Mashg‘ulot vaqti – 2 soat
|
Talabalar soni: 25-30 nafar
|
O‘quv mashg‘ulotining shakli
|
Bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish bo‘yicha seminar mashg‘uloti
|
Seminar mashg‘uloti rejasi
|
1. Ijtimoiy psixologiya fanining predmeti, maqsadi, vazifalari va pedagogik faoliyat uchun ahamiyati.
2. Ijtimoiy psixologiya fanining tarixidan lavhalar.
3. Ijtimoiy psixologik tadqiqot metodlari.
|
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Bu seminar mashg‘uloti jarayonida ijtimoiy psixologiya fanining predmeti, maqsadi, vazifalari, ijtimoiy psixologiya fanining tarixi hamda ijtimoiy psixologik tadqiqot metodlari borasida suhbat o‘tkaziladi, shuningdek, test va masalalar echish mumkin.
|
Pedagogik vazifalar:
- mavzu bo‘yicha bilimlarni
tizimlashtirish, mustahkamlash.
- darslik bilan ishlash
ko‘nikmalarini hosil
qilish;
- ijtimoiy psixologik faoliyatni tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirish.
|
O‘quv faoliyatining natijalari:
- Ijtimoiy psixologiya fanining tadqiqot sohasi, pedagogik faoliyati uchun ahamiyati, fanning maqsad va vazifalari, muammolari mazmunini yoritadi;
- Ijtimoiy psixologiya fanining tarixi to‘g‘risida gapirib beradi;
- Ijtimoiy psixologik tadqiqot metodlari asosiy mazmunini yoritadi.
|
O‘qitish uslubi va texnikasi
|
Blits-so‘rov, birgalikda o‘qiymiz, klaster, munozara.
|
O‘qitish vositalari
|
Ma’ruza matni, o‘quv qo‘llanmasi, proektor, flipchart, marker, doska.
|
O‘qitish shakli
|
Bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish, individual va guruh bo‘yicha o‘qitish.
|
O‘qitish shart-sharoiti
|
Kompyuter texnologiyalari, proektor bilan ta’minlangan, guruhda dars o‘tishga moslashtirilgan auditoriya.
|
Nazorat
|
Frantal nazorat, individual savol-javob
|