Savollar va javoblar Shoisipova Kamila br76



Yüklə 4,93 Kb.
tarix11.12.2023
ölçüsü4,93 Kb.
#145754
Savollar va javoblar-fayllar.org


Savollar va javoblar

Shoisipova Kamila BR76


1-mavzu
SAVOLLAR VA JAVOBLAR:
1. Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil etishning asosiy maqsadi nimalardan iborat?
Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil etishdan maqsad foydalanuvchilar (ichki, tashqi) ni daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi jarayoni bo‘yicha o‘z vaqtida, to‘liq hamda aniq buxgalteriya va moliyaviy axborotlari bilan ta’minlab berishdan iborat.

2. Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini vazifalarini aytib bering?


1. Buxgalteriya hisobini amaldagi tegishli me’yoriy-xuquqiy xujjatlar asosida tashkil etish;
2. Budjet tashkilotlarida budjet va budjetdan tashqari mablag‘lardan maqsadli foydalanishni ta’minlash;
3. Daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi jarayoni muomalalarini hujjatlashtirish va hisob registrlarida aks ettirish;
4. Budjet tashkilotlari buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida aktivlarning holati va harakati, mulkiy qiymatliklar va majburiyatlarning holati to‘g‘risidagi to‘liq hamda aniq ma’lumotlarni shakllantirish;
5. Budjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi natijalarini shakllantirish;
6. Budjet ijrosiga oid buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish va hisobotlarni tuzish;
7. Buxgalteriya hisobini tashkil etishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish va boshqalar.

3. Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilishning o‘ziga hos hususiyatlari nimalardan iborat?


Tashkilotlar faoliyatiga rahbarlik qilish uchun ma’lum bir muddatga uning ixtiyoridagi mablag‘lar, ularning tashkil topish manbalari holati haqidagi ma’lumotlar zarur. Buning uchun buxgalteriya balansi tuzuladi

4. Budjet tashkilotlarida buxgalteriya balansini tarkibini aytib bering?


Budjet tashkilotlarida buxgalteriya balansi bu tashkilot mablag‘larini ularni turlari va tashkil topish manbaalari bo‘yicha muayyan bir davrga pulda ifodalanib umumlashtirib aks ettirish va iqtisodiy guruxlashdir. Budjet tashkilotlari balansi tarkibi aktiv va passiv qismlardan iborat bo‘lib, aktiv tomoni nomoliyaviy aktivlar, moliyaviy aktivlar, debitorlar bo‘limlaridan iborat. Balansni passiv tomoni kreditorlar, moliyaviy natijalar bo‘limlaridan iborat.
5. Budjet tashkilotlarida balans schyotlarini tuzilishi va tayinlanishini tushuntirib bering?
Schyotlar rejasi – bu budjet tashkilotining mablag‘lari va ularni tashkil bo‘lishi manbalariga xarakatiga oid muomalalarni hisobi uchun belgilangan schyotlarini tizimga solingan ro‘yxatidir. Xozirgi kunda budjet tashkilotlari schyotlar rejasi alohida belgilangan bo‘lib yuritib kelinmoqda va ular yordamida muomalalarni joriy hisobda aks ettirish, iqtisodiy guruxlash, tezkor nazorat qilish jarayonlari amalga oshirilmoqda.

6. Budjet tashkilotlari buxgalteriya schyotlari tasniflarinishi aytib bering?


Budjet tashkilotlari schyotlari tasnifi bo‘yicha turlarga ajratish mumkin. Ya’ni balansga nisbatan balans schyotlari va balansdan tashqari schyotlar. Balans schyotlari budjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi jarayonida mablag‘lar va ularni tashkil bo‘lish manbaalarini aks ettiradi. Balans schyotlari hisobga oladigan ob’ektlarni nomlanishi bo‘yicha nomoliyaviy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar, moliyaviy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar, debitor va kreditorlarni hisobga oluvchi schyotlar, moliyaviy natijalarni hisobga oluvchi schyotlarga bo‘linadi.

7. Hisobga oladigan ob’ektlarni nomlanishi bo‘yicha schyotlarni tasnifini tushuntirib bering? Balans schyotlari hisobga oladigan ob’ektlarni iqtisodiy mazmuni bo‘yicha aktiv schyotlar, passiv schyotlar, aktiv passiv schyotlarga bo‘linadi. Ob’ektlarni hisobda aks ettirish usuli bo‘yicha sintetik schetlar va analitik schyotlarga bo‘linadi.


8. Balansdan tashqari schyotlarni mohiyatini aytib bering?

Balansdan tashqari schyotlarda tashkilotda vaqtinchalik turgan va unga qarashli bo‘lmagan moddiy qimmatliklar, shuningdek, qat’iy hisobot blankalari, dam olish uylari hamda sanatoriylar uchun yo‘llanmalar va boshqalar hisobga olinadi. Balansdan tashqari schyotlarda hisob oddiy hisob sistemasida yuritiladi. Balansdan tashqari schyotlarda hisobga olingan barcha tovar-moddiy qimmatliklar, shuningdek, ijaraga olingan asosiy vositalar balansda hisobga olinadigan moddiy qimmatliklar uchun belgilangan tartibda va muddatda inventarizatsiya qilinadi. Tashkilotlarga, zarur hollarda, buxgalteriya hisobini to‘g‘ri yuritilishini ta’minlash maqsadida, belgilangan tartibda qo‘shimcha balansdan tashqari schyotlarni qo‘llashlariga ruxsat etiladi.


http://fayllar.org
Yüklə 4,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə