Семинар дарси. Волейбол



Yüklə 1,53 Mb.
səhifə21/31
tarix20.05.2022
ölçüsü1,53 Mb.
#87424
növüСеминар
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31
Волейбол лекция 2 сем СПС узб 2021 2022

Taktikaga oid mashqlar.
1. Bog‘lovchi o‘yinchi uzatgan to‘pdan 4,3,2-zonalarda hujum zarbasi bajariladi. Qaysi zonadan va qaysi yo‘nalishda zarba berilishiga qarab 2 va 3 yoki 4 va 3-zonadagi o‘yinchilar to‘siq qo‘yadi. To‘siqdan bo‘sh o‘yinchi “qo‘riqlashda” ishtirok etadi. Zarba yo‘nalishi oldindan ma’lum.
2. Ma’lum mashq, faqat zarba yo‘nalishi noma’lum holda bajariladi.
3. Shu mashq, faqat to‘p uzatish 3-zonadan ijro etiladi. Qaysi zonaga (4 yoki 2-zona) to‘p uzatilsa, shu zonadan berilgan zarbaga 2 va 3 yoki 4 va 3-zonadagi o‘yinchilar to‘siq qo‘yadi.
Oldingi va orqa chiziq o‘yinchilarining o‘zaro harakatlari.
Tayyorlov va yondoshtiruvchi mashqlar.
Yuqorida qayd etilgan ushbu turdagi mashqlar oldingi va orqa chiziq o‘yinchilarining o‘zaro harakatlarini shakllantirishda ham qo‘llaniladi. Lekin bunda asosan mashqlarni texnikasi va taktikasiga ko‘proq e’tibor qaratiladi.
Texnikaga oid mashqlar.
1. 4 va 2-zonalardan navbatma-navbat hujum zarbasi yoki «chalg‘itib» tashlash bajariladi; qaysi zonadan zarba yoki «chalg‘itib» tashlash ijro etilsa, muvofiq ravishda 2 va 3 yoki 4 va 3-zonalar o‘yinchilari to‘siq qo‘yishadi. 6-zonadagi o‘yinchi “qo‘riqlashda” bo‘ladi.
2. Shu mashq, faqat «qo‘riqlashda» 1 va 5-zonalardagi o‘yinchilar ishtirok etadi.
3. 2 va 3-zonadagi o‘yinchilar to‘siq qo‘yadi: qarshi maydonning 4-zonasidan to‘siq ustidan «chalg‘ituvchi» to‘p tashlanadi. 1 yoki 4-zonadan o‘yinchilar to‘pni qabul qiladi.
4. Shu mashq, faqat to‘siq ustidan «chalg‘ituvchi» to‘p tashlash 2-zonada amalga oshiriladi.
Taktikaga oid mashqlar. Misol: signalga binoan 3-zonadan 4 yoki 2-zonaga uzatilgan to‘pga zarba beriladi, muvofiq ravishda 2 va 3 yoki 4 va 3-zonadagi o‘yinchilar to‘siq qo‘yadi. Vaziyatga qarab (to‘pni uzoq yaqinligi va yo‘nalishi) 1 va 5-zonadagi o‘yinchilar to‘pni «qo‘riqlaydi».
Shu mashq, faqat «qo‘riqlashda» 6-zonada turgan o‘yinchi ishtirok etadi. Bundan to‘siq qo‘yish, qo‘riqlash va zarbani qabul qilish harakatlariga e’tibor qaratiladi.

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə