Sanoat chiqindilarini tozalash



Yüklə 37,48 Mb.
tarix23.12.2023
ölçüsü37,48 Mb.
#157026
Sanoat chiqindilarini tozalash


SANOAT CHIQINDILARINI TOZALASH
Sanoat xavfsizligi fanidan
Bajardi: Saidov Doston
ATMOSFERAGA TASHLASH USULLARI, NAZORATI
UMUMIY MA’LUMOT
Hozirgi kunda yer yuzida insoniyatning taraqqiy etib borishi, fan va texnikaning rivojlanishi, moddiy turmushning yaxshilanishi parallel ravishda o‘ziga xos bir qator qiyinchiliklarni ham keltirib chiqaradi.
Insoniyat doimo yaxshi yashashga harakat qilib kelgan, lekin shu yashash tarzi hozirgi kunda ma’lum muammolarni vujudga keltirayotganligi hech kimga sir emas. Insonning hayotiga texnika vositalarini borgan sari chuqurroq kirib borishi uning o‘ziga ham qator qiyinchiliklarni tug‘dirishini ko‘pchilik tan olmaydi. Bu fikiga kimlardir qo‘shilmasligi mumkin, lekin bu fakt.
O‘ZINGIZGA MA’LUM
texnikaning rivojlanishi va insonning kundalik hayotiga kirib borishi shu insonning o‘zini kam harakat qilib qo'yadi. Faraz qiling, ertalab turdingiz va hech qiynalmay elektr choynakda yoki gaz plitada choyni qaynatdingiz, mikroto‘lqinli pechda yoki tosterda o‘zingizga biror bir egulik tayyorladingiz. Nonushtadan keyin liftda pastga tushib, shaxsiy mashinangizda ishga kelib, kun bo‘yi komputer yonida va telefon yordamida ishlaringizni bitirdingiz, umuman olganda deyarli faol harakat qilmadingiz.
ish faoliyatini yoki butunlay boshqa soha ish faoliyatini ham misol tariqasida keltirishimiz mumkin. Lekin bu bizning asosiy maqsadimiz emas. Bizning maqsad hozirgi kunda insonning hayotiy ehtiyojlari kundan kunga keskin oshib borayotganligini ko‘rsatish va uning ehtiyojlarini qondirish uchun esa ishlab chiqarish va texnikani kundan kunga rivojlanib, ko‘proq mahsulotlar ishlab chiqarayotganligini bildirishdir
BU KABI
HOZIRGI KUNDA
ishlab chiqarishning, fan va texnikaning rivojlanishi o‘z yo‘lida atrof-muhitga ko‘plab turli chiqindilarni tashlanishiga sababchi boMishi hech kimga sir emas. Shu o‘rinda o‘quvchida savol tug‘ilishi mumkin, xo‘sh nima qilmoq kerak, qanday yo‘l tutish lozim?
ALBATTA
Yer barcha tirik mavjudotlar va o‘simliklar uchun yashash maskani, u bizni boqadi, kiyintiradi. Yer va uni o‘rab turgan havo, suv va tuproq qatlami bizni doimo yashashimizga qulay sharoit yaratadi. Yerdagi barcha ma’danlar, suvlar va ularda yashab turgan jonzotlar barcha-barchasi inson uchun, uning shu dunyoda yashashi uchun xizmat qiladi.
har bir insonda bu kabi savollar tug‘ilishi tabiiydir. Awalo inson o‘zining «aql» ko‘zi bilan tabiatga chuqurroq nazar solishi va u yerda mavjud barcha mavjudotlami, o‘simliklami, yer usti va yer osti tabiiy resurslarini uning o‘zi uchun yaratilganligi va ulaming barchasi unga xizmat qilmoqligini, undan keyin ham bu yerda — ona zaminimizda qolganlar ham yashashi lozimligini anglab yetmog‘i kerak
BUNI ANGLAB
yetgan insonlar tabiatga bo'lgan o‘z mehrini oshirishga, uni asrab-avaylashga va tabiat qonunlari bilan kelishilgan holda yashashga harakat qilishi lozim. Lekin, ming afsuski bunga javoban ko‘pchilik tabiatni qadrlamaydi, uni asrabavaylamaydi. Yer ularning barcha «nomaqbulchiligini», «erkaligini» ko‘taradi, deb fikr yuritadilar. Hozirgi kunda atrof-muhitning keskin ifloslamshi, ekologik muvozanatning izdan chiqishi, turli iqlimiy o‘zgarishlar va falokatlarni yuzaga kelishi bizning, hammaning «nomaqbul»chiligimizning yorqin dalili, uning amaldagi ko‘rinishidir. Tabiatni o‘zi bir butun muvozanatdagi turli energetik aloqalar bilan bogMangan sistema bo‘lib, bu aloqalarning buzilishi va izdan chiqishi, yerdagi mavjud tabiiy jarayonlarning buzilishiga olib keladi va buning oqibatida yer yuzida turli ekologik falokatlar yuzaga keladi. Bundan 5,5 ming yil ilgari Misrdagi Xeops piramidasiga ham bu to‘g‘rida quyidagi yozuv qoldirilgan ekan: «Inson tabiat kuchlarini mensimagani va haqiqiy dunyoni tushunmagani uchun o ‘limga mahkum bo'ladi». Bu to‘g‘risida ko‘plab misollar keltirish mumkin.
SHUNING UCHUN
hozirgi kunda atrof-muhit muhofazasi muammosi har bir davlatning asosiy masalalaridan biriga aylanishiga olib keldi. Chunki, yer planetasi aholisi o‘tgan asr boshidan 1,5 milharddan yigirma birinchi asrning shu kunigacha 8-8,5 milliardgacha o‘sdi. Bu esa o‘z yo‘lida yashash ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ularni ta’minlash uchun yerlar, tabiiy resurslar, energiyaning shiddat bilan ko‘proq ishlatilishiga olib keldi.
Shu kunlarda yerdan 100 milliard tonnadan ortiq tabiiy boyliklar qazib chiqarilmoqda, 800 milliard tonna metall eritilmoqda, 60 million tonna turli sintetik materiallar ishlab chiqarilmoqda, har yili yerga 500 million tonna mineral o‘g‘itlar, 3 million tonna zaharli ximikatlar solinmoqda. Tabiiy suv havzalariga 700 milliard m3 miqdorda sanoat va maishiy oqova suvlari tashlanmoqda.
Atrof-muhitga tashianadigan zaharli gazlar ichida asosan CO, S02, NOx (azot oksidlari), CxHy (uglevodorod gazlar) va changlar yuqori o‘rinlarni egallaydi. Atmosfera havosiga har yili 250 mln.tonnadan ortiq chang, 200 mln.tonna CO, 150 mln.tonna S 0 2, 50 mln. tonna azot oksidlari, 50 mln tonnadan ortiq uglevodorod moddalari, hamda 20 mln.tonnadan ortiq C 0 2 gazi tashlanadi.
UCHUN RAHMAT
E’tiboringiz
Yüklə 37,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə