Kompetentlik tushunchasi va uning tarmoqlari. O’qituvchi kasbiy kompetentligi kompetensiya va kompetentlik tushunchalari


KOMPETENTLIK TUSHUNCHASI VA UNING TARMOQLARI. O’QITUVCHI KASBIY KOMPETENTLIGI



Yüklə 188,54 Kb.
səhifə2/18
tarix24.12.2023
ölçüsü188,54 Kb.
#159125
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
KOMPETENTLIK TUSHUNCHASI VA UNING TARMOQLARI. O’QITUVCHI KASBIY KOMPETENTLIGI
Ko’pincha kundalik muloqotda biz “kompetensiya” yoki “bilimdonlik” tushunchalarini tez-tez ishlatamiz. Ayniqsa, “professional kompetensiya” tushunchasi ko’proq diqqatni tortadi. Lekin, ba’zan insonlar bilan ishlash borasida “kommunikativ kompetensiya” tushunchasi ham ishlatiladi. Bu aslida o’zgalar bilan til topisha bilish, o’z nutqini ravon va bir tekisda tuzish orqali fikrlarini boshqalarga yetkaza olish kabi muhim xususiyatlar bilan bog’lanadi. Psixologiya fanida, xususan, uning “Boshqaruv psixologiyasi” sohasida oxirgi paytlarda “ijtimoiy-psixologik kompetensiya” fenomeni ajratilmoqdaki, mohiyatan u – kommunikativ kompetensiyadan kengroq va ko’pqamrovliroqdir. Professional faoliyat shaxsdan juda ko’p bilimlarni hamda malakalarni talab qiladi. Nima uchun u yoki bu kasbni tanlaganini anglab yetgan shaxs (motivlar muammosi), endi o’z faoliyati va qobiliyatlarini boshqara bilishi va o’z ustida muttasil ishlab, malakalarini orttirib borishi shart. Professional kompetensiya shu nuqtai nazardan shaxs umumiy madaniyatining shunday yo’nalishiki, unga faqat kasbiga taalluqli bo’lgan bilimlardan tashqari, shu bilimlarning hosil bo’lish yo’llari va malakalarning takomillashuvini ta’minlovchi psixologik jarayonlar va holatlarni bilishni ham taqozo etadi. Bu psixologiyada bilish jarayonlari, ularning mohiyati va kechishini anglash demakdir.
Kasbga doir topshiriq va vazifalarni echish, o‘quv-tarbiya jarayonini boshqarishda pedagogik-psixologik yondashish ta’lim-tarbiyani modellashtirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham mazmunidan keng o‘rinda foydalanishlari zamonaviy ta’lim tizimi rahbarlarining zimmasiga yuklatilmoqda.
Olib borilgan ilmiy tadqiqotlarda bevosita ta’lim tizimi rahbarlariga xos kasbiy kompetentlik va uning o‘ziga xos jihatlari tadqiq etilib, o‘rganilgan. Bu boradagi pedogogik-psixologik kasbiy kompetentlik yuzasidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlarni bir qator olimlar xususan, V.M.Karimova tomonidan olib borilgan izlanishlar tadqiqot davomida alohida ahamiyat kasb etadi. Kasbiy faoliyatni tashkil etishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan kompetentlikning asosiy elementlari davlat ta’lim standartlarida o‘z ifodasini topgan.
Kompetentlik tushunchasi nafaqat aniq bilim va ko‘nikmalar, balki aniq strategiya, mos emotsiya va munosabat, xuddi shuningdek, butun bir tizimni boshqarish mexanizmi mavjud ekanligi talab etiladigan murakkab amaliy masalalarni hal etish bilan bog‘liq. U o‘z ichiga nafaqat kognitiv tashkil etuvchini, balki qadriyatli yo‘nalganlikning motivatsion, etik, ijtimoiy va ahloqiy tizimlarini ham oladi.1



Yüklə 188,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə