Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning



Yüklə 8,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/106
tarix28.11.2023
ölçüsü8,92 Mb.
#133219
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   106
Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jaray

 
1.6. O‘lchashlar noaniqligi 
Ўлчаш ноаниқлиги
- bu o‘lchash natijasi bilan bog‘iq bo‘lgan va o‘lchash 
natijasi (qiymatlarini) sochilishini tavsiflovchi parametr bo‘lib uni o‘lchanayotgan 
kattalik natijasiga tegishli deb bilmoq asoslidir. 
O‘zDSt 8.010.1, O‘zDSt 8.010.2, O‘zDst8.010.3, O‘zDst8.010.4 
standartlarida o‘lchashlar noaniqligi bo‘yicha qo‘llaniladigan atamalar va 
tushunchalarga ta’riflar berilagan. Shulardan ayrimlarini keltirib o‘tamiz: 
O‘lchashlar noaniqligi
– o‘lchash natijalari bilan bog‘liq bo‘lgan va 
o‘lchanayotgan kattalikka yetarli asos bilan qo‘shib yozilishi mumkin bo‘lgan 
qiymatlar tarqoqligini (sochilishini) tavsiflovchi parametr. 
Standart noaniqlik
– standart og‘ish sifatida ifoda etilgan o‘lchash 
natijasining noaniqligi. 
To‘liq noaniqlik
– chegarasida o‘lchanayotgan kattalikka yetarli asos bilan 
qo‘shib yozilishi mumkin bo‘lgan qiymatlar taqsimotining katta qismi joylashgan 
o‘lchash natijasi atrofidagi oraliqni aniqlovchi kattalik. To‘liq noaniqlik ba’zida 
umumiy noaniqlik
deb ham atalishi mumkin. 
«Noaniqlik» atamasiga berilgan ta’rifdan kelib chiqadiki noaniqlik bu 
o‘lchash natijasiga mos keluvchi miqdoriy o‘lchov aniqligi va o‘lchangan kattalik 
qiymati o‘lchash sharoitida aniq oraliq qiymatlar ichida yotishini (mavjudligini) 
roxsat etiladigan ishonch darajasini bildiradi.


21 
O‘lchashlar natijalari bilan bog‘liq qiymatlar sochilishini xarakterlaydigan 
parametr sifatida odatda alohida o‘lchashlar natijasining o‘rtacha kvadratik og‘ishi 
(O‘KO) foydalanadi. O‘rtacha arifmetik qiymatni O‘KO, ya’ni standart og‘ish 
ko‘rinishida ifodalangan o‘lchash noaniqligi esa standart noaniqlik deb nomlanadi. 
5-rasmda 
o‘lchashlar noaniqligining klassifikatsiyalanishi sxemasi 
keltirilgan. 
O‘lchashlar noaniqligi klassifikatsiyasi 

Yüklə 8,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə