Семинар дарси. Волейбол



Yüklə 1,53 Mb.
səhifə23/31
tarix20.05.2022
ölçüsü1,53 Mb.
#87424
növüСеминар
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   31
Волейбол лекция 2 сем СПС узб 2021 2022

Texnikaga oid mashqlar.
1. 2 va 3-zonalardan navbatma-navbat qarshi maydonning 5 va 1-zonalariga zarba beriladi, himoyachilar esa bu to‘plarni qabul qiladilar. 6-zonada turgan o‘yinchi to‘siq qo‘yuvchi o‘yinchilar orqasiga chiqib, to‘siqdan qaytgan to‘pni qabul qiladi.
2. Shu mashq, faqat zarbalar 4,3,2-zonalar navbatma-navbat ijro etiladi.
Taktikaga oid mashqlar.
1. 4,3,2-zonalarda uchta hujumchi joylashadi, bog‘lovchi o‘yinchi 2 va 3-zonalar o‘rtasida turadi. Murabbiyning signali bo‘yicha to‘p bog‘lovchiga uzatiladi, bog‘lovchi esa uchta hujumchidan biriga to‘p uzatadi. To‘siq qo‘yuvchi o‘yinchilarni 6-zona o‘yinchisi qo‘riqlaydi. Hujum zarbasi «chalg‘ituvchi» to‘p tashlash bilan almashtirib turiladi.
2. Shu mashq, faqat zarbalar goh 1-zonaga, goh 5-zonaga yo‘naltiriladi. Shu zonalardagi o‘yinchilar to‘pni qabul qilishadi.
«Burchagi oldiga» tizimi asosida himoyada o‘ynash andozasi 36-rasmda aks ettirilgan.

36-rasm.
«Burchagi orqaga» tizimi asosida himoyada o‘ynash
Tayyorlov va yondoshtiruvchi mashqlar. «Burchagi oldiga» tizimi asosida himoyada o‘ynashda qo‘llaniladigan mashqlar aksincha yo‘nalishda bajariladi. Bunda ham taqlid mashqlari, to‘ldirma to‘p va voleybol to‘pi bilan mashqlar bajariladi.
Texnikaga oid mashqlar.
1. Signal bo‘yicha 4 va 2-zonalardan hujumchilar navbatma-navbat zarba beradi. 2 va 3 yoki 4 va 3-zonadagi o‘yinchilar to‘siq qo‘yadi. 5 va 1-zonadan o‘yinchilar zarba zonasi va yo‘nalishga qarab to‘pni «qo‘riqlashga» to‘siqchilar orqasiga chiqadi.
2. Shu mashq, faqat «chalg‘ituvchi» to‘p tashlash asosida bajariladi.
Taktikaga oid mashqlar.
1. Hujumchilar 4,3,2-zonalarda joylashadi, bog‘lovchi o‘yinchi to‘p oldida turadi. Ikkinchi to‘p uzatish navbatma-navbat uchta zonaga yo‘naltiriladi. To‘siq qo‘yuvchi o‘yinchilar atayin zarbani o‘tkazib yuboradi. Zarbani qaysi zonadan berilganiga qarab 5 yoki 1-zonadagi o‘yinchi to‘siqlar orqasiga «qo‘riqlashga» chiqadi. 6-zonadagi o‘yinchi zarba yo‘nalishiga qarab chiqadi va to‘pni qabul qiladi.
2. Shu mashq, faqat to‘pni to‘siqchilar ustidan «chalg‘itib» tashlanadi. 5 yoki 1-zonadagi o‘yinchilar zarba yo‘nalishiga muvofiq to‘siqchilar orqasiga to‘pni «qo‘riqlashga» chiqadi.
«Burchagi orqaga» tizimi asosida himoyada o‘ynash andozasi 37-rasmda aks ettirilgan.

37-rasm.

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə