Kompetentlik tushunchasi va uning tarmoqlari. O’qituvchi kasbiy kompetentligi kompetensiya va kompetentlik tushunchalari



Yüklə 188,54 Kb.
səhifə4/18
tarix24.12.2023
ölçüsü188,54 Kb.
#159125
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
c)interaktiv kompetensiya.
Agar diqqat bilan bu tizimga qaralsa, u G.Andreyevaning uch tizimli muloqot to’g’risidagi nazariy qarashlaridan kelib chiqqanligiga guvoh bo’lishimiz mumkin (kommunikativ, perseptiv va interaktiv). Har qalay, bunday yondashuv psixologiya fanidagi mashhur ko’pqirrali muloqot jarayonining asosiy sohalarini qamrab olganligi bilan xarakterlanadi.
Shaxsning, birinchi navbatda, rahbarning ijtimoiy-psixologik kompetensiyasini aniqlash uchun turli metodlar ishlatiladi. Bular o’sha biz bilgan ko’plab shaxsning muloqotga kirishuvchanlik sifatlarini aniqlash metodlaridir. Lekin ularning ko’pchiligi nazariy nuqtai nazardan diagnostik ishlarni amalga oshirish uchun maqsadga muvofiq emas. Barcha metodik usullar ichida, aynan, shaxsning o’zgalar bilan tez va aniqlik bilan ishchanlik hamda shaxsiy muloqotni o’rnata olish orqali boshqalarga ta’sir ko’rsata olish malakasini aniqlovchiKOS–1 metodi tadqiqotchilarda borgan sari ko’proq ishonch uyg’otmoqda. Metodning qulayligi shundaki, u ko’p vaqtni olmagan holda (10–15 daqiqa) respondentdan 40 ta savolga “ha” yoki “yo’q” deb javob berishni taqozo etadi.
Ijtimoiy-psixologik kompetensiya nafaqat rahbar tomonidan o’zini-o’zi anglashi (bilishi), balki autopsixologik kompetensiya bilan ham bog’liq.2
KOMPETENTLIK TUSHUNCHASI VA UNING TARMOQLARI. O’QITUVCHI KASBIY KOMPETENTLIGI


1.Autopsixologik kompetensiya– bu rahbardagi shunday malakalar majmuiki, ular boshqaruvchini o’z kasbiy hamda shaxsiy sifatlarini diagnostikalash, ya’ni o’zini-o’zi diagnostika qilish, o’zini-o’zi tuzata olish (korreksiyalash), o’zini-o’zi takomillashtira olish, o’ziga-o’zi motivasiya bera olish, har qanday ma’lumotdan samarali foydalana olish, psixolingvistik kompetensiyalar bilan bog’liq qobiliyatdir.
2.Ijtimoiy-informasion kompetensiya– bu rahbardagi axborot texnologiyalari bilan ishlay bilish hamda ijtimoiy informasiyalarga nisbatan tanqidiy munosatda bo’la olishga egaligi.

Yüklə 188,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə