Семинар дарси. Волейбол


To‘p kiritish. Tayyorlov va yondoshtiruvchi mashqlar



Yüklə 1,53 Mb.
səhifə15/31
tarix20.05.2022
ölçüsü1,53 Mb.
#87424
növüСеминар
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31
Волейбол лекция 2 сем СПС узб 2021 2022

To‘p kiritish. Tayyorlov va yondoshtiruvchi mashqlar.
1. Juftlikda: bir o‘yinchiga gandbol to‘pi, u ma’lum signalga binoan to‘pni bir qo‘l bilan pastdan (pastdan to‘p kiritish), yuqoridan, yon tomon bilan sherigiga uzatadi. Shu mashq orqa chiziqdan to‘r ustidan to‘p kiritish asosida bajariladi.
2. Shu mashq turli zonalarga to‘p kiritish asosida ijro etiladi.
3. To‘p orqa chiziq atrofida osilgan holatda joylashtiriladi. To‘p to‘rga nisbatan to‘g‘ri turib va yonlama turib, xayolan turli zonalarga uriladi (kiritiladi).
Texnikaga oid mashqlar. Bunday mashqlarning maqsadi – aniq to‘p kiritish mukammalligini ta’minlashdan iborat.
1. To‘p kiritish turlarini (pastdan, to‘g‘ri va yonlama, yuqoridan to‘g‘ri va yonlama), tezligini, balandligini, yo‘nalishini o‘zgartirib bajarish, to‘p kiritishni tayanch holatdan va sakrab ijro etish.
2. Aniq to‘p kiritish: turli zonalarda joylashgan o‘yinchilarga; turli zonalarda joylashgan ikki o‘yinchi o‘rtasiga; bog‘lovchi o‘yinchiga; asosiy hujumchilarga.
Taktikaga oid mashqlar. Taktikaga oid mashqlarning asosiy maqsadi – raqibni taktik rejasini «buzish», to‘p qabul qilishni qiyinlashtirish va ochko olish niyatida voleybolchini to‘p kiritish usullari, tezligi va yo‘nalishini tanlashga o‘rgatishdan iborat.
To‘p kirituvchi voleybolchi orqa chiziq ortida joylashadi, qarshi maydonchada 6 o‘yinchi joylashadi. To‘p kirituvchi turli zonalarga turli usullarda navbatma-navbat to‘p kiritadi. Qarshi maydonchada joylashgan qaysi bir o‘yinchi qo‘lini ko‘tarsa shu o‘yinchiga to‘p uriladi (kiritiladi): ikki o‘yinchi o‘rtasiga to‘p kiritiladi; bir gal maydonni oldi qismiga, bir gal orqa qismiga to‘p kiritiladi; bog‘lovchiga to‘p kiritiladi; asosiy hujumchiga to‘p kiritiladi; endi o‘yinchi almashtirgan o‘yinchiga to‘p kiritiladi va h.k.
Hujum zarbalari. Tayyorlov mashqlari.
1. 1 kg.li to‘ldirma to‘pni qo‘lda ushlagan holda signal bo‘yicha yuqoriga sakrash va qo‘ldagi to‘pni boshni orqasidan oldinga-pastga va oldinga-yuqoriga keskin uloqtirish.
2. Shu mashq, faqat to‘r ustidan.
3. Shu mashq, faqat yugurib kelib, to‘g‘ri yo‘nalishda va gavdani burib, to‘pni to‘r ustidan tashlash.
Yondoshtiruvchi mashqlar.
1. Signal bo‘yicha tennis to‘pini sakrab o‘ng va chap qo‘l bilan to‘r ustidan uloqtirish.
2. Gandbol to‘pini sakrab, qarshi tomondagi to‘siq qo‘yuvchi fo‘llariga urib; chetga chiqarish; to‘siq yonidan chalg‘itib tashlash; to‘siq ustidan chalg‘itib tashlash.
3. Shu mashq, faqat 3 ta to‘siq qo‘yuvchi qarshiligida ijro etiladi.

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə