Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning



Yüklə 8,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/106
tarix28.11.2023
ölçüsü8,92 Mb.
#133219
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   106
Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jaray

N/m
2
dan 0,25 
MN/m
2
, ya’ni 0,01 
mm. 
suv.ust.
dan 1900 
mm.sim.ust.
gacha oraliqda.
Ikki naychali manometr.
Bosim siyraklanishini va bosimlar ayirmasini 
(farqini) o‘lchash uchun U-simon ikki naychali manometrdan foydalaniladi. 
Ikki vertikal tutash naycha 1 va 2 metall yoki yog‘och asos 3 ga 
mahkamlangan va unga shkala 4 o‘rnatilgan U-simon manometrning prinsipial 
sxemasi 99-rasmda ko‘rsatilgan. Paskal qonuni bo‘yicha, tutash idish 
naychalaridagi bosimlar bir xil bo‘lganda, ya’ni Р
1

2
, undagi suyuqliklar sathi 
ham teng bo‘ladi: h
1
=h
2

Tutash idish naychalarining uchlaridan birini o‘lchanayotgan muhit bosimiga 
ulansa idishdagi suyuqliklarni sath tengligi buziladi va shkaladan bosimni o‘lchash 
mumkin. 
99-rasm. U-simon manometr. 


149 
U-simon manometr orqali o‘lchanayotgan bosim bilan atmosfera bosimi 
farqini, hamda ikkita bosim farqini o‘lchash mumkin. Birinchi holatda 
naychalardan birining uchi ochiq bo‘ladi, ikkinchi uchi o‘lchanayotgan muhit 
bosimiga ulanadi. Ikkinchi holatda o‘lchanayotgan bosimlar ikkala naychaga 
ulanadi. 
Agar naychaning ochiq qismidagi suyuqlik ustunining gidrostatik bosimi 
ikkinchi qismidagi bosim bilan mos kelsa, asbobda suyuqlik ustuni balandliklari 
bir xil holatda bo‘ladi. Shunga asoslanib, quyidagi ifodani yozish mumkin: 
Р
mut
·S = P
аtm
·S + H·S·g(с-с
1

bu yerda, Р
mut
– o‘lchanayotgan bosim, 
Pa

Р
аtm
– atmosfera bosimi, 
Pa

S - naycha kesimining yuzi, 
m
2

Н – suyuqlik sathining (ustun uzunligining) farqi, 
m

с – suyuqlikning zichligi, 
kg/m
3

с
1
– manometrdagi suyuqlik ustidagi muhitning zichligi, 
kg/m
3

g – tezlanish kuchi, 
m/s
2

Demak, 
Р
mut 
= P
аtm 
+ H·g(с-с
1
), 
Р
оrt 
= Р
mut
– P
аtm
= H·g(с-с
1
). 
Agar manometrdagi suyuqlik ustida gaz bo‘lsa, u holda: 
Р
оrt
= Р
mut
- P
аtm
= H·g·с. 
Suyuqlik ustuni balandligini topish uchun ikki marta ustun balandliklarini 
hisoblab chiqish (bir tirsakdagi kamayishini, ikkinchisida esa, ko‘payishini) va 
ularning qiymatini qo‘shish lozim, ya’ni 
H = h
1
+h
2
Bosimlar farqini (o‘zgarishini) o‘lchashda suyuqlikli differensial ikki naychali 
manometrning bir tirsagiga (musbat) katta bosim, ikkinchi tirsagiga esa (manfiy) 
kichik bosim beriladi. Musbat va manfiy tirsaklardagi suyuqlik sathining farqi 
o‘lchanayotgan bosimlar farqiga mutanosib (∆P): 
∆P=P
1
-P
2
=H·g(с-с
1
). 


150 
Manometrlarda ish suyuqligi kapillyar kuchlarning ta’siridan xalos bo‘lish 
uchun ichki diametri 8...10 mm bo‘lgan shisha naychalardan foydalaniladi. Agar 
ish suyuqligi sifatida spirt olinsa, naychalarning diametrini kamaytirish mumkin. 
100-rasmda MMN rusumidagi chashkali qiya trubkali manometrning umumiy 
ko‘rinishi ifodalangan. 
100-rasm. MMN rusumidagi chashkali qiya trubkali manometr. 
Pukak (qalqovich)li difmanometrlar.
Pukakli difmanometlarning ishlash 
prinsipi bosimni o‘lchashda kosadagi suyuqlik sathi balandligining o‘zgarishi 
natijasida pukakning siljishiga asoslangan. Uzatish qurilmasi yordamida pukakning 
siljishi strelkaga uzatiladi (100-rasm). Pukakli difmanometr asosan bosimning 
o‘zgarishini o‘lchash uchun ishlatiladi. 
100-rasmda pukakli difmanometr sxemasi ko‘rsatilgan. Katta bosim 
beriladigan idish musbat, kichik bosim beriladigan idish manfiy deyiladi. Musbat 
idishga P
1

2
bosim berilganda undagi suyuqlik sathi h
2
ga pasayib, manfiy 
idishdagi sath h1 ga ko‘tariladi. Р
1

2
bosimlar ayirmasi suyuqlik ustunining h 
uzunligi orqali muvozanatlashadi: 
h = h

+ h
2

Bosimlar farqining muvozanat sharti quyidagi tenglama orqali ifodalanadi: 
P
1
-P
2
=∆P=h·g(с-с
1
), 
bu yerda, ∆Р - bosimlar farqi, 
Pa
; с — difmanometr ichidagi suyuqlikning zichligi, 
kg/m
3
; с
1
– difmanometrdagi suyuqlik ustidagi muhitning zichligi, 
kg/m
3
; g – 
tezlanish kuchi, 
m/s
2



151 
Р
1
Р
2
Р =
1
2
Р
Р
1
Р
2
Р
1
2
>
Р
h
h
1
h
2
100–rasm. Pukakli difmanometr sxemasi. 
Deformatsion manometrlar. 
Defarmatsion asboblarni ishlash prinsipi bosim 
ta’sirida turli elastik elementlarning deformatsiyalanishi yoki ularning kuchini 
o‘lchashga asoslangan. Elastik elementda bosim kuchi ta’sirida vujudga keladigan 
deformatsiyalanish natijasida o‘lchov asbobning strelkasi to‘g‘ri chiziqli yoki 
burchakli shkala bo‘yicha surilib, bosim miqdorini ko‘rsatadi. 
GOST 8.271-77 bo‘yicha deformatsion manometrning ishlash prinsipi 
sezuvchi elementning deformatsiyasiga yoki o‘lchanayotgan bosim hisobiga hosil 
bo‘lgan kuchga asoslangan. 
Defarmatsion bosimni o‘lchash asboblari ortiqcha bosim, siyraklanish va 
bosimlar farqlarini o‘lchash uchun keng qo‘llaniladi. 
Defarmatsion bosimni o‘lchash asboblari sezuvchi elementiga nisbatan 
prujinali, membranali, silfonli
bo‘lishi mumkin. 
Prujinali bosimni o‘lchash asboblari
katta (2,5 - 60 MPA, 25 - 600 kgk/sm
2

bosimlarni o‘lchashda, membranali, silfonli bosimni o‘lchash asboblari kichik 
(0,02 - 0.25 MPA, 0,2 - 2,5 kgk/sm
2
) bosimlarni o‘lchashda qo‘llaniladi. 
Naychasimon prujinali bosimni o‘lchash asbobining sezgir elementi sifatida 
manometrik prujina ishlatiladi. Prujina bir o‘ramli yoki ko‘p o‘ramli bo‘lishi 
mumkin. 


152 
Bir o‘ramli prujinali manometrning knimatik sxemasi 101-rasmda keltirilgan. 
Bosim o‘zgarishi natijasida prujini 3 uchining siljishi yetaklovchi richag 5 orqali 
o‘q 6 da aylanayotgan sektor 1 ga uzatiladi. Sektorning burchakli siljishi tishli 
ilashma yordamida ko‘rsatuvchi strelka 4 ning g‘ildiragi 2 ni (tribka
1
ni) 
aylanishiga olib keladi. 
101-rasm. Prujinali manometrning kinematik sxemasi. 
Silfonli bosimni o‘lchash asbobi
ning sezgir elementi sifatida jez, bronza, 
po‘lat plastinkalardan tayyorlangan silfonlardan foydalaniladi (102-rasm).
Silfonlar bir qatlamli yoki ko‘p qatlamli qilib tayyorlanadi. Silfonli o‘lchash 
asboblari kichik bosimlarni, vakuummetrik bosimni, absolyut bosimni, ortiqcha 
bosimni va bosimlar farqini o‘lchashda ishlatiladi. 
102-rasm. Silfonli o‘lchash asbobi. 
1
tribka
– strelkani harakatlantiruvchi yoysimon tishli g‘ildirak


153 
 
103-rasm. Mutloq bosimni o‘lchash uchun mo‘ljallangan MAC-П1 rusumli shkalasiz 
manometrning sxemasi: 1- tenglashtiruvchi silfon; 2 – o‘lchovchi silfon; 3 – soplo; 4 - qopqoq; 5 
– teskari bog‘lovchi silfon; 6 – pnevmokuchaytirgich. 
Membranali bosimni o‘lchash asbobi
ning sezgir elementi sifatida elastik 
materiallardan tayyorlangan yumshoq plastinkasimon membranalar ishlatiladi. 
Membranali o‘lchash asboblari bilan uncha katta bo‘lmagan ortiqcha bosimlar, 
siyraklanishlar va bosimlar farqi o‘lchanadi. Membraninaning egilishidagi 
elastikligi uning geometrik o‘lchamlariga (diametri, qalinligi, shakli), tayyorlangan 
materialiga va unga ta’sir qiladigan bosimga bog‘liq. Membrana rezina, 
plastmassa, latun, bronza kabi materiallardan tayyorlanadi.
Membranali asboblarning kamchiligi - sezgir element qo‘zg‘aluvchan 
markazining sust yurishi, membrana bikrligini hisobdan cheklanishi va uni rostlash 
murakkabligidadir.

Yüklə 8,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə