Scientific progress volume ǀ issue ǀ 2021 issn: 2181-1601 Uzbekistan



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix07.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#104630
1   2   3   4   5   6
o-quvchilarning-yozma-savodxonligini-oshirishda-yozma-ishlarning-o-rni

SCIENTIFIC PROGRESS
 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 1 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
  
Page 1660
Shulardan kelib chiqib, o’rta maktablarda yozma ishlar – diktant, bayon hamda 
insholarni yuqoridagi turlardan kelib chiqib tasniflash, tekshirish usullarini 
takomillashtirish muhim ahamiyatga ega. 
Diktant – orfografik va punktuatsion xatolarni nazorat qilishning asosiy 
shakllaridan biridir. Diktantlar uchun bog’lovchi matnlarni qo’llash maqsadga 
muvofiqdir, ular zamonaviy adabiy til me’yorlariga javob berishi kerak, mazmuniga 
ko’ra butun sinf o’quvchilariga oson bo’lishi kerak. Diktantning hajmi quyidagicha 
belgilanadi: 5-sinflar uchun –90-100 so’z, 6-sinflar uchun –100-110, 7-sinflar uchun –
110-120, 8-sinflar uchun –120-150, 9-sinflar uchun –150-170 so’z. (Hisoblashda ham 
mustaqil, ham yordamchi so’zlar inobatga olinadi). Nazorat lug’aviy diktant 
tekshirilmaydigan va qiyin tekshiriladigan orfogrammali so’zlarning o’zlashmasini 
nazoratga mo’ljaddangan yozma ish turi hisoblanadi. U quyidagi miqdorda so’zlardan 
iborat bo’ladi: 5-sinflar uchun –15-20, 6-sinflar uchun –20-25 so’z, 7-sinf uchun -25-30, 
8-sinf uchun –30-35, 9-sinf uchun –35-40 so’z. Ma’lum mavzu bo’yicha 
o’quvchilarning tayyorgarligini nazorat uchun diktant asosiy orfogrammalarni va 
punktogrammalarni o’z ichiga olishi kerak, shuningdek oldin o’zlashtirilgan 
ko’nikmalarning mustahkamligini topishga yordam beradi. CHorak va yil yakunida 
o’tkaziladigan yakuniy diktantlar barcha o’tilgan mavzular bo’yicha o’quvchilarning 
tayyorligini tekshiradi. Nazorat diktantlari uchun orfogrammalar va punktogrammalar 2 
-3 holatda qo’llanilgan matnlar tanlanishi kerak. Avval o’tilgan orfogrammalar va 
punktogrammalardan asosiylari olinadi: ular 1-3holatlar bilan ko’rsatilishi kerak. 
Tekshiriladigan orfogrammalar 5 sinfda 12 ta turli orfogrammalardan va 2-3 ta 
punktogrammadan oshmasligi kerak, 6 sinfda 16 ta turli orfogrammalardan va 3-4 ta 
punktogrammalardan oshmasligi kerak, 7 sinfda 20 turli orfogrammalardan va 4 -5 ta 
punktogrammalardan, 8 sinfda 24 ta orfogrammalardan va 10 ta punktogrammalardan, 9 
sinfda 24 ta turli orfogrammalardan va 15 ta punktogrammalardan oshmasligi kerak. 
Nazorat diktantlari matniga yetarli darajada mustahkamlangan orfogrammalar kiritilishi 
mumkin.
MUHOKAMA
Ma’lumki, esse erkin fikrning - mustaqil tafakkurlarning mahsuli. U ijod. Ona 
tili va adabiyot darslarida insho yozish ham ijod.Insholarning bu ikki turi o`rtasidagi 
tafovut unchalik katta emas. Bugun ona tili va adabiyoti darslari oldiga o`z fikrini
og`zaki va yozma tarzda to`g`ri va ravon bayon qiladigan, kitobxonlik madaniyati
shakllangan, mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, o`zgalar fikrini anglaydigan –
muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol toptirishdek yuksak vazifa 
qo`yilgan. Bu vazifani bajarishda insholarning o`rni beqiyos. Albatta, insholar ta’lim 
tizimida o`rganib qolingan an’anaviy tartibda emas, aynan ijodning natijasi tarzida 
yozilishi kerak. Adabiyot darslarida tanlangan insho mavzulari o`qituvchi uchun eski 



Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə