«Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish» kafedrasi «Mikroiqtisodiyot» fanidan kurs ishi mavzu: Ishlab chiqarish harajati modeli



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə1/11
tarix19.05.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#111539
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
«Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish» kafedrasi «Mikroiqtiso


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI
«Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish»
kafedrasi


«Mikroiqtisodiyot» fanidan

KURS ISHI

Mavzu:
Ishlab chiqarish harajati modeli

Bajardi: ___kurs ___guruh «____________» yoʻnalishi talabasi ___________
__________________________________________________________________
Tekshirdi: __________________________________


Andijon-2021

Sanoat korxonalarning ishlab chiqarish xarajatlari tahlili.
Reja:
Kirish
I.Bob.Sanoat korxonalarning ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi
1.1.Ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi mohiyati va mazmuni.
1.2.Korxonaning iqtisodiy ko`rsatkichlari taxlili.
II.Bob.Sanoat korxonalarning ishlab chiqarish xarajatlari ustida ishlash.
2.1.Korxonani ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish yo`li.
2.2.Sanoat korxonalarning korxona xarajatlarini tuzilishi tahlili
Xulosa
Adabiyotlar

KIRISH

KURS ISHINING DOLZARBLIGI: Bugungi kunda mamlakatimizdagi islohotlar, eng avvalo, dunyoda, shu jumladan, jahon iqtisodiyoti kon’yunkturasida yuz berayotgan turli o‘zgarishlarga mos holda amalga oshirilmoqda. Tanlab olgan yo‘limiz global inqirozdan keyin jahon iqtisodiyoti rivojlanish sur’atlari pasaygan bir sharoitda o‘zining barqarorligi va hayotiyligini ko‘rsatayotir.
Ekspertlarning tasdiqlashicha, O‘zbekistonda kuzatilayotgan makroiqtisodiy barqarorlik tashqi salbiy ta’sirlarga samarali qarshi turish imkonini berayapti.
Ayni vaqtda mamlakatimizda 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan vazifalar izchil ro‘yobga chiqarilmoqda. Ushbu dasturiy hujjat mamlakatimizning mutlaqo yangi taraqqiyot bosqichiga o‘tishi uchun yo‘l ochib berdi. Ekspertlar fikricha, Harakatlar strategiyasining qabul qilinishi O‘zbekiston uchun katta qadam bo‘lib, mamlakat bu borada izchil va ishonchli harakat qilib, zarur mustahkam asosni yaratgan edi.
Jamiyatning iqtisodiy asosini, inson hayotiy faoliyatining manbaini tushunish uchun ishlab chiqarish jarayonining mazmunini ko‘rib chiqish zarur.
Ishlab chiqarish jarayoni – bu kishilik jamiyatining amal qilishi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratishga qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyatdir. Moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish, turli xizmatlar ko‘rsatish jarayoni kishilar iqtisodiy faoliyatining asosiy tomonidir.
Ishlab chiqarish harajatlari — korxonaning mahsulot Ishlab chiqarish maqsadlarida, iqtisodiy resurslar sotib olish uchun qilgan pul sarflari. Firma oʻz faoliyatini bozordan moddiy resurslar, yaʼni asbob-uskuna, dastgohlar, transport va aloqa vositalari, xom ashyo, yoqilgʻi, har xil materiallarni, mehnat bozoridan ish kuchini sotib olishdan boshlaydi. Shunga muvofiq holda Ishlab chiqarish harajatlari tarkibiga xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yonil-gʻi va energiya harajatlari, asosiy kapital amortizatsiyasi, ish haqi va ijtimoiy sugʻurtaga ajratmalar, foiz toʻlovlari va b. harajatlar kiradi. Islam Chiaris harajatlari. ga qilingan barcha harajatlarning puldagi ifodasi mahsulot tannarxinn tashkil qiladi.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə