Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar



Yüklə 15,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/452
tarix05.01.2023
ölçüsü15,64 Mb.
#98221
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   452
0500de0e3a84008f07a8a69c740ecd021b49d24d

MUSTAQIL TA’LIM MASHG’ULOTLARI 
Talaba portfoliosini yaratish bo‘yicha tavsiyalar 
327 
«Portfolio» faoliyatning turli yo‘nalishlari bo‘yicha talabaning shaxsiy yutuqlarini 
tasdiqlovchi hujjatlar majmuidir. Portfolioni yaratish talabaning ijodiy faoliyati hisoblanib, 
unga turli xil soha (o‘quv, ilmiy—izlanish, sport, ijodiy, ijtimoiy va b.) bo‘yicha faoliyat 
natijalari oliy o‘quv yurtida o‘qish jarayoni davrida talaba tomonidan kiritiladi. 
Portfolioni yaratishdan asosiy maqsad talabaning oliy o‘quv yurtidagi o‘qish jarayoni 
davrida erishgan yutuqlari to‘g‘risidagi daliliy hujjatlarni to‘plash va saqlashdan iborat. 
Portfolio nafaqat talabaning ta’lim sohasidagi faoliyati natijalarini o‘zi tomonidan 
baholashning samarali shakli bo‘lib qolmasdan, quyidagilarga imkoniyat tug‘diradi: 

ta’lim sohasidagi yutuqlarni dalillashtiradi; 

ish raqobati bo‘yicha tajriba ortdiradi; 

kasbiy kompetentlikni rivojlantirish uchun mustaqil ta’limni amalga oshiradi; 

o‘zining kasbiy kompetentlik darajasini ob’ektiv baholash 

malakasini rivojlantiradi; 

bo‘lajak mutaxassisning raqobatbardoshligini oshiradi. 
Respublikamiz oliy ta’lim tizimida ushbu texnologiyaning 
qo‘llanilishi amaldagi talaba bilimini baholashning test reyting tizimini inkor etmaydi, 
aksincha uni to‘ldiradi. Rivojlan- tiruvchi ta’limga, insonparvar pedagogika nuqtai nazaridan 
shaxsga yo‘naltirilgan ta’limga o‘tishga, talabalarda kasbiy kompetentlikni shakllantirish 
bo‘yicha refleksiya hosil qilishga sharoit yaratadi. 
Portfolio talabaning turli sohalardagi faoliyati, jumladan o‘quv-tarbiyaviy, ijodiy, 
ijtimoiy, kommunikativ va boshqalar bo‘yicha erishgan natijalari sifatini baholash imkonini 
beradi. 
Portfolioning asosiy maqsadi 
- talabaning ta’lim jarayonidagi faoliyati bo‘yicha hisobot 
taqdim etish, uning alohida erishgan ta’lim natijalarini yaqqol tasavvur qilish, ta’lim tizimida 
o‘z-o‘zini rivojlantirishini ta’minlash, qobiliyatlarini namoyish etish hamda bilim va 
malakalarini amalda qo‘llashga o‘rgatishdan iborat. 
Portfolio asosida talaba erishgan yutuqlar va bilim olish jarayoni natijalarini sifat 
jihatidan va soniy baholash mumkin. 
Portfolio nafaqat baholashning zamonaviy samarali shakli, balki quyidagi muhim 
pedagogik vazifalarni echishda foydalanuvchi texnologiya hamdir: 

talabaning yuqori o‘quv mazmunini qo‘llab-quvvatlash; 

talabaning faolligi va mustaqilligini rag‘batlantirish, ta’lim olish va mustaqil ta’lim 
olishni kengaytirish; 

refleksiv bilim va o‘z-o‘zini ob’ektiv baholash faoliyatini rivojlantirish; 



Yüklə 15,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə