Семинар дарси. Волейбол



Yüklə 1,53 Mb.
səhifə18/31
tarix20.05.2022
ölçüsü1,53 Mb.
#87424
növüСеминар
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31
Волейбол лекция 2 сем СПС узб 2021 2022

Himoya taktikasi.
Yakkа himоya tаktikаsigа o’rgаtish
Himoyada qo‘llaniladigan yakka taktik harakatlarning asosiy maqsadi – raqib jamoa o‘yinchilari xatti-harakatini kuzatish va aniqlash, to‘p kiritishdan, hujum zarbasidan, to‘siqdan qaytgan to‘plarni «olish» uchun joy tanlash va ularni yo‘nalishiga qarab, o‘z vaqtida zarur joyga yetib kelish, eng maqbul himoya usulini tanlash, qo‘riqlash (straxovka) joyini bilish va shunga asosan harakat qilish, zarba yo‘nalishini oldindan payqab olish va to‘siq qo‘yishdan iborat.
Joy va to‘pni qabul qilish usulini tanlash. Tayyorlov va yondoshtiruvchi mashqlar.
1. Oldingi (hujum zonalari) chiziq atrofida ikki hujumchi bir-biriga to‘ldirma to‘pni tashlaydi, kutilmaganda ularning biri sakrab to‘pni to‘r ortiga irg‘itadi. Qarshi maydonchada turgan ikki himoyachi o‘z vaqtida joy tanlab, to‘pni ilib olishi lozim.
2. To‘pni pastdan ikki qo‘llab, yuqoridan ikki qo‘llab, pastdan bir qo‘llab yiqilib, to‘pni qabul qilish uchun 2 ta yoki 3 ta to‘p turli balandlikka osilib qo‘yiladi. Maxsus signal bo‘yicha o‘yinchi u yoki bu qabul usulini bajaradi.
Texnikaga oid mashqlar.
1. Yuqoridan kiritilgan to‘pni pastdan ikki qo‘llab, pastdan kiritilgan to‘pni yuqoridan ikki qo‘llab qabul qilish. To‘p kiritish goh yuqoridan, goh pastdan amalga oshiriladi.
Ushbu mashqlar juftlikda yoki bir necha to‘p kirituvchi ishtirokida bajariladi.
2. 3 ta shug‘ullanuvchi oldingi chiziq ortida 4,3 va 2-zonalarda joylashadi va qarshi maydonning 3-zonasida turgan 4-o‘yinchini kuzatadi. 4-o‘yinchi o‘z ustiga to‘p tashlab kutilmaganda to‘pni sakrab to‘r ortiga 4,3,2-zonalarning biriga yo‘llaydi. To‘p yo‘naltirilgan joyda turgan o‘yinchi to‘pga o‘z vaqtida chiqib, eng maqbul usul yordamida uni qabul qiladi.
3. Hujum zarbasidan qaytgan to‘pni pastdan ikki qo‘llab, pastdan ikki va bir qo‘llab yiqilib, yuqoridan ikki qo‘llab yiqilib qabul qilish. Zarbani qarshi maydondan murabbiy yo‘llaydi. Zarba chalg‘ituvchi sekin to‘p tashlash bilan almashtirilib turiladi.

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə