Sana: “ ” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10


VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt



Yüklə 5,73 Mb.
səhifə29/152
tarix11.05.2022
ölçüsü5,73 Mb.
#86663
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   152
10-sinf-biologiya-konspekti

VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt:45 minut:

Darsning texnologik xaritasi:


Dars bosqichlari

Vaqt

Tashkiliy qism.




Yangi mavzuni boshlashga hozirlik




Yangi mavzuni yoritish




Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish




Darsni yakunlash




Uyga beriladigan topshiriqlar





VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,

d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2.Uyga vazifani so`rab baholash:a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish

v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.


IX.Yangi mavzu bayoni:
Ko‘payish tirik organizmlarning genetik axborotdan foydalangan holda o‘ziga o‘xshaganlarni yarata olish xususiyatidir. Tirik organizmlarning ko‘- payish xususiyati tufayli tur doirasida avlodlar almashinuvi uzluksizligi ta’minlanadi. Ko‘payish jarayonida genetik materialning xilma-xil kombi- natsiyalari hosil bo‘lishi tufayli yangi irsiy belgilarga ega organizmlar paydo bo‘ladi. Bu esa tur ichida xilma-xillikni ta’minlovchi omildir.

Tabiatda ko‘payishning ikki xil turi: jinssiz va jinsiy ko‘payish farqlanadi: Jinssiz ko‘payish. Jinssiz ko‘payish tabiatda keng tarqalgan bo‘lib, bir hujayrali va ko‘p hujayrali organizmlarda kuzatiladi.

Jinssiz ko‘payishga xos xususiyatlar: ko‘payishda faqat bitta ona organizm ishtirok etadi, somatik hujayralar yordamida amalga oshadi, mitoz jarayoniga asoslangan, hosil bo‘lgan yangi organizm ona organizmning genetik jihatdan aynan nusxasi bo‘ladi.

.Jinssiz ko'payish

Bir hujayralilarning jinssiz ko‘pavish usullari






Ivo'p hujaM'alilarning jinssiz ko^payish usullari

1

Binarboiinibko'payishShizogoniva

Sporalarorqaliko'payishKurtaklanibko'payish




Fraementlarorqaliko'payishKurtaklanibko'payishSporaorqaliko'payishPoliembriomyausuliVegetativko'payish


Jinssiz ko‘payishning evolutsiyadagi ahamiyati. Qulay sharoitda individ- larning tez va ko‘p nasl qoldirishini ta’minlashdir. Lekin jinssiz ko‘payishda organizmning yangi muhit sharoitiga moslanishni ta’minlovchi genetik axborotning o‘zgarishi, almashinishi va xilma-xillikning ortishi kuzatilmaydi. Shuning uchun ham ko‘pchilik organizmlar nafaqat jinssiz balki jinsiy usulda ham ko‘payadi.

Oddiy binar bo‘linish prokariot organizmlarda kuzatiladi. Prokariot hujayraning halqasimon DNK- si replikatsiyalanadi, hujayra o‘rtasida to‘siq hosil bo‘lib, hujayra ikkiga bo‘linadi . Bir hujayrali sodda hayvonlardan amyoba, evglena, infuzoriya kabi hayvonlarning binar bo‘linishi mitoz jarayoniga asoslangan.

Bezgak paraziti hayot siklida shizogoniya - ko‘p bo‘linish sodir bo‘ladi. Hujayra yadrosi bir necha marta mitoz bo‘linib, yosh hujayralarni hosil qiladi.

Xlorella, xlamidomonada kabi suvo‘tlari, zamburug‘lar sporalar orqali ko‘payadi. Sporalar mitoz usulida hosil bo‘ladigan gaploid hujayralar bo‘lib, tarqalishga xizmat qiladi.

Kurtaklanib ko‘payish mitoz asosida sodir bo‘ladigan jarayon bo‘lib, achitqi zamburug‘larida kuzatiladi. Ona hujayrada yadroni saqlovchi bo‘rtma paydo bo‘lib, kattalashadi va mustaqil organizmga aylanadi (10-rasm).

Ko‘p hujayrali organizmlarda jinssiz ko‘payish quyidagicha amalga oshadi.

Fragmentatsiya - tana bo‘laklari orqali ko‘payish usuli bo‘lib, regeneratsiya jarayoniga asoslangan. Fragmentatsiya suvo‘tlari (spirogira)da, g‘ovak tanlilarda, kovakichlilarda, yassi chuvalchanglarda, igna tanlilarda kuzatiladi

Kurtaklanib ko‘payish g‘ovak tanlilarda, kovakichlilarda va ayrim halqali chuvalchanglarda kuzatiladi.Zamburuglar (qalpoqchalizamburuglar), suvotlar, yosinlar, qirq- quloqlar, qirqbogimlarsporalariorqalikopayishxususiyatigaega.







10rasm.Kurtaklanib ko‘payish

Yüklə 5,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə