Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar



Yüklə 15,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/452
tarix05.01.2023
ölçüsü15,64 Mb.
#98221
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   452
0500de0e3a84008f07a8a69c740ecd021b49d24d

1-o‘quv topshiriq 
3x4 organayzerini to‘ldiring 


Seminar mashg’ulotlari 
321 
Mavzuning asosiy mazmunini ochib berishga yordam beradi va “3x4” texnologiyasi orqali
talabalarni mavzu yuzasidan tushuncha, tasavvurlari aniqlanadi.
Estetika –bu ....... 
Estetikaning mezoniy tushunchalari 
 
Go‘zallik, ko‘rganimizdek, nafosatning bosh, etakchi xususiyati hisoblanadi. SHu bois u 
estetikaning mezoniy tushunchalaridan biri sifatida tadqiq va talqin etiladi. Zero, go‘zallikning 
ishtirokisiz yuqoridagi xususiyatlarning birortasi estetik tabiatiga ega bo‘lolmaydi. Masalan, 
ulug‘vorlikni olaylik. U asosan hajmga, miqyosga, miqdorga asoslanadi: Buxorodagi Arslonxon 
minorasi yoxud Minorai Kalon ulug‘vorligi bilan kishini hayratga soladi. Unga tikilar ekansiz, 
qalbingizni nafosat zavqi qamrab oladi. Lekin xuddi shunday balandlikdagi kimyoviy korxona 
mo‘rkonidan zavqlanolmaysiz. Yoki yonbag‘irdan turib, toqqa tikilsangiz, estetik zavq tuyasiz
ammo xuddi shunday balandlikdagi shahar chetida o‘sib chiqqan Axlat «tog‘i»ga qarab 
zavqlanmaysiz. Chunki Arslonxon minorasi me’morlik san’ati asari sifatida go‘zallik 
qonuniyatlari asosida bunyod etilgan; tog‘ esa, tabiat yaratgan ulug‘vor go‘zallik. Zavod 
mo‘rkonida ham, Axlat «tog‘»ida ham hajm, miqdor bor-u, lekin bir narsa – go‘zallik etishmaydi. 
Minora bilan tog‘dagi hajmni mahobatga aylantiruvchi unsur, bu – go‘zallik. Fojiaviylik 
xususiyatida ham go‘zallikning ishtirokini ko‘rish mumkin. Misol sifatida Lev Tolstoyning 
«Urush va tinchlik» romanidagi Austrlitsda bo‘lib o‘tgan rus va fransuz qo‘shinlari 
to‘qnashuvidan so‘ng, jang maydonida yarador bo‘lib yotgan knyaz Andrey Bolkonskiyni eslaylik: 
bir qo‘lida bayroq dastasini mahkam siqib, ko‘m-ko‘k maysada moviy osmonga qarab yotgan
oppoq mundirli botir yigit – bayroqdor zobitning tepasiga kelgan Napoleon uni o‘lgan deb o‘ylab, 
bu manzaradan hayratlanib: «Mana bu – go‘zal o‘lim!», deydi. Bu o‘rinda asar qahramonining 
o‘limi – fojiaviylik, o‘limning qahramonlikka aylanishi – ulug‘vorlik; fojiaviylik bilan ulug‘vorlik 
xususiyatlarining omuxtalashuvi natijasida esa, go‘zal manzara, qayg‘uli va ulug‘vor go‘zallik 
vujudga kelgan. SHuning uchun ham Napoleonning hayrotomuz xitobi bejiz emas. Ayni paytda 
go‘zallik yuqorida keltirilgan estetik xususiyatlar va tushunchalarning «mustaqilligiga» daxl 
qilmaydi, faqat ularning hujayrasida u yoki bu darajadagi unsur sifatida ishtirok etadi. Demak, 
estetikaning asosiy tadqiqot ob’ekti – go‘zallik, biroq, birinchi galdagi vazifasi ana shu go‘zallikni 
aks ettirish hisoblanadigan san’at ham o‘z navbatida nafosatshunoslikning keng qamrovli tadqiqot 
ob’ekti hisoblanadi.

Yüklə 15,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə