Семинар дарси. Волейбол


To‘siq qo‘yishga o‘rgatish



Yüklə 1,53 Mb.
səhifə12/31
tarix20.05.2022
ölçüsü1,53 Mb.
#87424
növüСеминар
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31
Волейбол лекция 2 сем СПС узб 2021 2022

To‘siq qo‘yishga o‘rgatish
To‘siq qo‘yish voleybolda himoyadagi eng asosiy texnik usul hisoblanadi. Shuning uchun uning o‘zlashtirilishiga katta ahamiyat berilishi kerak.
Umumrivojlantiruvchi mashqlar
Mashqlarning asosiy yo‘nalishi xuddi hujum zarbalarini o‘zlashtirishda qo‘llanilgan mashqlar kabi bo‘ladi. Ilib qo‘yilgan predmetlarga qo‘l tekkizish, turli harakatlanishlardan so‘ng ikki oyoq bilan depsinish mashqlari alohida ahamiyat kasb etadi.
Tayyorlov mashqlari
Mashqlarning asosiy vazifasi sakrovchanlik va tayanchsiz holatda harakat uyg‘unligini rivojlantirishdan iborat.
1. Ikki oyoq bilan depsinib, ilib qo‘yilgan predmetga qo‘l tekkizish. Sakrash ko‘p marotaba qaytariladi.
2. Ko‘rish va tovush signallariga muvofiq yon tomonga harakatlanib, yuqoridagi mashqni bajarish.
3. «Kim tezroq» harakatli o‘yini.
4. To‘r ustida va undan uzoqroqqa ilib qo‘yilgan to‘plarga qo‘l tekkizish (to‘r ustidan qo‘llarni o‘tkazish maqsadida).
Yaqinlashtiruvchi mashqlar
1. Turgan joydan va yon tomonlarga harakatlanib to‘siq qo‘yishni imitatsiya qilish. Harakatlanishda oxirgi qadam bir vaqtning o‘zida sakrash qadami bo‘lishiga e’tibor berish.
2. To‘r ustiga ilib qo‘yilgan to‘plarga to‘siq qo‘yish.
3. Maxsus tumba ustida turgan holatda sherigi tashlab bergan (to‘r ustiga) to‘plarga to‘siq qo‘yish. Qo‘llar panjasi, kafti, barmoqlar harakatiga diqqat qaratiladi.
4. Hujum zarbalariga to‘siq qo‘yish. Dastlab belgilangan yo‘nalish bo‘yicha. O‘zlashtirish darajasiga qarab mashq boshqa variantlarda ham qo‘llaniladi.
Texnika bo‘yicha mashqlar
1. O‘zi tashlab bergan to‘plarga berilgan hujum zarbalariga to‘siq qo‘yish.
2. 4,3,2-zonalardan berilgan hujum zarbalariga to‘siq qo‘yish.
3. Harakatlanishdan so‘ng to‘siq qo‘yish. Dastlab zarba kutilayotgan joydan 1 m, so‘ngra 2–3 m narida turiladi.
4. To‘siq qo‘yish musobaqalari.
Hujum zarbalarini berish iloji boricha to‘siq qo‘yish bilan amalga oshirilishi zarur.



Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə