Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning


 Universal o‘lchash mikroskoplari



Yüklə 8,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/106
tarix28.11.2023
ölçüsü8,92 Mb.
#133219
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   106
Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jaray

3.10. Universal o‘lchash mikroskoplari
O‘lchash mikroskoplari yordamida chiziqli va burchak oichamlari, rezbali 
kalibrlar tashqi rezbasining parametrlari, metchiklar, rezbali frezalar hamda 
murakkab shaklli detallar, shablonlar, shakldor keskichlar va shu kabilar olchanadi. 
Mikroskopning optik sxemasi 66a - rasmda ko‘rsatilgan. O‘lchanuvchi detal AB 
obyektiv OB orqali ko‘riladi. Detaining tasviri A
1
B
1
haqiqiy, teskari va 
kattalashtirilgan bo‘lib chiqadi. Kuzatuvchining ko‘zi okulyar OK orqali mavhum, 
teskari va okulyar kattalashtirib beradigan A
2
B
2
detal tasvirini ko‘radi. 
 
66-rasm. БМИ mikroskopi: 
a
– optik sxemasi; 
b
– umumiy ko‘rinishi. 
Mikroskoplar ikki turda chiqariladi: ММИ kichik asbob mikroskopi va БМИ 
katta asbob mikroskopi (66-rasm). Mikroskop quyma cho‘yan asosi (15) da 


112 
bo‘linmalarining qiymati 0,005 mm va o‘lchash ko‘lami 0 dan 25 mm gacha 
bo‘lgan mikrometrik murvatlar (1) yordamida soqqali yo‘naltiruvchilarda ikki bir-
biriga tik yo‘nalishlarda harakatlanuvchi stol (2) o‘rnatilgan. Mikromurvat uchi va 
mikroskop stolining o‘lchovchi tayanchi orasiga 25 mm ga karra o‘lchamli oxiriy 
o‘lchovni o‘rnatib, bo‘ylama yo‘nalishda MMИ o‘lchash ko‘lamini 75 mm gacha, 
БМИ nikini esa 150 mm gacha oshirish mumkin. O‘lchash chizig‘i va stolning 
bo‘ylama yoki ko‘ndalang harakatlari yo‘nalishlarini bir-biriga aniq to‘g‘rilash 
uchun oynali buyum stolning yuqori qismini burish (БМИ da 360° ga) va kerakli 
holatda mahkamlash mumkin. Stol burilishi burchagi bo‘linmasining qiymati 3' ga 
teng nonius bo‘yicha aniqlanadi. Stolning markaziy qismiga o‘rnatilgan buyum 
oynasi mikroskopda buyum konturini ko‘rish imkonini beradi (soya usuli bilan 
o‘lchashda). Obyektiv (3) li mikroskop tubusi (5) ustun (11) ning vertikal 
yo‘naltiruvchi bo‘ylab harakatlanuvchi kronshteyn (9) da o‘rnatilgan. 
O‘lchanuvchi rezbaning ko‘tarilish burchagi ostida o‘rnatish uchun ustunni 
maxovikcha (14) yordamida o‘q (13) atrofida ikkala tomonga 12,5° ga engashtirish 
mumkin. Engashish burchagi maxovikcha (14) shkalasi bo‘yicha aniqlanadi. 
Stoyka (11) ning engashish o‘qi (13) aylanish jismla- rini o‘lchash uchun 
mikroskop stolida o‘rnatiladigan markazlar o‘qi bilan bir tekislikda yotadi 
(markazli babka mikroskopning doimiy jihozidir). Mikroskopni fokuslash uchun 
kronshteyn (9) ni suruvchi maxovikchalar (10) xizmat qiladi. Kronshteyn muayyan 
holatda murvat (12) yordamida mahkamlanadi. БМИ mikroskoplari aniq fokuslash 
mexanizmiga ega: taram-taram halqa (4) ni aylantirib, mikroskop tubusi 
kronshteyn silindrik yo‘naltiruvchilari bo‘yicha siljitiladi. Mikroskop tubusining 
ustida vizirlash va sanash mikroskopli, olinadigan burchak o‘lchovchi okulyar 
kallagi ОГУ-21 yoki revolver (profil) okulyar kallagi ОГР-23 yoki qo‘sh tasvirli 
kallak ОГУ-22 o‘rnatiladi. Bu kallaklarning har biri 10 marta kattalashtiradi. 
Bo‘rtma (8) ekranida, odatda, mikroskop okulyari (7) orqali ko‘riladigan, tasvirni 
proyeksiyalaydigan qurilma НП-7 o‘rnatish uchun mo‘ljallangan. БМИ va ММИ - 
monokulyar mikroskoplardir. 
Binokulyar asbob mikroskopi (67-rasm) ekranlar (10) va (14) qoramtir 
fonida chiziqlari va noniusining yorug‘ tasvirini ko‘rsa bo‘ladigan bo‘ylama (150 


113 
mm) va ko‘ndalang (75 mm) shkalalarga ega. Stol (2) bo‘ylama va ko‘ndalang 
yo‘nalishlarda erkin harakatlanadi, bu dastlabki o‘rnatish uchun qo‘llaniladi. Stolni 
aniq o‘rnatilishi mikrouzatma mexanizmlari (1) va (9) orqali amalga oshiriladi. 
Shisha shkalalar qo‘llanilgani tufayli stolni bunday harakatlanish tizimi o‘lchashga 
sarflanadigan vaqtni sezilarli darajada qisqartiradi. Mikroskop tubusini balandlik 
bo‘yicha dastlabki va aniq o‘rnatish maxovikchalar (7) o‘qlari bajariladi, bu 
mikroskop moslanishini osonlashtiradi. Tubusning vertikal bo‘yicha siljishini 
bo‘linmalarning qiymati 0,1 mm ga teng bo‘lgan nonius shkala (5) dan sanasa 
bo‘ladi. Mikroskop stoykasini maxovikcha (11) yordamida +15° ga engashtirish 
mumkin, bunda engashish burchagi tuynukcha (12) da ko‘rinadi. 
Stoykaning vertikal holati esa rangli chiroqcha (13) yonganda muayyan 
mahkamlanadi. Mikroskop ikkala ko‘z bilan kuzatish uchun binokulyar tubus (3) 
bilan jihozlangan, bu nazoratchi uchun katta qulayliklar yaratadi va uning ish 
unumdorligini oshiradi. Tubus ustida doimiy ekran (4) o‘rnatilgan. Vizual 
kuzatishdan proyeksion kuzatishga o‘tish dasta (6) ni burish bilan amalga 
oshiriladi. Rezbalar profili, aylana yoylari va hokazo tasvirlari bor okulyar turlari 
(8) mikroskopga bir necha sekund ichida o‘rnatiladigan yassi chorcho‘plar shaklida 
bajarilgan. 

Yüklə 8,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə