlari

Vaqt

Tashkiliy qism.




Yangi mavzuni boshlashga hozirlik




Yangi mavzuni yoritish




Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish




Darsni yakunlash




Uyga beriladigan topshiriqlar





VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,

d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2.Uyga vazifani so`rab baholash:a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish

v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
IX.Yangimavzubayoni:

Jinsiyko‘payishdayangiorganizmotavaonaorganizmlariningjinsiyhujayralari - gametalarishtirokidahosilbo‘ladi. Erkaklik va urg‘ochilik jinsiy hujayralarining qo‘shilishi natijasida zigota hosil bo‘ladi. Zigotadan yangi organizm rivojlanadi. Yangi organizm genotipi ota-ona genotipidan farq qiladi. Jinsiy ko‘payish asosida kombinativ o‘zgaruvchanlik yotadi.Jinsiy ko‘payishning ahamiyati. Jinsiy ko‘payish organizmlar evolutsiya- sida muhim rol o‘ynaydi. Bu jarayon ota-ona irsiy belgilarining birlashishiga imkon beradi. Hosil bo‘lgan yangi avlod ota-onasiga nisbatan yashovchan va o‘zgargan muhit sharoitiga moslanuvchan bo‘ladi.

Jinsiy ko‘payish shakllari. Izogamiya — shakli va o‘lchami bir xil, hara- katchan erkak va urg‘ochi gametalarning qo‘shilishi bilan boradigan jinsiy ko‘payish shakli (ulotriks). Geterogamiya erkak va urg‘ochi gametalar harakat- chan, lekin urg‘ochi gametalar erkak gametalarga nisbatan yirik bo‘lishi bilan xarakterlanadi (xlamidomonada). Oogamiya - jinsiy ko‘payishning bir shakli bo‘lib, urg‘ochi gametalar yirik, harakatsiz, tuxum hujayra deb ataladi, erkak gametalar mayda bo‘lib, harakatchan bo‘lsa spermatozoid (hayvonlar, yo‘sinlar, qirqquloqlar), harakatsiz bo‘lsa spermiy (gulli o‘simliklar) deb yuritiladi.

Gulli o‘simliklarda jinsiy ko‘payish. Gulli o‘simliklarda jinsiy hujay­ralar- changchining changdonida, urug‘chining urug‘kurtagida yetiladi. Chang xaltasidagi diploid mikrosporotsit hujayra meyoz yo‘li bilan bo‘linib, 4 ta mikrosporani hosil qiladi. So‘ng har bir mikrospora mitoz yo‘li bilan bo‘linib ikkita: yirik vegetativ va mayda generativ hujayralarga ega chang donasiga aylanadi. Generativ hujayra yana mitoz usulida ikkiga bo‘linib ikkita spermiyni hosil qiladi.Changlanishdan so‘ng urug‘chi tumshuqchasiga tushgan chang asta-sekin o‘sa boshlaydi. Uning vegetativ hujayrasi o‘sib, uzun va ingichka naycha- chang yo‘lini hosil qiladi. Chang naychasi urug‘chi tugunchasi tomon o‘sib urug‘kurtakka yetib boradi. Hosil bo‘ lgan ikkita spermiy chang naychasi orqali urug‘kurtakdagi murtak xaltaga kiradi. Spermiylardan biri tuxum hujayra bilan, ikkinchisi markaziy hujayra bilan qo‘shiladi. Bu jarayon gulli o‘simliklarda qo‘sh urug‘lanish deb ataladi (11-rasm).

Hayvonlarda jinsiy ko‘payish. Bir hujayrali organizmlarda jinsiy jarayon- kopulatsiya (lotincha kopulatio - qo‘shilish) jarayoni kuzatiladi. Bunda maxsus jinsiy hujayralar - gametalar qo‘shilib zigotani hosil qiladi. Bu organizmlarda - gametalar ona hujayraning ko‘p marta bo‘linishi natijasida hosil bo‘ladi. Gametalarning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan zigotadan tinim davri o‘tgach, yangi yosh organizmlar hosil bo‘ladi.

Konyugatsiya jarayonida maxsus jinsiy hujayralar hosil bo‘lmaydi. Konyugatsiya (lotincha konyugatsiya - birikish, bog‘lanish so‘zlaridan olingan) infuzoriyalarda kuzatiladi. Infuzoriya tufelkaning katta yadrosi konyugatsiyadan avval erib ketadi. Kichik yadro bo‘linib ikkita gaploid yadrolarni hosil qiladi. Ikkita tufelka bir-biriga yaqin kelib, ular o‘rtasida qo‘shni hujayralar sitoplazmasini bog‘lovchi ko‘prikcha yuzaga keladi.Gametogenez. Hayvonlarda jinsiy hujayralarning hosil bo‘lish jarayoni gametogenez deyiladi. Jinsiy yo‘l bilan ko‘payadigan organizmlarda jinsiy hujayralar jinsiy bezlarda hosil bo‘ladi. Erkaklik jinsiy hujayralar urug‘donda, urg‘ochilik jinsiy hujayralar tuxumdonda rivojlanadi. Urug‘don va tuxumdonda maxsus zonalar bo‘lib, har bir zonada o‘ziga xos jarayonlar sodir bo‘ladi.

T/r

Zonalar

n va c

Jarayonlar

1

Ko‘payish

zonasi

2n, 2c

MITOZ. Boshlang‘ich hujayralar mitoz usulida bo‘linib, soni ortadi. Ularda xromosomalarning diploid to‘plami saqlanadi

2

O‘sish

davri

2n, 4c

INTERFAZA. Hujayralarning ayrimlari kattalashadi, oziq za- xiralarini to‘playdi, DNK miqdori ikki hissa ortadi

3

Yetilish

davri

n, 2c

MEYOZ. Hujayralar meyoz usulida bo‘linib, 4 ta gaploid to‘plamli hujayralarni hosil qiladi

4

Shaklla- nish davri

n, c

Spermatozoidlarda bosh, bo‘yin, dum qismlari shakllanadi. Yadro bosh qismida mitoxondriyalar dum qismida joylashadi. Tuxum hujayralarda bittadan ortiq spermatozoidning kirishi- ga yo‘l qo‘ymaydigan qo‘shimcha qobiq hosil bo‘ladi




11-rasm. Gulli o‘simliklarda qo‘sh urug‘lanish jarayoni.

Yangi mavzuni mustahkamlash

Savol va topshiriqlar:

  1. Jinsiy ko‘payishning qanday turlarini bilasiz?

  2. Bir hujayralilarning jinsiy ko‘payishini aytib bering.

  3. Konyugatsiya va kopulatsiyaning farqlarini ta’riflang.

  4. Ko‘p hujayralilarning jinsiy ko‘payishini aytib bering.

Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar:

1-topshiriq. Spermatogenezvaovogenezjarayoniniqiyosiytaqqoslang.

Spermatogenez

Umumiy jihatlar

Ovogenez

O‘ziga xos jihatlar

O‘ziga xos jihatlar











2-topshiriq.Hayvonlardavagulliosimliklardajinsiyhujayralarninghosilbolishivauruglanishjarayonlariniqiyoslang.

Gulli o‘simliklar

Umumiy jihatlar

Hayvonlar

O‘ziga xos jihatlar

O‘ziga xos jihatlar










Uyga vazifa:Mavzuni o`qib o`rganib kelish _____________________

Foydalanilgan adabiyotlar:10-sinf darsligi, va qo`shmcha adabiyotlar.

Fan o`qituvchisi_____________________________________________

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________________

Sana:__________“_____” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10-V
19- Mavzu: Ontogenez - tirik organizmlarning individual

rivojlanishi.16 -
Yüklə 5,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə