Sana: “ ” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10


Darsning texnologik xaritasi



Yüklə 5,73 Mb.
səhifə24/152
tarix11.05.2022
ölçüsü5,73 Mb.
#86663
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   152
10-sinf-biologiya-konspekti

Darsning texnologik xaritasi:


Dars bosqichlari

Vaqt

Tashkiliy qism.




Yangi mavzuni boshlashga hozirlik




Yangi mavzuni yoritish




Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish




Darsni yakunlash




Uyga beriladigan topshiriqlar





VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,

d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2.Uyga vazifani so`rab baholash:a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish

v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.


IX.Yangi mavzu bayoni:

Hayotning o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq etishning organizm darajasida tirik organizmlarning xilma-xilligi, hayotiy jarayonlarning o‘ziga xos xususi- yatlari o‘rganiladi.

Organizm o‘z-o‘zini idora etuvchi biologik sistema. Organizm hayotiy jarayonlarni yuqori darajada tartiblangan tarzda namoyon etish, o‘z-o‘zini idora etish va tiklash xususiyatlariga ega, irsiy axborotni avloddan avlodga barqaror o‘tkazilishini ta’minlovchi yaxlit biologik sistema sanaladi.

Organizm yoki alohida olingan individ populatsiya tarkibiga muayyan tuzilish va funksional tarkibga ega bir qismi sifatida kiradi va populatsiya - tur jarayonida mu­him o‘rin tutadi.

Odam organizmi o‘z-o‘zini idora eta- digan yaxlit biologik sistema ekanligi, organlar sistemalarida sodir bo‘ladigan ha­yotiy jarayonlarning boshqarilishi, tash­qi muhit omillarining ta’siri, sog‘lom turmush tarzi va gigiyena qoidalariga amal qilinmagan holda yuqumli va surunkali kasalliklar kelib chiqishi haqida «Odam va uning salomatligi» o‘quv fani orqali sizga ma’lum (34-rasm).

Evolutsiya jarayonida ko‘p hujayrali organizmlarda dastlab gumoral idora etish paydo bo‘lgan. Yuqori darajada tuzilgan hayvonlar va odamning o‘z-o‘zini idora etishda gumoral boshqarish bilan bir qatorda nerv tizimi ham muhim o‘rin tutadi. U tirik organizmlar hayotiy jarayoni barqarorligi, doimiyligi va davomiyligini amalga oshiradi, zarur hollarda korreksiyalaydi va tashqi muhit hamda organizm o‘rtasidagi munosabatlarni muvofiqlashtiradi. Nerv sistemasi organizmning yaxlitligi va gomeostazning doimiyligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.

Gumoral boshqarish nerv orqali idora qilishga bo‘ysungan holda yagona nerv-gumoral tizimni hosil qiladi. Organizmdagi nerv-gumoral tizim irsiy axborot asosida vujudga keladi va har bir organizmda o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘ladi. Har bir organizmning irsiy axboroti organizmning hayotiy jarayonlarini idora etishni ta’minlab, doimiy o‘zgarishda bo‘ladigan tashqi muhitga moslashishga yordam beradi.

Bir hujayrali organizmlar boshqarilishi gumoral-kimyoviy yo‘l bilan amalga oshadi.

O‘simliklarda o‘sish va morfofiziologik rivojlanishini biologik faol mod­dalar stimulatorlar - fitogormonlar (auksin, gibberellin, sitokinin) boshqaradi.

Bir va ko‘p hujayrali organizmlar va ularning hayot faoliyatidagi o‘ziga xos xususiyatlar.

Barcha tirik organizmlarda harakatlanish, nafas olish, oziqlanish, ayirish, modda va energiya almashinuvi, ichki va tashqi muhit omillariga qo‘zg‘alish orqali javob qaytarish, himoyalanish, o‘sish, rivojlanish, ko‘payish orqali irsiy axborotni nasldan naslga o‘tkazishi kabi hayotiy jarayonlar kuzatiladi.Bir hujayrali organizmlar biosferada muhim o‘rin tutadi. Ular orasida fotosintezni amalga oshiradigan avtotroflar (yashil suvo‘tlari, sianobakteriyalar) suvo‘tlari bilan oziqlanadigan fitotroflar, yirtqich va parazitlik qiladigan geterotroflar, o‘simlik va hayvon qoldiqlari bilan oziqlanadigan saprofitlar mavjud. Bir hujayralilarda metabolitik jarayonlar jadal sur’atda sodir bo‘ladi, shu sababli, biogeosenozda modda va energiya almashinuvida, ayniqsa uglerodning davra bo‘ylab aylanishida muhim ahamiyatga ega.(9-rasm).




9-rasm.Moddalar almashinuvi.

Bir hujayrali organizmlar boshqarilishi gumoral-kimyoviy yo‘l bilan amalga oshadi.

O‘simliklarda o‘sish va morfofiziologik rivojlanishini biologik faol mod­dalar stimulatorlar - fitogormonlar (auksin, gibberellin, sitokinin) boshqaradi.

Bir va ko‘p hujayrali organizmlar va ularning hayot faoliyatidagi o‘ziga xos xususiyatlar.

Barcha tirik organizmlarda harakatlanish, nafas olish, oziqlanish, ayirish, modda va energiya almashinuvi, ichki va tashqi muhit omillariga qo‘zg‘alish orqali javob qaytarish, himoyalanish, o‘sish, rivojlanish, ko‘payish orqali irsiy axborotni nasldan naslga o‘tkazishi kabi hayotiy jarayonlar kuzatiladi.
Yangi mavzuni mustahkamlash

Savol va topshiriqlar:

  1. Hayotning organizm darajasi uchun xos bo‘lgan xususiyatlarni ayting.

  2. Hayotning organizm darajasi xususiyatlari bilan molekula va hujayra daraja- larining xususiyatlarini taqqoslang. Umumiy xususiyatlar va farqlarni aniqlang.

  3. Hayotning organizm darajasi bilan hujayra darajalarining xususiyatlari o‘r- tasidagi uzviylikni tushuntiring.

  4. Mustaqil bajarish uchun topshiriq: “Bir va ko‘p hujayrali organizmlarda kechadigan jarayonlar” mavzusida referat tayyorlang.

Uyga vazifa:Mavzuni o`qib o`rganib kelish _____________________

Foydalanilgan adabiyotlar:10-sinf darsligi, va qo`shmcha adabiyotlar.

Fan o`qituvchisi_____________________________________________

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________________
Sana:________“___” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10-V
16- Mavzu: Tirik organizmlarning oziqlanishiga ko‘ra turlari.13 -
Yüklə 5,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə