|
![](/i/favi32.png) Sana: 1-Mavzu: Kirish. Vatan – sajdagohday muqaddasTopshiriq: Har bir o`quvchi o`zi orzu qilgan kasb haqida ma’lumot beradilar
|
səhifə | 16/46 | tarix | 23.06.2023 | ölçüsü | 2,13 Mb. | | #118579 |
| tarbiyaTopshiriq: Har bir o`quvchi o`zi orzu qilgan kasb haqida ma’lumot beradilar.
Sana
14-mavzu: “XXI asr intelluktal yoshlar asri”. Davra suhbati
Bilimli yoshlar – yurt tayanchi.
“O`zbekiston kelajagi – yoshlar qo`lida”
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, rus tili fan oyligida munosib ishtirok etishlikni uqtirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Kommunikativ kompetensiya — muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantiradi.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, va media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirdi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar:devoriy gazetalar,slaydlar, tarqatma materiallar.
Bilimli yoshlar – yurt tayanchi.
O`qituvchi:
“Avvaliga biz bolalarimizga o`rgatamiz. So`ngra o`zimiz ulardan o`rganamiz. Kimki buni xohlamas ekan, o`z davridan orqada qoladi”
Ya. Raynis
Darhaqiqat, bu allomaning fikrini chaqadigan bo`lsak, bugun farzandlarimiz juda ko`p tillarni bilishi, texnika asboblarini bizdan ko`ra yaxshi bilishi va biz bugun ulardan o`rganayotganimiz albatta, bu yoshlarimizning davr bilan hamnafas intelektual bilimlari kuchliligidan dalolat beradi.
“Barkamol avlodni tarbiyalash insoniyatning eng yorqin orzusi bo`lib kelgan. Biroq dunyo xalqlarining barchasi ham bu haqda o`ylayvermagan. Bunday orzudagi insonlar azaliy ma’rifatga, madaniyatga mansub bo`lgan yurtlarning donishmandlari – eng mo`tabar ziyolilari, hukmdorlari hisoblanganlar. Ularning orasida O`zbekiston deb atalmish muazzam zaminimizda yashagan bobolarimizning o`z o`rni, hurmati bor. Bu jahon hamjamiyati tomonidan qabul qilingan haqiqatdir. Barkamol avlodni tarbiyalash orzusiga o`z tariximizdan juda ko`p dalillar keltirishimiz mumkin. Al-Forobiyning “Fozil odamlar shahri” asaridagi g`oyani yodga oling. Unga ko`ra jamiyatning har bir fuqarosi – mansabi, tutgan o`rni, ya’ni kim bo`lishidan qat’iy nazar Fozil kishi. Fozil inson o`z davlatining barcha qonun-qoidalarini yaxshi biladi, unga amal qiladi, fikrlaydi, o`z kasbining ustasi, lozim bo`lganda Vatani uchun jon fido qiladi. Fozillar shahri aholisi bir-biriga hurmatda bo`ladi. Ota-ona va farzand, ustozu shogird o`rtasida sharqona nazokat, mehr va ehtirom bo`ladi. Avvalo bunday fikr yuritishning o`zi bobolarning ma’naviy darajasi naqadar yuksak bo`lganligini va albatta bunday fikr aytish bu borada ko`p asrlik meroslarni o`rganish natijasida vujudga kelishini ta’kidlash joiz. Demak bizning barkamol avlod tarbiyalash haqidagi niyatimiz uchun ma’naviy asos bor. Millatimiz urf-odatlaridagi, qonidagi ma’rifat tushunchasi, ilm va bilimga intilish xislati bir necha ming yillar davomida shakllangan, sayqal topgan”.
Dostları ilə paylaş: |
|
|