Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning



Yüklə 8,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/106
tarix28.11.2023
ölçüsü8,92 Mb.
#133219
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   106
Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jaray

Rusumi 
O‘lchash diapazoni, mm
Bo‘linma qiymati, mm
vertikal bo‘yicha 
gorizontal bo‘yicha 
nonius
aylana 
SHRD-1000 
100-1000 
0-300 
0,02 
0,002 


86 
Shtangenasboblar bilan o‘lchash xatoligi tashqi yuzalar o‘lchanganda nonius 
bo‘linmasining ikkitasiga, ichki yuzalarni o‘lchaganda uchtasiga teng bo‘ladi. 
O‘lchash xatoliklarining asosiy sabablari shkaladan o‘lchamni parallaks, 
shtangensirkul yordamida o‘lchaganda esa qo‘shimcha, Abbe tamoyiliga rioya 
qilmaslik natijasida yuzaga kelgan o‘qib olish xatoliklaridir. Parallaks natijasida 
hosil bo‘lgan xatoliklar sababi - nonius va shkalaning chiziqlari bir tekislikda 
yotmasligidir. Shu sababdan operatorning ko‘zi har xil burchak ostida qaraganda 
chiziqlarni ko‘rinarli siljishi kuzatiladi. Abbe tamoyili shundan iboratki, o‘lchov 
bilan solishtirish usuli bo‘yicha o‘lchaganda o‘lchanayotgan o‘lcham o‘lchovga 
nisbatan (ya'ni, shkalaga) ketma-ket joylashsa, parallel joylashganga nisbatan 
o‘lchash xatoligi kamroq bo‘ladi. Shtangensirkul va shtangenreysmas yordamida 
o‘lchaganda o‘lchanuvchi o‘lcham o‘lchovga nisbatan parallel joylashadi, 
chuqurlik shtangen-o‘lchagichi bilan o‘lchaganda ketma-ket joylashadi. 
3.5. Mikrometrik o‘lchash asboblari
Mikrometr
- ikki nuqtali o‘lchash sxemasiga ega bo‘lgan, nuqtalardan biri 
rezbali juftlik (murvat va gayka) yordamida siljiydigan, korpusi skoba shaklidagi 
o‘lchash vositasidir. Hozirgi kunda mikrometrlarning bir qancha turlari mavjud, 
bularga qo‘lda o‘lchashga mo‘ljallangan mikrometrlar, stolda o‘lchashga 
mo‘ljallangan mikrometrlar, silliq mikrometrlar, richagli mikrometrlar, trubalar 
o‘lchamlarini o‘lchaydigan mikrometrlar, universal mikrometrlar va boshqalar 
kiradi. Bularning ichida keng tarqalgan turi silliq mikrometrlardir (46-rasm). Silliq 
mikrometrlarning tuzilishi va tashkil etuvchi detallari 47-rasmda berilgan. Skoba 
(7) da (47 a, d - rasm) qo‘zg‘almas nuqtani tasvirlovchi qo‘zg‘almas tovoncha (1) 
va rezbali juftligining band (2) da mahkamlangan gaykasi (5) joylangan ikkinchi 
o‘lchash nuqtasini tutib turuvchi murvat (3) baraban (4) bilan biriktirilgan. 
Baraban (4) korpusida murvat (3) ni yuzi ma’lum kuch bilan kontakt qilishini 
ta’minlaydigan barqarorlashtiruvchi qurilma (6) joylashgan. Band (2) yuzasida uni 
o‘qi bo‘ylab uzluksiz chiziq o‘tkazilgan. Bu chiziq baraban (4) orqali murvat (3) 
ning to‘la aylanishlarini sanash uchun xizmat qiladi. To‘liq aylanishlar baraban (4) 
ni nol chizig‘i chiziq (8) bilan to‘g‘ri kelganda hisoblanadi. Barabanning qiya 


87 
yuzasida baraban (4) ning aylanish qismlarini o‘qish uchun bo‘linmalar (10) 
chizilgan. Ko‘pincha murvat qadami 0,5 mm ga teng qabul qilinadi, u mahalda 
barabanga 50 interval chiziladi, ya’ni baraban bir intervalga buralganda 
murvatning siljishi 0,01 mm (0,5:50=0,01) ga teng bo‘ladi. 
O‘qish qulayligi uchun murvat qadami 0,5 mm ga teng bo‘lganda band (2) 
dagi chiziqlar o‘q chizig‘ining ikki tomonida ko‘rsatiladi. O‘q chizig‘ining bir 
tomonidagi chiziqlar barabanni (va murvatni) noldan 1;2;3 mm va hokazo 
siljishiga to‘g‘ri keladi, ikkinchi tomonidagi chiziqlar esa barabanni noldan 
0,5;1,5;2,5 mm. ga va hokazo siljishiga to‘g‘ri keladi. Murvat qadamiga karra 
bo‘lgan o‘lchash natijasi o‘qilganda, avval barabanning qiya yuzasi banddagi qaysi 
bir bolinmani ochganligiga e’tibor beriladi va rezba qadamiga karra ko‘rsatish 
o‘qiladi, undan keyin, bandni o‘q chizig‘iga to‘g‘ri kelgan barabanning qiya 
yuzasidagi chiziqqa qarab, o‘nli va yuzli kasr qismlari o‘qiladi (47 b-rasm). 
46-rasm. Silliq mikrometrning umumiy ko‘rinishi. 
47-rasmda ko‘rsatilgandek, pastki bo‘linmalari millimetrning butun 
qiymatlariga to‘g‘ri keladi va har bir 5 mm oraliqda raqamlangan, yuqorisidagi 
bo‘linmalar (9) esa 0,5 mm da tugallanadi. Tashqi o‘lchamlarni o‘lchashlarga 
moijallangan mikrometrlar rezbalarni, tishli g‘ildiraklarni o‘lchash uchun ishlab 
chiqariladi. Eng ko‘p tarqalgan mikrometrlar silliq mikrometrlardir (47-rasm). 


88 
Mikrometrlar o‘lchash diapazoni bo‘yicha 0-25 mm; 25-50 mm; 50-75 mm 
va hokazo ko‘lamlar uchun ishlab chiqariladi. Eng katta o‘lchash chegarasi 600 
mm ga teng, lekin amalda o‘lchash gegarasi 100 mm gacha bo‘lgan mikrometrlar 
qo‘llaniladi.
47-rasm. Silliq mikrometr: 
a
– o‘lchash ko‘lami 0-25 mm bo‘lgan mikrometr sxemasi; 
b
– bandidagi shkala va baraban 
bo‘yicha sanash; 
d
– o‘lchash ko‘lami 25-30 mm bo‘lgan mikrometrning umumiy ko‘rinishi.
Mikrometrik o‘lchash vositalari ichiga mikrometrik chuqurlik o‘lchagichi 
ham kiradi. Uning prinsipial sxemasi shtangen chuqurlik o‘lchagichiga o‘xshaydi 


89 
(48-rasm). Konstruksiyasi mikrojuftlik (1) va mikrojuftlik o‘rnatilgan planka (2) 
dan iborat. O‘lchash ko‘lami, odatda, 100 yoki 200 mm ni tashkil qiladi va 
almashinuvchi o‘lchash tayoqchalari (3) bilan jihozlanadi. 

Yüklə 8,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə