Kompetentlik tushunchasi va uning tarmoqlari. O’qituvchi kasbiy kompetentligi kompetensiya va kompetentlik tushunchalari



Yüklə 188,54 Kb.
səhifə1/18
tarix24.12.2023
ölçüsü188,54 Kb.
#159125
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18

KOMPETENTLIK TUSHUNCHASI VA UNING TARMOQLARI. O’QITUVCHI KASBIY KOMPETENTLIGI
1.Kompetensiya va kompetentlik tushunchalari.
Ilmiy izlanishlar natijasjga ko`ra ijtimoiy-psixologigk kasbiy kompetentlik ta`lim tizimini boshqaruv jarayoni uchun zarurat sifatida qaralmoqda. Bu esa o`z navbatida boshqaruvchi tomonidan alohida bilim, ko`nikma va malakalarning o`zinigina emas, balki egallanishi lozim bo`lgan har bir mustaql yo‘nalish bo‘yicha integrativ bilimlar, boshqaruvning ta`sirchan usul va vositalari, boshqaruvdagi muomila madaniyati va rahbarlik faoliyatiga doir ijodiy harakatlarning o‘zlashtirilishini nazarda tutadi.
Kompetensiya va kompetentlik tushunchalari deganda asosan zamonaviy fanda xodimlarni boshqarish nazariyasi va amaliyotini tahlil qilishda kompetensiya tushunchasiga muhim ahamiyat berilmoqda.
Kompetentlik” – tushunchasi dastlab ta’lim sohasiga psixologik, pedagogik izlanishlar natijasida kirib kelgan tushuncha bo‘lib, zamonaviy atama sifatida qo‘llanilib kelinmoqda.
«Competentia»lotincha so’zdan olingan bo’lib, o’zbek tilidagi tarjima qilinganda unung lug’aviy ma’nosi «yaxshi biladigan inson», «tajribaga ega bo’lgan kishi» kabi ma’nolarni bildiradi. Shu sababli kompetentlik ta`lim jarayonida sodir bo`ladigan turli xil vaziyatlar, kutilmagan holatlar rahbarning o‘zini qanday tutishi, muloqotga kirishuvchanligi, qo‘l ostidagilarni ruhiy holatlarini tushuna olish qobiliyatiga ega bo‘lishi, raqobaddosh tomonlar bilan o‘zaro munosabatlarda yangi yo‘l tutishi, noaniq vazifalarda mavjud muammolar ziddiyatlarga to‘la ma’lumotlardan foydalanishda rahbar tomonidan o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni aniq maqsadlar asosida qo‘llay olish, izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalik”ni anglatadi.
Kompetensiya – xodimning kompaniyada kutayotgan darajada va belgilangan tarkibda ishlab chiqarish xulqini muntazam ravishda namoyish qilishga tayyorlik qobiliyati. Kompetensiyalar tizimini yaratishda tashkilot xodimlarning faoliyatiga taalluqli muhim mezonlar majmuasini standart talablarga asosan tuzadi. Shuningdek, kompetensiya xodimlarning tashkilotda ham professional, ham ijtimoiy jihatdan tengligi xususida guvohlik beradi.
XX asrning 90-yillarida mutaxassislarga malakaviy talablarni quyuvchi “Xalqaro mehnat tashkiloti” malaka oshirish hamda boshqaruv xodimlarni kasbiy qayta tayyorlashda “tayanch kompetensiya”lar degan tushunchani fanga kiritdi. Tayanch kompetensiyalari turli xil kasbiy birlashmalarda mutaxassislarning ijtimoiy-professional jihatdan ta’minlanishi hamda faoliyatga moslashishida xodimlarning xizmat vazifalaridan kelib chiqib o’ziga xos xarakter kasb etadi.
Personalni boshqarish alohida ahamiyat kasb etib, tashkilotda kishilarga ta’sir ko’rsatuvchi uchta asosiy omilga alohida diqqat-e’tiborni qaratish maqsadga muvofiq sanaladi. Bular tashkilotning iyerarxik tuzilmasi, madaniyat, bozor omillaridir. Ushbu ta’sir ko’rsatish omillari juda murakkab tushunchalar bo’lib, amaliyotda kamdan-kam hollarda bir-biridan alohida ravishda qo’llanadi. Ulardan birontasi qanchalik ustuvor bo’lsa, tashkilotdagi iqtisodiy vaziyat qiyofasi ham shunday bo’ladi.

Yüklə 188,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə