~ 3 ~
KIRISH
Laboratoriya mashg‘ulotlari fan asoslarining amaliyot bilan o‘zaro
uyg‘unligini ta’minlash, ta’lim oluvchilarni individual faoliyatga undash,
mustaqil bilim olish, o‘z
ustida ishlash, mavjud intellektual
imkoniyatlarni to‘la namoyon etishga xizmat qilishi nuqtayi nazaridan
ham ahamiyatlidir. Laboratoriya mashg‘ulotlari talabalarning
muayyan
yo‘nalishda o‘zlashtirilgan bilimlarini mustahkamlashi barobarida tabiat
va jamiyatdagi muammolarni tushunish va hal qilishga doir
ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadini ham nazarda tutadi.
Laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazishning o‘ziga xos didaktik va
metodik tamoyillari mavjudki, ular ma’lum talablarda namoyon bo‘ladi.
Xususan, bunda talabalarning fan yuzasidan egallagan bilim, ko‘nikma va
malakalarini rivojlantirishda muhim sanalgan
vazifalarni bajarishga
qaratilgani, ya’ni o‘rganilgan mavzu doirasida uning mohiyatini ta’lim
oluvchilarga yetkazishga doir topshiriqlar tuzish, sxema, chizma, jadval,
diagrammalar tuzish, multimedia vositalari yordamida ta’limiy mahsulot
(audiomaterial, videodars, dars ishlanmalari, ko‘rsatmali qurollar)lar
yaratish kasbiy sifatlarini rivojlantirish, shuningdek,
muayyan
samaradorlikni ta’minlanishga xizmat qiladi. Laboratoriya mashg‘ulotlari
fan xususiyatlari hamda talabalarning ehtiyoj va qiziqishlarini ko‘zlab
yaratilishi maqsadga muvofiq. O‘zbek adabiyotini o‘qitish
metodikasi
fanidan laboratoriya mashg‘ulotlari topshiriqlari oliy o‘quv yurtlari
namunaviy o‘quv rejasiga kiritilgan o‘quv dasturiga muvofiq fanning eng
so‘nggi yutuqlarini o‘zida mujassam etgan holda tuzilgan.
O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi fanidan laboratoriya
mashg‘ulotlariga doir topshiriqlarni tuzishda quyidagi mezonlarga
tayanildi:
– topshiriqlarning aniq, puxta va
muayyan maqsadga qaratilishi,
bunda talabalarning yosh va fiziologik xususiyatlari, shuningdek, mavjud
bilimlarining nazarda tutilishi;
– topshiriqlarning qulay va yengil bajarilishiga sharoit yaratish
maqsadida mantiqiy ketma-ketlik asosida chizmalar, jadvallar va
illyustratsiyalardan unumli foydalanish;
– laboratoriya topshiriqlari mazmuniga doir adabiyotlar, muayyan
tavsiya va fikrlarlarni tahlil qilish va amalda qo‘llash;
– topshiriqlar fan dasturiga mos va to‘liq shaklda bajarilishi; aniq va
xatosiz olib borilishiga erishish; hajmining me’yorida bo‘lishi;
~ 4 ~
– talabalarning amalda topshiriqlar yuzasidan mustaqil ish olib
borishlariga tegishli sharoit yaratish va ish natijalarini xulosalashga
imkon yaratishi.
Quyidagi vazaifalarni hal etish laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil
etishda muhim sanaladi:
– talabalarning mustaqil faoliyat yuritish ko‘nikmlarini
rivojlantirish;
– egallangan bilimlarni amalda qo‘llay olish;
– o‘zlashtirilgan nazariy bilimlarni mustahkamlash;
– talabalarga o‘zini o‘zi yoxud o‘qituvchiga talabalar bilimini
nazorat qilish va baholash imkoniyatini yaratishi va h.k.
–
topshiriqlar ilmiy asoslanishi, farazlar, ta’riflar va nazariyalar
bilan bog‘lanishi;
– talabalar topshiriq orqali qo‘yilayotgan masalaning muhim
jihatlarini anglab yetishi;
– o‘rtacha o‘zlashtiradigan talabalarga mo‘ljallangan bo‘lib, yuqori
va past darajada bilimga ega talabalar imkoniyatlari e’tiborga olinishi.
Talabalar O‘zbek adabiyotini o‘qitish
metodikasi fanidan
laborotoriya mashg‘ulotlarini bajarishda ishni bajarish mazmuni bilan
tanish bo‘lishlari zarur. Bular quyidagilardan iborat:
– dasturda ko‘rsatilgan mavzuga doir maqsadni belgilash;
– zarur jihozlarni tanlash;
– ishning bajarilish tartibini rejalashtirish;
– topshiriqda ko‘rsatilgan jihatlarni ochib berish;
– jarayonni kuzatib borish (o‘qituvchi yoki laborant tomonidan);
– ish o‘rnida zarur asbob-uskuna yoki jihozlar bo‘lishini
ta’minlanash;
– olingan natijalarni jurnal yoki daftarga qayd etib borish;
– ish bajarilganidan so‘ng hisobot tayyorlash.
Topshiriqlarning muvaffaqiyatli bajarilishi uchun o‘qituvchi
tomonidan faoliyat maqsadi va mazmuni
batafsil tushuntirilishi; ishni
bajarish algoritmi namuna asosida ko‘rsatib berilishi; talabalar tomonidan
amalga oshirilishi zarur hisoblangan o‘quv harakatlari nazorat qilinishi;
tegishli ko‘nikmalar egallangunicha topshiriqlarni qayta-qayta bajarish
talab etiladi.
Hisobot tayyorlash mazmuni quyidagilardan iborat:
– laboratoriya ishining nomi; ishni bajarishdan maqsad;
tajriba
obyekti va vositalari; ish tartibi; natijalar va xulosalar.
Dostları ilə paylaş: