Sana: “ ” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10



Yüklə 5,73 Mb.
səhifə17/152
tarix11.05.2022
ölçüsü5,73 Mb.
#86663
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   152
10-sinf-biologiya-konspekti

VI.Texnik jihoz:Kadoskop, kompyuter, flepchat doska.

VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt:45 minut:

Darsning texnologik xqritasi:


Dars bosqichlari

Vaqt

Tashkiliy qism.




Yangi mavzuni boshlashga hozirlik




Yangi mavzuni yoritish




Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish




Darsni yakunlash




Uyga beriladigan topshiriqlar





VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,

d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi

2.Uyga vazifani so`rab baholash:a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish

v)tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
IX.Yangi mavzu bayoni:

Hujayra tiriklikning tuzilish, funksional, rivojlanish birligi.Barcha tirik organizmlar hujayradan tuzilgan, hayotiy jarayonlar hujayrada amalga oshadi. Shuning uchun ham hujayra hayotning tuzilish, funksional, rivojlanish va irsiy birligidir. Shu bilan birga hujayra o‘ziga xos xususiyatlarga ega, ma’lum qonuniyatlar asosida mavjud bo‘lgan biologik sistemadir.

Hayotning tuzilish birligi sifatida hujayra biomolekulalardan tashkil topgan tizim sanaladi. Hujayraning tizim sifatidagi xususiyatlari ko‘p jihatdan molekula darajasiga, ya’ni uning komponentlari va shu komponentlarning faoliyatida aks etadi. DNK molekulasi hujayra oqsillari sintezi jarayonlarining boshqarilishini belgilovchi genetik kodni saqlaydi. Hujayraning asosiy membranali tuzilmalari lipid va oqsil molekulalardan tashkil topgan (3-rasm).

Molekular darajada DNK reduplikatsiya jarayoni mexanizmlari aks etsa, hayotning hujayra darajasida bu jarayon hujayraning faoliyati sifatida namoyon bo‘ladi.Hayotning hujayra darajasi kimyoviy birikmalarning komplekslari, plazmatik membrana, organoidlar, yadro kabi tarkibiy qism (komponent)lardan iborat. Hujayraning yaxlit tizim sifatidagi xususiyatlarini bu komponentlarning o‘zaro munosabatlari belgilaydi.

Evolutsiya jarayonida ilk bor hujayra darajasiga xos xususiyatlar - hujayra metabolizmi, genetik axborotning hujayradan hujayraga berilishi kabi xususiyatlar paydo bo`ladi.





HayotninghujayradarajasidaDNKvaRNKningbiologikfunksiyalari, matritsalisintezreaksiyalari, hujayrahayotiyjarayonlariningfermentativboshqarilishikabimuhimhodisalarsodirboladi. Hujayradarajasidanboshlabgenetikaxborotninasldannaslgaotkazishorqaliavlodlardavomiyligivahayotninguzluksizligitaminlanadi.

Evolutsiyanatijasidahujayralarningixtisoslashuvitufaylibir-biridanshakli, jarayonlari, funksiyalaribilanfarqlanadiganxilma-xilhujayralarkelibchiqqan.Buesaoznavbatidatoqimavaorganlarningpaydobolishivapirovardidamustaqilhayotkechiradiganyaxlittizim, yanikophujayraliorganizmlarningkelibchiqishigaolibkeldi. Shuning uchun ham hujayra tiriklikning eng kichik tuzilish va funksional birligi hisoblanadi.(4-rasm)

Teodor Shvann va Mattias Shleyden hujayra haqida to‘plangan ma’- lumotlarga asoslanib hujayra nazariyasini yaratdilar (1838-1839-yillar). O‘simlik va hayvon organizmlari uchun umumiy hisoblangan hujayraviy tuzilish tamoyillarini ko‘rsatib berdilar.

Hujayra nazariyasining bundan keyingi rivojlanishi ko‘pgina kashfiyotlarga bog‘liq. Rudolf Virxov hujayrasiz hayot yo‘qligi, hujayra faqat avval mavjud hujayralarning bo‘linishidan paydo bo‘lishi, hujayra hayotning hamma xossalariga ega bo‘lgan eng kichik morfologik element ekanligi va hujayraning asosiy struktura elementi protoplazmasi bilan yadrosi ekanligini isbot qilib berdi. Karl Ber barcha ko‘p hujayrali organizmlarning rivojlanishi bitta tuxum hujayradan boshlanishini isbotladi.



4-rasm. 1 - hayvon hujayrasi; 2 - o‘simlik hujayrasi; 3 - bakteriya hujayrasi.

Hozirgi vaqtda hujayra nazariyasining asosiy qoidalari quyidagilardan iborat:

  1. Hujayra tiriklikning tuzilish, funksional va rivojlanish birligidir.

  2. Har bir yangi hujayra dastlabki hujayraning bo‘linishi natijasida hosil bo‘ladi.

  3. Bir va ko‘p hujayrali organizmlarning hujayralari tuzilishi va fiziologik jarayonlari jihatidan o‘xshash.

  4. Ko‘p hujayrali organizmlarda har xil ixtisoslashgan hujayralar birgalikda to‘qimalarni hosil etadi.

  5. Hujayraviy tuzilish irsiy axborotning saqlanishi va nasllarga berilishini ta’minlaydi.

Yangi mavzuni mustahkamlash

Savol va topshiriqlar:

  1. Hujayra tiriklikning tuzilish, funksional, rivojlanish birligi deganda nimani tushunasiz?

  2. Hayotning hujayra darajasining o‘ziga xos jihatlarini izohlang.

  3. Hujayra nazariyasining mohiyatini va ahamiyatini tushuntirib bering.

  4. Tirik organizmlar hujayralariga qiyosiy xarakteristika bering.


Uyga vazifa:Mavzuni o`qib o`rganib kelish_________________________

Foydalanilgan adabiyotlar:10-sinf darsligi va qo`shmcha adabiyotlar.

Fan o`qituvchisi______________________________________________

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: ________________________
Sana:________“___” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10-V
9- Mavzu: Moddalar almashinuvi – hujayra hayotiy faoliyatining asosi.

Energetik almashinuv. 8 -
Yüklə 5,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə