Sanoat pechlari


-rasm. Radiatsion - konvektiv bug‘ qizdirgich



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə12/17
tarix26.04.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#107026
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Sanoat pechlari

8-rasm. Radiatsion - konvektiv bug‘ qizdirgich:
1-baraban; 2-devorga o‘rnatilgan radiatsion bug‘ qizdirgich; 3- pardasimon radiatsion bug‘ qizdirgich; 4- shiftga o‘rnatilgan radiatsion bug‘ qizdirgich; 5- konvektiv bug‘ qizdirgich; 6- o‘ta qizigan bug‘ olib keladigan quvur.

Past va o‘rta bosimli qozon agregatlarida asosan konvektiv bug‘ qizdirgichlar qo‘llaniladi. Bug‘ qizdirgich quvurlari og‘ir issiqlik sharoitida ishlaydi. Shuning uchun quvurlarni bug‘ bilan sovutib turish eng asosiy vazifa hisoblanadi. Bug‘ qizdirgich quvurlarini sovutish ishonchliligini ko‘rsatuvchi kattalik – bug‘ning massaviy tezligi . dir. Issiqlik jadal qabul qilinadigan sohada bug‘ning massaviy tezligi 700-1100 kg/(m2.s), konvektiv bug‘ qizdirgichlarda  = 250-600 kg/(m2.s) bo‘lishi kerak. Bug‘ qizdirgich quvurlari legirlangan po‘latlardan tayyorlanadi. O‘ta qizigan bug‘ temperaturasi 500 S gacha bo‘lsa, 10 va 20 markali po‘latlar ishlatiladi; 500 dan 600 S gacha teperaturalarda 12X1MF markali po‘lat va 600 S dan yuqori temperaturalarda 12X2MSF R* markali po‘lat ishlatiladi. Bug‘ning quvurlardagi o‘rtacha tezligi 20 – 25 m/s bo‘ladi. Tezlik ortgan sari gidravlik qarshiliklar ham ortadi, kichik tezliklarda esa, sovitish yomonlashadi. Shuning uchun quvurlarni sovitish uchun eng maqbul tezliklar aniqlanadi.


Suv ekonomayzerlari. Suv ekonomayzerlari ta’minlash suvini qozon agregatining bug‘latgich qismiga kirgunga qadar isitish uchun mo‘ljallangan. Ekonomayzerlarda ta’minlash suvi o‘txonadan chiqayotgan tutun gazlari hisobiga isiydi.
Ekonomayzerlar tayyorlangan material turiga qarab po‘latli va cho‘yanli, sirtning shakliga qarab qovurg‘asimon va silliq quvurli, suvni isitish darajasiga qarab qaynaydigan va qaynamaydigan ekonomayzerlarga bo‘linadi.
Cho‘yan ekonomayzerlar odatda, issiqlik uzatishni orttirish maqsadida qovirg‘alangan quvurlardan tayyorlanadi. Bunday ekonomayzerlar bosimi 2,3 MPa bo‘lgan past va o‘rta quvvatli qozon agregatlarida qo‘llaniladi. Cho‘yanning mexanik mustahkamligi kichikligi tufayli bunday ekonomayzerlarni yana ham yuqori bosimlarda qo‘llash mumkin emas.
Cho‘yan ekonomayzerlar qaynamaydigan ekonomayzerlar qatoriga kiradi. Bularda suv qaynash temperaturasidan 20 – 40 K past temperaturasigacha isiydi. Isitish paytidagi suvning quvurdagi tezligi 0,5 – 1 m/s bo‘ladi. Yuvib o‘tayotgan gazlarning tezligi qattiq yoqilg‘i yoqilganda 7 – 10 m/ s atrofida, gaz va mazut yoqilganda 6 – 8 m/s atrofida bo‘lishi mumkin. Bunday tezliklarda sirtning aerodinamik qarshiligi yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan chegarada bo‘ladi. Po‘lat ekonomayzerlar bosimi 2,3 MPa dan yuqori bo‘lgan qozon agregatlarida ishlatiladi. Ular diametri 28 – 42 mm li quvurlardan gorizontal-bukilgan quvurlar tarzida tayyorlanadi (9-rasm).
Po‘lat ekonomayzerlarning qaynaydigan xili ham, qaynamaydigan xili ham bo‘ladi.Qaynamaydigan ekonomayzerlarda suv qaynash temperaturasidan 40–50 K past temperaturagacha isiydi. Quvurlarda suvning tezligi 0,3–0,5 m/s atrofida bo‘ladi. Unumdorligi yuqori bo‘lgan barabanli qozon agregatlarida asosan po‘latli qaynaydigan ekonomayzerlar ishlatiladi.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə