Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning



Yüklə 8,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/106
tarix28.11.2023
ölçüsü8,92 Mb.
#133219
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   106
Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jaray

 
 
Interferometr
- nurning interferensiyasiga asoslangan asbobdir. Barcha 
interferometrlarning ishlash usuli bir xil va faqat korent nur taramlarini, ya’ni 
fazalarining doimiy ayirmasiga ega bo‘lgan qo‘shiladigan taramlarni hosil qilish 


110 
usullari bilan farqlanadi. Kontaktli interferometrda (65-rasm) yorug‘lik oqimi 
chiroq (1) dan kondensor (2) dan parallel taram shaklida chegaralovchi diafragma 
(3) dan o‘tadi (ayrim o‘lchashlarda diafragma (3) dan keyin yorug‘lik filtri 
kiritiladi). Parallel nur tarami pastki yuzasida yarim shaffof qoplamasi bor 
ayiruvchi plastinkaga tushadi. Plastina (6) fazoda ikkita kogerent nur taramlarini 
hosil qilish uchun xizmat qiladi. Birinchi taram plastina (6) ning pastki yuzasidan 
qaytib, qo‘zg‘almas ko‘zgu (5) ga yo‘naltiriladi va undan qaytib, yana plastina (6) 
dan o‘tib, obyektiv (7) dan o‘tadi va chiziqli shkalasi bor plastina (8) ga tushadi. 
Nurning ikkinchi tarami plastina (6) dan keyin kompensator (10) dan o‘tadi 
va o‘lchovchi tayoqcha uchida joylashgan ko‘zgu (10) ga tushadi. Ikkinchi nur 
tarami ko‘zgu (11) dan qaytgandan keyin, teskari yo‘nalishda ketadi va plastina (6) 
dan qaytib, birinchi nur taramidek plastina (8) ga tushadi. Agar birinchi va ikkinchi 
nur taramlarining o‘tgan optik yoilari farqlansa, plastinaning shkalasi fonida 
interferension tasvir paydo bo‘ladi. Bu tasvir okulyar (9) orqali operator tomonidan 
kuzatiladi. O‘lchovchi tayoqcha (12) siljiganda, interferension tasvir joyidan 
ko‘chadi. 
 
65-rasm. Kontaktli interferometr: 
a
– interferometr naychasining sxemasi; 
b
– okulyar sanashli vertikal interferometrning umumiy ko‘rinishi. 


111 
Vertikal interferometr konstruksiyasini (65b-rasm) og‘ir ustunga o‘rnatilgan 
interferometr naychasidek tasavvur qilish mumkin. Joriy va tekshiriluvchi 
o‘lchovlar stol (14) da joylashtiriladi. Operatordan chiqqan issiqlikni chegaralash 
uchun ekran (13) o‘rnatilgan. Gorizontal interferometrlar ham mavjud, lekin ular 
kam tarqalgan. Interferometr naychasi bo‘linmalarining qiymati 0,05 mkm dan 0,2 
mkm gacha o‘zgartirilishi mumkin. Shkala bo‘linmalarining soni 100 (±50); bu 
ko‘rsatish ko‘lamini joriy qiladi. Vertikal interferometrning o‘lchash ko‘lami 150 
mm gacha, gorizontalniki - 500 mm gacha bo‘ladi. 

Yüklə 8,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə