Savod o'rgatish darslarida dam olish daqiqalari tashkil etish. Mundarija kirish


II.bob. Savod o’rgatishda o’quvchilarni dam olishda turli mashqlardan foydalanish



Yüklə 115,89 Kb.
səhifə5/7
tarix22.03.2024
ölçüsü115,89 Kb.
#183740
1   2   3   4   5   6   7
Savod o\'rgatish darslarida dam olish daqiqalari tashkil etish. R-hozir.org (Автосохраненный)

II.bob. Savod o’rgatishda o’quvchilarni dam olishda turli mashqlardan foydalanish
2.1. Dam olish daqiqalarida neyromatorika mashqlaridan foydalanishning ahamiyati
Mamlakatimiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan uzviylik va uzluksizlik tamoyili o‘quvchilar aqliy qobiliyatini bir maromda to‘xtovsiz rivojlanishini taqozo etadi.O‘quvchining kamoloti so‘zsiz pedagog mahoratiga bog‘liqdir. Bugungi kun o‘qituvchisi darslik bilan chegaralanib qolmay,har bir darsi uchun yangi usul kashf etishi,o‘z o‘quvchisi kelajagi uchun jon kuydirishi ,uning ertasini xis eta olishi muhimdir.Darslarni tashkil etish murakkab jarayon. Buning uchun o‘qituvchi turli zamonaviy pedagogik tehnologiyalardan unumli va o‘z o‘rnida foydalanishi darkor. Fan va texnika takomillashib borgani sayin bolaning qirq besh daqiqali dars jarayonining faoliyatini ta’minlash bir muncha qiyin kechadi. Shu bois o‘quvchilarga turli ko‘rgazma , o‘yinlar, qiziqarli dam olish daqiqalarini o’tkazish orqali ta’lim berish ularning nutqi o‘sishi, tafakkur doirasi kengayishini ta’minlaydi. Eng asosiysi o‘qituvchi ma’lum yutuqlarga erishadi. O‘quvchining mavzuni idrok etishi osonlashadi va zerikishini oldini oladi. Zamonaviy pedagogik texnologiyaning asosiy talablaridan biri dars mohiyatini ochib beruvchi , o‘quvchilarni zerikarli tinglovchidan faol ishtirokchiga aylantira oladigan mashg’ulotlar orqali ularning mustaqil fikrlash qobiliyati va qiziqishlarini shakllantira borishini maqsad qilib qo‘yadi. Dam olish daqiqalari o’quvchini o‘zligini namoyish qilishi, hayotda o‘z o‘rnini belgilashi, o‘zini-o‘zi boshqara olishi va o‘z imkoniyatiga tayanish kabi fundamental ehtiyojlarga asoslanadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining diqqati tarqoq bo‘lganligi sababli darslarda tez toliqish holatlari uchraydi.Shuning uchun ham darslarda dam olish daqiqalaridan foydalanish bu holatning oldini oladi. Dam olish daqiqasi-eng muhim dars qismlaridan biridir.Bu bolaning sog’lom o’sishida va faollashishida katta yordam beradi. Dam olish hamda qiziqarli daqiqalar harakatlar orqali bajariladi.
Dam olish daqiqalarida Neyromatorik mashqlardan foydalanish o’quvchining diqqatini jamlash bilan birgalikda ularning ikki miya yarim sharini faol ishlashiga katta ta’sir ko’rsatadi. Neyromatorika-bu miyaning funktsional tizimlarini rivojlantirish va optimallashtirishga qaratilgan nozik vosita mashqlarining maxsus to’plami. Bu turdagi mashqlarni bajarish orqali kognitiv qobiliyatlarning rivojlanishiga, o’ng va chap yarim sharlar ishining aloqasiga hamda uning muvofiqlashtirilishiga, asabiy jarayonlarga, nutqning rivojlanishiga ijobiy ta’sir etadi. Bolaning intellectual rivojlanishi harakatlardan boshlanadi. Birinchidan, bola o’z tanasini boshqarashini o’rganadi:dumalab, emaklaydi, yuradi. Bu barcha asosiy vosita harakatlari uning miya tuzilamalarini rivojlantirishga yordam beradi Ta'lim va tarbiyadagi xatolardan biri bolalardan uyda, darsda, mashg'ulotlarda uzoq qimirlamay, tinch o'tirishini talab qilishimizdir! Sog'lom bola uzoq vaqt jim o'tira olmaydi, uning darsga e'tibor qaratishi ham eng ko'pi bilan 15 daqiqa(bog'cha yoshida bir necha soniyalar)ni tashkil qiladi. Neyromatorik mashqlar zerikkan bolalar, sho'x o’quvchilarni tinchlantirish uchun ayni muddao! Neyromatorik mashqlarga qo’l va barmoq harakatlari(qo’l matorika mashqlari), sonlarni ikki qo'lda yozish, rasmlarni ham ikki qo’lda chizish va bo’yash, bir vaqtning o’zida ikki songa o’sha sonning o’zini ketma-ket qo’shib borish(masalan 2 va 3ga 4-6-6-9-8-12- 10-15)va.hokazo. Neyromatik mashqlar ikki yarim sharining sinxron ishini rivojlantiradi, bu diqqatni jamlash va eslab qolish qobiliyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, shuningdek, ko’p vazifalarni bajaradi. Neyromatorikadan kimlar foyda olishi mumkin? -maktabgacha yoshdagi bolalar -rivojlanishda ortda qolayotgan bolalar uchun -nutqi buzilgan bolalar uchun -hissiy inegratsiyalashuvi buzilgan bolalar uchun -makatb o’quvchilari va o’smirlar uchun (diqqat, xotira, fikrlash jarayonlarida) -kattalar uchun yurak hurujlari va qon tomirlari, markaziy asab tizimining kasalliklaridan keyin, shuningdek yoshga bog’liq kasalliklarning oldini olish shaklida Neyromatorikaning asosiy printsipi bir vaqtning o’zida ikkala qo’lning o’zgaruvchan sinxron ishi, ularning har biri o’z vazifasini bajaradi. Aynan shunday mashqlar bilan miyaning ikki yarim sharlarining muvofiqlashtirilgan ishi o’rganiladi. Muntazam o’zaro faoliyat harakatlar bilan miyaning yarim sharlarini bog’laydigan yangi tolalar hosil bo’ladi, bu esa yuqori aqliy funktsiyalarni, ayniqsa fikrlash va nutq jarayonlarini rivojlantirishga yordam beradi. Ma’lumki, o’ng yarim shar chap qo’l bilan bog’langan va fikrlash jarayonlari uchun, chap yarim shar esa o’ng qo’l bilan bog’langan va nutq jarayonlari uchun javobgardir. Umuman miyaning yanada mukammal ishlashi uchun ularning bir-biri bilan munosabatlarini rivojlantirish kerak



Yüklə 115,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə