Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning



Yüklə 8,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/106
tarix28.11.2023
ölçüsü8,92 Mb.
#133219
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   106
Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jaray

 
Sanash qurilmali skobalar.
Bu ikki nuqtali o‘lchash sxemasiga ega bo‘lgan 
skoba shaklidagi va bitta nuqtasining siljishi strelkali sanash qurilmasi orqali joriy 
etiluvchi o‘lchash vositasidir (51-rasm). 
Sanash qurilmali skobalar yordamida faqat o‘lchov bilan solishtirish usulida 
o‘lchash mumkin, ya’ni o‘lchashdan oldin skoba ko‘pincha uzunlikning yassi-
parallel o‘lchovlari yordamida o‘lchanuvchi o‘lchamga rostlanadi va sanash 
qurilmasidan o‘lchanayotgan qiymatni rostlangan qiymatdan og‘ishi o‘qib olinadi. 
Mexanizmi ichiga o‘rnatilgan skobalar
(sxemasi o‘xshash pishangli 
mikrometrlar bilan bir xil). Skoba o‘lchash jarayonida qo‘zg‘almaydigan 
(almashinuvchi) tovoncha (1) va siljiydigan (2) tovonchadan iborat. Tovoncha (2) 
ning siljishi pishang (3), sektor (4) orqali o‘qida mil (6) o‘rnatilgan tishli 
g‘ildirakka (7) uzatiladi. Skoba arretirlash qurilmasi (5) ga ega. O‘lchash 
jarayonida qo‘zg‘almas tovoncha (1) o‘lchamga rostlanayotganda gayka (8) 
yordamida suriladi va uchida qo‘zg‘almas tovoncha joylashgan murvat (9) uchun 
kontrgayka sifatida xizmat qiluvchi qalpoqcha (10) bilan mahkamlanadi.
Pishangli mikrometrlardan skobalar mikrojuftlikdan o‘lcham qiymati 
o‘qilmasligi bilan farqlanadi; o‘lcham faqat milli sanash qurilmasidan olinadi. 150 
mm gacha bo‘lgan skobalar korpus ichiga o‘rnatilgan sanash qurilmasi bilan, 1000 
mm gacha bo‘lgan skobalar esa olinadigan milli sanash kallaklari bilan chiqariladi. 
Raqamli elktron mikrometrlar. 
Hozirgi paytda o‘lchash texnikasida 
zamonaviy raqamli elektron mikrometrlar ham keng qo‘llanilmoqda. Bu 
mikrometrlarning afzalligi shundaki,ular yordamidagio‘lchashlarning aniqligi 
ancha yuqoridir. Elektron raqamli mikrometrlar ko‘rinishi bo‘yicha bir qancha 
turlarga bo‘linadi, ularning hammasida raqamli indikator mavjud. Elektron 
o‘lchash tizimi raqamli interfeysdan iborat
.
Eng muhimi – hamma zamonaviy 
elektron mikrometrlar antikorrozion qoplama bilan ta’minlangandir. Hamma 
elektron mikrometrlar komparator prinsipiga mos keladi.
52-rasmda ana shunday zamonaviy mikrometrlardan biri tasvirlangan. 


93 
 
51-rasm. Ichiga sanash qurilmasi o‘rnatilgan skoba: 
a – sxemasi; b – umumiy ko‘rinishi.
52-rasm. Raqamli elektron mikrometrning umumiy ko‘rinishi.

Yüklə 8,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə