Sh. I. Mustafakulov, O. A. Raximberdiyev, M. Sh. Egamberdiyeva iqtisodiy atamalarning



Yüklə 22,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/33
tarix25.09.2023
ölçüsü22,32 Mb.
#123882
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   33
Mustafaqulov Sh I va boshq Iqtisodiy atamalarning izohli lugati

’ Щ
ИТЯ&Ы И & П ч*
■■■’ 
373
-----


SOLIQLAR VA BOSHQA MAJBURIY TO'LOVLARNING T O 'G R I
HISOBLANISHI 
HAMDA 
TO'LANISHI 
USTIDAN
SO'NGGINAZORAT-davlattomonidansoliqorganlariyordamida 
ikki bosqichda amalga oshiriladi: a) korxonalardan buxgalteriya 
hisobotlari va soliq hisob-kitoblari qabul qilinayotganda; b) bevosita 
korxonaning o'zida boshlang'ich buxgalteriya hujjatlarini tekshirish 
yo'li bilan.
SOLIQLARNI 
UNIFIKASIYA 
QILISH 
-
soliq 
mexanizmini
soddalashtirish maqsadida iqtisodiy mohiyati, soliqqa tortish 
obyekti o'xshash bo'lgan soliq turlarini birxillashtirish.
SOLIQLARNING FISKAL FUNKSIYASI - soliqlarning eng asosiy
ijtimoiy mo'ljallanganligini o'zida aks ettiradi, davlatning moliyaviy 
natijalarini shakllantiradi, uning o'z funksiyalarini bajarishi uchun 
zarur bo'lgan resurslarni budjet tizimi va nobudjet fondlarga 
to'plash imkonini beradi.
SOLIQLARNING FUNKSIYALARI 
-
shu 
iqtisodiy kategoriyaning
daromadlarni qiymat jihatidan taqsimlash va qayta taqsimlash 
instrumenti sifatida ijtimoiy mo'ljallanganligining qay darajada 
amalga 
oshirilayotganligini 
ko'rsatadi. 
Soliqlar 
quyidagi 
funksiyalarni bajaradi: fiskal, tartibga solish (rag'batlantirish).
SOLIQLARNING 
TARTIBGA 
SOLISH 
(RAG'BATLANTIRISH)
FUNKSIYASI - moliyaviy (soliq) mexanizm (i) orqali davlatning 
mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etishini ta’minlaydi. Bu 
funksiyaning quyidagi bir necha shakllari bo'lishi mumkin: nazorat; 
rag'batlantirish; tartibga solish; takror ishlab chiqarish. Ular 
soliq mexanizmining samaradorligini baholash imkonini beradi, 
moliyaviy resurslarning harakati ustidan nazoratni ta’minlaydi, soliq 
tizimi va budjet siyosatiga o'zgartirish kiritish zarurligini aniqlaydi. 
Rag'batlantirish imtiyozlar, cheklashlar, chegirmalar, afzal ko'rish 
tizimi orqali amalga oshiriladi va ular soliqqa tortish obyektining 
imtiyozlarni shakllantirish belgilari bilan uzviy ravishda bog'liq 
bo'ladi, soliqqa tortish obyektining o'zgarishida, soliqqa tortiladigan 
baza (asos)ning kamayishida, soliq stavkasining pasaytirilishida 
va shu kabilarda namoyon bo'ladi. Takror ishlab chiqarish tabiiy 
resurslardan foydalanganlik uchun to'lovlarda, yo'l fondlari uchun 
olinadigan soliqlarda, mineral xomashyo bazalarini takror ishlab 
chiqarishga mo'ljallangan soliqlarda namoyon bo'ladi.
SOLIQLARNING 
TURLARI 
-
O'zbekiston 
hududida 
olinadigan
umumdavlat soliqlari, mahalliy soliqlar va yig'imlardan iborat. 
Umumdavlat soliqlarining tarkibiga yuridik shaxslardan olinadigan
374


daromad (foyda) solig'i, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad 
solig'i, qo'shilgan qiymat solig'i, aksizlar, yer osti boyliklaridan, suv 
resurslaridan foydalanganlik uchun soliq kabilar kiradi. Mahalliy 
soliqlar va yig'imlar mol-mulk solig'i, yer solig'i, reklama solig'i, 
avtotransport vositalarini sotganlik uchun soliq, savdo-sotiq qilish 
huquqi uchun yig'im, shu jumladan, ayrim turdagi mahsulotlarni 
sotish huquqini beruvchi litsenziya yig'imlari, yuridik shaxslarni, 
shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanuvchi jismoniy 
shaxslarni ro'yxatga olganlik uchun yig'im, avtotransport to'xtash 
joyidan foydalanganlik uchun yig'im, obodonlashtirish ishlari 
uchun yig'imlardan iboratdir.
SOLIQQA TORTISH - qonuniy ravishda o'rnatilgan soliq undirish (olish)
tartibi. Iqtisodiyotni tartibga solish soliqqa tortishning asosiy 
funksiyasidir. Soliq siyosatining richaglari yordamida davlat xo'jalik 
kon’yunkturasining holatiga tasir ko'rsatadi va iqtisodiy o'sishni 
rag'batlantiradi. Soliqqa tortishning boshqa bir funksiyasi pul 
mablag'larini qayta taqsimlashdir. Soliqqa tortishning bir-biridan 
farq qiluvchi digressiv, progressiv, proporsional va regressiv turlari 
mavjud.
SOLIQQA TORTISH MANBAI - soliqlarni to'lash uchun foydalaniladigan
rezerv, odatda, soliq to'lovchining daromadi va kapitali. Engumumiy 
shaklda soliqqa tortish manbai bo'lib soliqqa tortish obyektidan 
qat’iy nazar ijtimoiy takror ishlab chiqarish asosiy qatnashchilarining 
va davlatning birlamchi pul daromadlarini shakllantiruvchi yalpi 
ijtimoiy (ichki) mahsulot hisoblanadi.
SOLIQQA TORTISH NAZARIYALARI - soliqqa tortish amaliyotini nazariy
jihatdan asoslashga urinish. Soliqqa tortish nazariyasi tarixida 
eng dolzarb muammo sifatida quyidagi savollarning javobini 
izlab topish sanaladi: budjet daromadlarini shakllantirishda sof 
fiskal usullardan foydalanish maqsadga muvofiqmi yoki soliqlarni 
pasaytirish orqali tadbirkorlik faoliyatini rag'batlantirish va soliqqa 
tortish bazasini kengaytirish kerakmi? Bularning qaysi biri afzal? 
Qaysi biri maqsadga muvofiq? Va hokazo.
SOLIQQA TORTISH NORMASI - soliqqa tortiladigan qiymatning haqiqiy
qiymatga nisbati.
SOLIQQA TORTISH OBYEKTLARI - qonunga muvofiq foyda (daromad),
ma’lum bir mahsulotlar qiymati, yuridik va jismoniy shaxslarning 
mulki, mol-mulkni berish (meros, hadya etish), qimmatbaho 
qog'ozlar bo'yicha operatsiyalar, faoliyatning ayrim turlari va 
boshqalardan iborat. Soliqqa tortishning bir obyekti bir turdagi
375


soliq bilan belgilangan muddatda (oy, chorak, yarim yil, yil) bir 
marta soliqqa tortilishi mumkin.
SOLIQQA TORTISH PRINSIPLARI (TAMOYILLARI) - soliq siyosatini
amalga oshirishni belgilab beradigan va soliqlar bo'yicha budjet 
topshiriqlarini tuzish orqali realizatsiya qilinadigan mustahkam 
o'rnashib qolgan qoidalar yig'indisi. Ularning eng muhimlari 
qatoriga quyidagilar kiradi: l ) adolatlilik. Bu prinsip fuqarolar 
o'rtasida ularning daromadlariga mos ravishda soliqlarning bir tekis 
taqsimlanishini va soliqqa tortishning hammaga (eng umumiyligini) 
tegishli ekanligini taqozo etadi; 2) aniqlilik. Bu prinsip soliqning 
summasi, uni hisoblash tartibi (uslubi) va to'lov vaqti soliq 
to'lovchiga oldindan aniq ma’lum bo'lishi kerakligini talab qiladi;
3) qulaylilik. Bu prinsip soliq to'lovchilar uchun soliqning olinish 
uslubi (tartibi) va vaqti eng qulay bo'lishi kerakligini anglatadi;
4) iqtisod qilish, tejab-tergash. Bu prinsipning mazmuni soliqqa 
tortish tizimini oqilonalashtirish va soliqlarni undirish xarajatlarini 
kamaytirishdan iboratdir. Vaqt o'tishi bilan soliqqa tortishning 
bu prinsiplari qatoriga soliqlarning harakatchanligi va yetarliligini 
ta’minlash (davlatning obyektiv ehtiyojlari va imkoniyatlariga 
muvofiq soliq oshirilishi yoki qisqartirilishi (kamaytirilishi) 
mumkin), soliqqa tortishning zaruriy manbasi va obyektini tanlash, 
soliqqa tortishning bir martaliligi kabi prinsiplar ham qo'shildi.
SOLIQQA TORTISH TIZIM I - qonun chiqaruvchi idoralar tomonidan
belgilangan va ijrochi idoralar tomonidan undiriladigan soliqlarning 
tashkil etish usullari, elementlari va tamoyillari yig'indisiga aytiladi.
SOLIQQA TORTISHNING MAQBULLIGI - to'lovchining muddatlari, turi
va summalari har bir kishiga, ya’ni ham soliq to'lovchilarga, ham 
soliq oluvchilarga tushunarli bo'lishi kerak.
SOLIQQA TORTISHNING TENGLIGI - soliq to'lovchilar soliqlarni
o'z imkoniyatlariga, ya’ni ularning davlat yordamida olingan 
daromadlariga bog'liq holda to'lashi lozim. Boshqacha qilib 
aytganda, imkoniyatlardan kelib chiqib soliq to'lashi kerak.
SOLON (taxm. m.a. 640/635-559) - Yunoniston siyosiy arbobi, islohotlar
o'tkazgan. Qullarni qarzga berishni man etgan (chet elliklar bundan 
mustasno).
SOMUELSON POL - amerikalik iqtisodchi, Nobel mukofoti sovrindori
(1970), neoklassik sintezi nazariyasi asoschisi. U keynschilik 
va neoklassik nazariyasini qo'shishga harakat qilgan. Davlat 
iqtisodiyot uchun maqsadlarni aniqlashni o'z zimmasiga olishi va 
bu maqsadlarga erishish uchun o'z kuchidan foydalanishi kerak,
376


ammo shu bilan birga davlat iqtisodiy tanazzul davrida iqtisodiyotni 
tartibga solmog'i zarur, iqtisodiy o'sish davrida esa uni susaytirish 
lozim, deb hisoblaydi.
SOTIB OLISH SOLIG'I - davlat daromadlarini ko'paytirish yoki ayrim
mahsulotlarni ishlab chiqarishni cheklab qo'yish maqsadida 
mamlakatda ishlab chi qarilay otgan ayrim mahsulotlardan olinadigan 
soliq. Odatda eksportga mo'ljallangan mahsulotlardan olinmaydi.
SOTIB OLUVCHI NARXI - bu narx sotib oluvchi tomonidan to'lanadi,
ammo QQS yoki ana shunga o'xshash soliqlar bundan istisnodir. 
Sotib oluvchi narxi barcha transport xarajatlarini o'z ichiga oladi. 
Sotib oluvchi tomonidan alohida to'lanadigan bu chiqim xarid 
qilingan narsa shartlashilgan furs at da belgilangan joyga yetkazib 
berilishini ko'zda tutadi.
SOTILGAN 
MAHSULOTLAR 
-
l )
korxona 
tomonidan 
ishlab
chiqarilgandan so'ng sotilgan, pullangan mahsulot; 2) ta’minot 
yoki savdo tashkiloti, iste’molchi to'lagan tovar mahsulotining pul 
ko'rinishidagi ko'rsatkichi.
SOTISH (XARID) NARXI - tovarga xaridor to'laydigan narx.
SOTISH OPSIONI (RUT) - o'z egasiga kelajakda bazis aktivini qimmatli
qog'oz xosilasi shartlariga muvofiq sotish huquqini beradi.
SOTISH SHARTI - eksport narxlarining import narxlariga nisbati.
SOTISH SOLIG'I - mahsulotlarning sotish qiymatiga nisbatan foizlarda
belgilanadigan va ishlab chiqaruvchilar tomonidan to'lanadigan 
soliq. Aksizlarning ko'rinishlaridan biri.
SOTISHDAN OLINADIGAN SOLIQ, - ayrim xorijiy mamlakatlarda
(masalan, AQSHning ayrim shtatlarida) qo'llaniladi va iste’moldan 
olinadigan egri (bilvosita) soliqni o'zida gavdalantiradi. Odatda, 
bu soliqqa iste’mol mahsulotlari (restoranlar bundan mustasno) 
tortilmaydi.
SOTISHNI RAG'BATLANTIRISH - iste’molchilarni xarid qilishga undash
faoliyatidan farqli bo'lgan, sotish tarmogi ishi samaradorligini 
oshirishga qaratilgan marketing faoliyatidir. Bunday shakl sotuvlarni 
qisqa muddatli o'sishiga olib kelib, harakatlantirishning (ilgari 
surishning) yuqorida tilga olingan turlarini to'ldiradi.
SOTSIAL SUG'URTA AJRATMALARI - korporatsiya tomonidan har bir
mamlakatda qonun bilan belgilangan tartibda to' lanadigan majburiy 
sug'urta to'lovlardan iborat. Ishchi-xizmatchilarning ixtiyoriy 
ravishda sug'urta korporatsiyalariga to'lagan sug'urta badallari 
bunga kirmaydi. Ular joriy transfert sifatida qayta taqsimlash 
operatsiyalari hisoblanadi.

зкккгэтн»— 177 —



SOTSIAL TA’MINOT - qariganda, nogironlik bo'yicha, boquvchisini
yuqotganda va qonunda belgilangan boshqa holatlarda fuqarolarni 
moddiy ta’minlash uchun milliy daromadning bir qismini pul 
mablag' larining ijtimoiy fondini shakllantirish va undan foydalanish 
jarayoni bilan bog'liq bo'lgan taqsimlash munosabatlari tizimi.
SOTUV VA TAQSIMOT - sotuv va tovar harakati kanallarini tanlash. Tovar
aylanmasi prognozi va uni rejalashtirish. Tovarni sotish usullarini 
aniqlash.
SOTUVGACHA VA UNDAN KEYING I XIZMAT KO'RSATISH -
xaridorlarni turli ma’Iumotlar, detallar, mutaxassislar yordami, 
qulaylik va rangbarang xizmatlar bilan ta’minlash.
SPONSOR - bironta tadbir yoki faoliyatni amalga oshirishda moliyaviy yordam
ko'rsatuvchi puldor, obro'-e’tiborli shaxs, firma, korporatsiya, 
tashkilot va boshqalar.
SPOT - naqd pul yoki valyuta oldi-sotdisi, sotilgan narsaning haqini darhol,
narsaning o'zini esa xaridorga ertasigayoq berishni nazarda tutadigan 
kelishuv turi.
SPOT OPERATSIYALARI - valyuta bitimi tuzilgandan so'ng, valyutalar
ikki ish kunida kelib tushadigan operatsiyalar.
SSUDA - foiz to'lash sharti bilan qarzga berilgan pul mablag'lari. Masalan,
tadbirkor bankdan 200 ming so'm ssuda oladi. U bir yilga 10 foiz 
sharti bilan berilgan, deb faraz qilamiz. Demak, tadbirkor bir yildan 
keyin 200 ming emas, balki 220 ming so'mni bankka qaytarishi 
shart. Aksariyat banklar korxonaning maqsadlari bo'yicha, ya’ni 
muayyan maqsadlarni moliyalash uchuy maqsadli ssuda beradi. 
Qisqa (1 yilgacha) va uzoq (bir necha yilga) muddatli ssudalar bor.
SSUDA FOIZI - kapital egasiga uni kapitalidan foydalangani uchun iqtisodiy
subyekt tomonidan to'lanadigan narx.
SSUDA KAPITALI - qarzga berilgan pul ishga solinib, yangidan pul topish,
daromad olish uchun ishlatilishidir.
SSUDALARNI BERISH - bank tomonidan qarz mablag'larini berish, tarqatish.
STABILIZATSIYA - barqaror bo'lish, mustahkamlash, masalan, narx-navoning
barqaror bo'lishi, pul muomalasining mustahkamlanishi.
STAGFLYATSIYA - (lot. stagno - “harakatni so'ndiraman” va inflatio-
"shishmoq”, “puflangan”) iqtisodiy tanglik bilan inflyatsiyaning 
birgalikda yuz berishidir. U ishlab chiqarishning turg'unlashtirilishi 
yoki pasayishi (stagnatsiya), o'sib boruvchi ishsizlik va inflyatsiya 
bilan xarakterlanadi. Shuningdek, stagflyatsiya ishlab chiqarish
378


quwatlarining to‘la ishlatilmasligi investitsiya jarayonining 
sustlashuvi, ijtimoiy beqarorlik bilan ham xarakterlanadi. 
Stagflyatsiya g'arb mamlakatlarida 70 yillarda, SSSRda 80 yillarda 
yuz bergan. Bu holatdan chiqish uchun ishlab chiqarishni tashkil 
etish, investitsiya, texnika, texnologiya tizimini yangilash, ishlab 
chiqarish tarkibini o'zgartirish va boshqa bir qator tadbirlami 
amalga oshirish zarur.
STAGNATSIYA - jamiyat va iqtisodiyotning o'ziga xos holati. Iqtisodiy jihatdan
olib qaralsa, bunday vaziyatda ishlab chiqarish ko'lamining keskin 
pasayishi, ishsizlikning, inflyatsiyaning kuchayishi, aholi turmush 
darajasining pasayib ketishi, ijtimoiy tanglikning oshib ketish hollari 
kuzatiladi.
STAJIROVKA- (ishlab chiqarishda, ilmiy-tadqiqot muassasasida, xorijda tajriba
orttirish)magistraturamutaxassisligibo‘yichamaqsadlikasbiyta’lim 
o'quv reja va dasturlarini o'zlashtirish, magistratura talabalarida 
ilmiy-tadqiqot 
kompetensiyalarni 
shakllantirish 
maqsadida 
ta’limning fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasini rivojlantirish 
yo'li orqali magistrlarni eng yangi ilmiy-texnik rivojlanishdagi 
yutuqlar hamda iqtisod, fan, texnika, madaniyat va sog'liqni saqlash 
tarmoqlaridagi zamonaviy texnika va texnologiyalar bazasida ilmiy 
tadqiqot olib borishi.
STANDARTLASHTIRISH - ishlab chiqarishning ma’lum bir sohasida faoliyatni
tartibga solish maqsadida barcha manfaatdor tomonlar ishtirokida 
qoidalar belgilash va qo'llash. Normativ hujjatlar, standartlar, 
yo'riqnomalar, usullar, talablarda aks ettiriladi.
STANDART - faoliyat natijalarini baholovchi mezon; standartizatsiya obyektiga
nisbatan norma va talablarni belgilovchi mezon.
STANDART (O RTA KVADRATIK) CHETLANISH - dispersiyadan olingan
kvadrat ildiz.
STANDART КО ST - hamma xarajatlarni qattiq me’yorlashtirgan va
mahsulotning standart (me’yoriy) tannarxini hisoblash imkoniyatini 
yaratadigan kalkulatsiya qilish tizimi. Xarajatlarning sarflanishi 
jarayonida chetga chiqishlarni nazorat qilish, mas’uliyat va xarajat 
markazlari, xarajat moddalari bo'yicha hisobga olish, chetga 
chiqishning sabablarini aniqlash maqsadida chuqur tahlil qilish 
hamda nazoratni o'matish imkoniyatini yaratadigan tizim. Hozirda 
amaliyotda qo‘ llanilayotgan me’yoriy hisobga olish va tannarxni 
kalkulatsiya qilish usuliga o'xshaydi.
ч Н Т С Х З Д Э Т Ь »" 
3 7 9 ------ ----------------------------------


STATISTIK GIPOTEZA - tanlanma ma’lumotlar asosida tekshirish mumkin
bo'lgan bosh to'plam xossasi haqida oldindan aytilgan ilmiy 
taxmindir.
STATISTIK HISOB - ommaviy xo'jalik hodisalar to'g'risidagi ma’lumotlarni
yig'ish va ishlash tizimidan iborat. Xo'jalik hisobining bu turi butun 
xo'jalik va uning tarmoqlari rivojlanish jarayonini o'rganishga 
yo'naltirilgan. Undan korxona, tashkilot va muassasalarda sodir 
bo'layotgan turli-tuman ommaviy hodisalami kuzatish uchun 
foydalaniladi. Uning yordamida xo'jalik faoliyatining turli-tuman 
miqdoriy va sifat ko'rsatkichlari hisoblab chiqiladi. Sanoatda 
bundaylarga, masalan, ishlab chiqarish hajmi, o'rtacha ish haqi, ish 
vaqtidan foydalanish, mehnat unumdorligi darajasi o'sishi vahokazo 
ко'rsatkichlar kiradi. Dastlabki statistik kuzatuvlarning ma’lumotlari 
tumanlar, viloyatlar va umuman respublika xalq xo'jaligining ayrim 
tarmoqlari bo'yicha umumlashtiriladi.
STATISTIK MASALALAR - barcha parametrlari vaqtincha bog'liq ravishda
o'zgarmaydigan masalalar.
STATISTIKA - ко'plab ijtimoiy voqealarning miqdoriy tomonlarini, ularning sifat
tomonlari bilan uzviy boqliqligini, shuningdek, ijtimoiy voqealarni 
aniq sharoitlar, joy va vaqtlarda rivojlanish qonuniyatlarini 
o'rganuvchi ijtimoiy fan. Buning uchun turli statistika usullari 
qo'llaniladi: statistik kuzatish, iqtisodiy indekslar, guruhlash, 
o'rtacha kattalik va boshqalar. Shu bilan birga statistika tezkor va 
buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan foydalaniladi. O'zbekiston 
Respublikasida statistika ma’lumotlarini yig'ish va ishlab chiqish 
bilan har bir viloyat va tumanlardagi davlat statistika organlari 
shug'ullanadi. Bu organlaming barchasi yagona metodologiya 
asosida ish olib boradi va Davlat statistika qo'mitasi boshchiligida 
yagona tizimni tashkil etadi.
STORNO - buxgalteriya hisobi hujjadaridagi xatolami tuzatishning usullaridan
biri bo'lib, mohiyati shundan iboratki, bunda xato yozuv qizil 
siyoh bilan xuddi o'zidek qilib yana bir marta yoziladi, undan keyin 
to'g'ri yozuv awalgidek tegishli registrda aks ettiriladi. Hisob-varaq 
bo'yicha jami oborot topilayotganida qizil siyoh bilan yozilgan 
summa umumiy yig'indidan ayirib tashlanadi.
STOXASTIK YOKI STATISTIK QONUNLAR - bir turli hodisalarni
ommaviy takrorlanishida namoyon bo'ladigan qonunlar.
STRATEGIK BIZNES-BIRLIK (SBB) - xo'jalik yurituvchi subyektning
tashkiliy tarkibini mukammallashtirishga imkoniyat yaratadigan 
konsepsiya. Har bir biznes birligi uchun mustaqil strategiyani ishlab 
chiqishni taqozo qiladi.
380


STRATEGIK GURUHLAR KARTASI - tarmoqda raqobatlashayotgan
firmalaming raqobat mavqelarini aks ettiruvchi asbobdir. Bu tahliliy 
usul tarmoqning umumiy tahUli va har bir firmaning bozordagi 
mavqeyini bir-biriga bog‘ laydi. Buning uchun tarmoqda ishlayotgan 
barcha kompaniya va firmalar strategik guruhlarga bo'linadi.
STRATEGIK MARKETING - l ) asosiy iste’molchilar guruhlari talab va
ehtiyojlarini muntazam, sistemali tahlil qilish, shuningdek, 
kompaniyaga 
xaridorlarning 
tanlab 
olingan 
guruhlariga 
raqobatchilarga qaraganda yaxshiroq xizmat ko'rsatish va shu tariqa 
raqobatchilik ustunligiga ega bo'lish imkonini beruvchi tovar va 
xizmatlar konsepsiyasini ishlab chiqish; 2) tashkilotlar va jismoniy 
shaxslar ehtiyojlarini tahlil qilish; 3) firmaning maqsadlarinibelgilab 
olish, rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish va muvozanatlangan 
tovar portfeli tuzilmasini ta’minlash; 4) strategik majmua - miks 
hamda muntazam o'zgarib turuvchi marketing muhiti omillarini 
xisobga olgan holda firmaning tovar, narx, kommunikatsiya, 
taqsimlash va sotish sohasidagi strategik siyosatining asosiy 
yo'nalishlarini ishlab chiqish jarayoni.
STRATEGIK REJALASHTIRISH - firmaning maqsadlari, uning marketing
sohasidagi potensial imkoniyatlari o'rtasidagi strategik muvozanatni 
yaratish va qo'llab-quwatlashni boshqarish jarayoni. U firmaning 
aniq shakllantirilgan dasturi, qo'shimcha vazifa va maqsadlarni 
ifodalash,sog'lomxo'jalikportfeliva o'sish strategiyasiga asoslanadi.
STRATEGIK RIVOJLANTIRISH - korxonaning maqsadi, resurslari va
marketing imkoniyatlarining o'zaro strategik muvofiqligini 
ta’minlash jarayoni.
STRATEGIYA - grekcha “strategos” iborasidan olingan bo'lib, “general san’ati”
ma’nosini bildiradi. Bozorlarning va huquqiy tizimning holati, ichki 
va tashqi korxonalar bilan raqobatchilik kabi korxonaning hozirdagi 
va kelajakda tushib qolishi mumkin bo'lgan turli vaziyatlarni hisobga 
olgan holda korxonaning boshqaruvchilik, texnik, moliyaviy va 
boshqa resurslarini ishlatish haqida qaror qabul qilishdir. Strategiya 
mahsulot nomenklaturasi va ishlab chiqarish hajmlari, sotish 
bozorlari, xomashyo va investitsiya manbalarini o'z ichiga oluvchi 
restrukturizatsiyaning turli bosqichlarida korxona rivojlanishining 
asosiy yo'nalishlarini belgilab berishi lozim.
STRATEGIYA IKKIGA BO'LINISHI - korxona o'z raqibining bozordagi
o'rnini egallash maqsadida, shu bilan birga, o'z o'rnini ham saqlab 
qolgan holda faoliyat yuritishda o'rinlidir. Bunda ushbu korxona 
o'z mahsuloti xarakteristikalariga qo'shimcha tarzda raqibining 
faoliyatini takrorlab, yaxshilaydi. Ko'p hollarda bu holat korxona 
uchun mag'lub bir murosalarga borish muammolarini tug'diradi.


STRATEGIK MOLIYAVIY BOSHQARUVNING O'SISH STILI - korxona
moliyaviy faoliyatining rivojlanish darajasi yuqori bo'Igan holatda 
qabul qilinadigan moliyaviy qarorlar muqobil variantlarini 
minimallashtirishni va rivojlanish darajasini saqlab qolishni o'zida 
aks ettiradi.
STRATEGIK MOLIYAVIY BOSHQARUVNING TADBIRKORLIK STILI
- moliyaviy faoliyatning barcha yo'nalishlari va shakllari bo'yicha 
samarali boshqaruv qarorlari ustida faol ishlashni tashkil etadi. 
Moliyaviy boshqaruvning bu stili tashqi omillar o'zgarishini hisobga 
olgan holda qo'yilgan strategik maqsadlarga erishish uchun barcha 
yo'llarda moliyaviy faoliyatlami amalga oshirishning yo'nalishlari, 
shakllari va metodlari doimiy transformatsiyasi bilan bog'liq.
STRUKTURA - (lot. tuzilish) narsalar tarkibiy qismlarining o'zaro bog'liq
ravishda joylashishi, tuzilishini bildiradi.
STRUKTURAVIY (TARKIBIY) ISHSIZLIK - ishchi kuchi strukturasi sekin
o'zgaradi va har doim takomillashib boradigan ishlab chiqarishning 
strukturasiga mos kelmaydi, ish kuchiga bo'Igan taklif va talabning 
mos kelmasligi natijasida ishsizlik vujudga keladi, bu strukturaviy 
ishsizlik deyiladi. Masalan, 80-yillardadunyobozoridaneftnarxining 
pasayishi natijasida AQSHda shu sohada ishlaydiganlarning 
ko'pchiligi ishsizga aylandilar. Kompyuterning kashf etilishi va 
ishlab chiqarishga joriy etilishi natijasida idora xizmatchilarining 
ko'pchiligi o'z ishlarini yo'qotadilar, ammo shu vaqtning o'zida 
matematiklar, programmistlarga minglab bo'sh joylar bor edi.
SUBSCHYOTLAR - obyektlarning turli nomenklaturadagi hisobini olib borish
uchun foydalaniladi. Asosiy schyotlar ko'rsatkichiga qo'shimcha 
sifatida kiritiladi.
SUBSIDIYA-muhtojxo'jaliklargaalohigayordamko'rsatishuchundavlatiqtisodiy
sarflarining turi. Dotatsiya subsidiyaning bir turi hisoblanadi. U 
iqtisodiyotni tartibga solish vositasi bo'lib, uning maqsadi mavjud 
ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda moliyaviy yordam 
ko'rsatishdir. Masalan, o'ta muhim ilmiy-texnikaviy ishlar, ekologik 
muammolarni hal etishda qatnashadigan korxonalar, eksportni 
ko'paytirish yoki kamaytirish uchun tovarlar zaxirasini hosil etishda 
subsidiyalardan foydalaniladi. Subsidiya ikki yo'l bilan berilishi 
mumkin: a) bevosita budjetdan qaytarib bermaslik sharti bilan 
pul ajratish; b) davlat tomonidan har xil imtiyozlar berish (soliq va 
bojlarni kamaytirish, davlat tomonidan kamaytirilgan stavkada qarz 
berish va boshqalar).
SUBSTANDART - aktivlar aniq ifodalangan kamchiliklarga ega bo'lib, bu holat
dastlabki shartnomaga muvofiq qarz qaytarilishi shartlarining


bajarilishiga shubha uyg'otadi. Substandart sifatida tasniflangan 
aktivlar bo'yicha tijorat banklar qarzining to'lanmagan summasi 25 
foiziga teng bo'lgan zaxiralari ikkilantirishi lozim.
SUBSTANDART KREDITLAR - 2 
to'lov 
davrida 
foiz yig'indisi
to'lanmagan kreditlardir.
SUBSTITSIYA - lotinchada, “o'rnimga boshqani tayinlayman”, degan ma’noni
bildiradi. Vasiyatnomada ko'rsatilgan merosxo'rdan tashqari, 
yana (rezerv) boshqa merosxo'rni (substitut) ko'rsatish huquqi. 
Substitut tovarlar deganda bir-birining o'rnini bosishi mumkin 
bo'lgan mahsulotlar tushuniladi.
SUBVENSIYA - konkret maqsadga mo'ljallangan subsidiya, davlat tomonidan
boshqaruvni mahalliy organlarga markaz tomonidan ma’qullagan 
loyiha va dasturlarni amalga oshirish uchun beriladi. Shu maqsadda 
davlat budjetida maxsus subsidiya fondi tashkil etiladi.
SUBYEKT - (lot. - ega) faol amal qiluvchi hamda biluvchi ong va irodaga ega
bo'lgan inson tushuniladi. Masalan: mulk subyekti deganda, o'sha 
mulkka egalik qiluvchi inson tushuniladi.
SUD 
TOMONIDAN 
TAYINLAN GAN 
ISH 
BOSHQARUVCHI 
-
bankrotlikni e’tirof etish bilan bog'liq masalalar yuzasidan huquqiy 
taomilga ko'ra ish olib boruvchi yoxud qonunlarda ko'rsatilgan 
boshqa xildagi vakolatlardan foydalana olish huquqiga ega bo'lgan 
shaxs.
SUDGA MUROJAAT QILGUNGA QADAR AMALGA OSHIRILADIGAN
HUQUQIY TAOMILLAR - xo'jalik sudining aralashuvidan 
ilgariroq qarzdorning o'z kreditorlari bilan murosaga kelishiga 
yordam beradigan chora-tadbirlar.
SUDXO'R - sudxo'r, ijarachi, foydaxo'r, foyda olishni ko'zlab pulni qarz beruvchi
kishi.
SUG'URTA - har xil noxush hodisalar ro'y berishi natijasida ko'rilgan zararni
qoplash hamda fuqorolaming hayotida tegishli sug'urta hodisalari 
ro'y berganda ularga moddiy yordam ko'rsatish maqsadida tashkil 
etiladigan va undan foydalanish bilan bog' liq (maqsadli pul fondlari) 
iqtisodiy munosabatlar yig'indisi. O'tkazish shartiga qarab, sug'urta 
majburiy va ixtiyoriy bo'ladi. Obyektiga ko'ra, mulkiy, shaxsiy va 
javobgarlik sug'urtasiga bo'linadi. Sug'urtaning asosini risk tashkil 
etadi. Sug'urta - bu riskni taqsimlash usulidir.
SUG'URTA BAHOSI - sug'urtalash maqsadida aniqlanadigan mol-mulkning
qiymati. Amaliyotda mol-mulklar haqiqiy qiymati, bozor qiymati 
va boshqa qiymatlar vositasida baholanadi. Zarur hollarda sug'urta
383 —



bahosini to‘g'ri hisoblash uchun malakali ekspertlar jalb etiladi. 
Sug'urta bahosi to'g'risidagi haqiqiy ma’lumot ta’rif stavkasi va 
sug'urta mukofoti miqdorini aniqlashda muhim ahamiyatga ega. 
Amaldagi qonunchilikka binoan, sug'urta summasi mol-mulkning 
sug'urta bahosidan oshib ketmasligi zarur.
SUG'URTA BOZORI - oldi-sotdi obyekti o'ziga xos tovar - sug'urta
xizmati bo'lgan va unga nisbatan taklif va talab shakllanadigan 
pul munosabatlari sohasi. Sug'urta huquqiy munosabatlari 
ishtirokchilari o'rtasidagi o'zaro aloqadorlikning shakli.
SUG'URTA BOZORI ASSORTIMENTI - sug'urtalanuvchi murojaat qilishi
mumkin bo'lgan sug'urta turli ko'rinishlarining (turlarining) 
to'plami (majmuyi).
SUG'URTA DALOLATNOMASI - sug'urta hodisasi ro'y berganda sug'urta
kompaniyasi tomonidan tuziladigan hujjat. Dalolatnomada mol- 
mulkning zararlanish yoxud nobud bo'lish sabablari, ko'rilgan 
zarar miqdori va boshqa ko'rsatkichlar bo'ladi. Dalolatnomaga 
zarur hollarda sug'urta hodisasi va mol-mulkning zararlanganligini 
tasdiqlovchi tegishli tashkilotlarning (yong'inga qarshi kurash, 
davlat avtomobil nazorati, qishloq xo'jaligi, veterinariya xizmati 
va boshqalar) yozma hulosasi ilova etiladi. Xalqaro sug'urta 
munosabatlarida sug'urta dalolatnomasini adjaster tuzadi va 
mohiyatan avariya sertifikatiga yaqinlashadi.
SUG'URTA GUVOHNOMASI (SUG'URTAVIY POLIS) - tuzilgan sug'urta
shartnomasi va uning shartlari mazmunini o'zida mujassam 
etganligiga 
guvohlik 
beruvchi 
sug'urtalovchi 
tomonidan 
sug'urtalanuvchiga o'rnatilgan namunaga muvofiq beriladigan 
hujjat. Sug'urtalanuvchiga u tomonidan birinchi marta yoki 
bir martalik sug'urta badali to'langanidan so'ng beriladi. Unda 
sug'urtaning asosiy shartlari: sug'urtalanuvchining familiyasi va 
ismi sharifi, uning rekvizitlari, sug'urta hajmi, sug'urta majburiyati 
hajmi, sug'urta summasining miqdori, sug'urta tarifi, sug'urta 
qoplanmasini oluvchi va boshqalar o'z ifodasini topadi.
SUG'URTA HIMOYASI - ijtimoiy ishlab chiqarish va aholining turmush
darajasiga nisbatan yetkazilgan yo'qotmalarga barham berish yoki 
ularni qoplash (tiklash) bilan bog'liq bo'lgan o'ziga xos taqsimlash 
va qayta taqsimlash munosabatlarining majmuyini o'zida mujassam 
etgan iqtisodiy kategoriya (keng ma’noda); konkret obyektlarga: 
moddiy boyliklar, hayot, sog'lik, fuqarolarning mehnatga 
layoqatliligi va boshqalarga yetkazilgan ziyonlarni tiklash va ularga 
barham berish borasidagi qayta taqsimlash munosabatlarining 
majmuyi (tor ma’noda).
384


SUG'URTA HODISALARI CHASTOTASI - inshoodarning yonish,
transport vositalarining avariya bo'lish darajasini, aholi nogironligi 
darajasi va shunga o'xshash darajalarni ifodalovchi ko'rsatkich. 
Sug'urta hodisalari sonini sug'urta qoplamalari miqdoriga yoki 
sug'urtalangan obyektlar miqdoriga nisbati sug'urta hodisalari 
chastotasini aniqlaydi.
SUG'URTA HODISASI - stixiyali, tabiiy yoki oldindan ко'rib bo'lmaydigan
voqea-hodisalarning amalda yuz berishi. Sug'urta hodisasi yuzaga 
kelgan zarar sug'urta kompaniyasi tomonidan shartnomaga 
muvofiq qoplanadi. Mulkiy sug'urtada sug'urta hodisasi deyilganda, 
stixiyali hodisalar, yong'in, avariya, portlash, zilzila, dovul va 
boshqalar tushuniladi. Shaxsiy sug'urtada esa sug'urta hodisasiga 
fuqarolarning ma’lum bir muddatgacha yashashi, ularning hayotida 
baxtsiz hodisalarning ro'y berishi yoki o'limi kiradi. Xalqaro 
amaliyotda sug'urta hodisasi ba’zan “fors-major” deb yuritiladi.
SUG'URTA HUQUQI - sug'urtalovchilar, sug'urtalanuvchilar va ular o'rtasidagi
vositachilarning xatti-harakati qoidalari yig'indisi. Sug'urta huquqi 
qonun va qonun hujjatlarida o'z aksini topadi. Sug'urta huquqi 
moliyaviy huquqning bir qismi hisoblanadi.
SUG'URTA KOMPANIYASI - sug'urta shartnomasini tuzish va unga xizmat
qilishni amalga oshiruvchi, sug'urtalanuvchi bilan huquqiy 
munosabatda bo'luvchi yuridik shaxs. U o'z nizomi asosida faoliyat 
yurituvchi mustaqil xo'jalik subyektidir. Tegishli iqtisodiy muhitda 
faoliyat yurituvchi sug'urta kompaniyalarining yig'indisi sug'urta 
tuzimini tashkil etadi. Sug'urta kompaniyalari bajaradigan sug'urta 
operatsiyalariga ko'ra, ular universal va ixtisoslashgan bo'ladi. Ustav 
kapitali miqdori hamda kelib tushgan sug'urta mukofotlari hajmiga 
muvofiq, sug'urta kompaniyalarini yirik, o'rta va kichik guruhlarga 
bo'lish mumkin.
SUG'URTA КО RP О RATS IYAL ARI VA NAFAQA JAMG'ARMALARI -
kichiksektor,rezidentsug'urtakorporatsiyalari,kvazikorporatsiyalar 
va muxtor nafaqa jamg'armalaridan tarkib topadi.
SUG'URTA KORPORATSIYALARI VA NAFAQA JAMG'ARMALARIDAN
TASHQARI BOSHQA MOLIYA VOSITACHILARI - kichik
sektor, depozit korporatsiyalar, sug'urta korporatsiyalar va 
nafaqa jamg'armalaridan tashqari asosan moliyaviy vositachilik 
bilan shug'ullanuvchi barcha rezident korporatsiyalari va 
kvazikorporatsiyalarni o'z ichiga oladi.
SUG'URTA KVOTASI - l ) bir necha sug'urta kompaniyasi tomonidan
birgalikda tegishli obyekt sug'urtalanayotganda, bitta sug'urta


kompaniyasiga to'g'ri keladigan hissa. Bunday holatda har bir 
sug'urta kompaniyasiga tegishli kvota yagona sug'urta polisida 
o'z aksini topadi; 2) qayta sug'urtalash kompaniyasini qayta 
sug'urtalashda qatnashish hissasi.
SUG'URTA MANFAATI - sug'urtada moddiy manfaatdorlik chorasi. Sug'urta
hodisasi ro'y berishi natijasida sug'urtalanuvchiga moddiy zarar 
keltiruvchi predmetlar (mol-mulk) yoki sug'urtalanuvchining 
uchinchi 
shaxsga 
zarar 
keltirish 
holatlari. 
Masalan, 
sug'urtalanuvchining avtomobil transporti yo'l-transport hodisasi 
tufayli shikastlanganda, sug'urtalanuvchida ushbu mulkka nisbatan 
manfaatdorlik yuzaga keladi va sug'urta moddiy manfaatdorlik 
chorasi sifatida maydonga chiqadi.
SUG'URTA MAYDONI - sug'urtaga tortilishi zarur bo'lgan obyektlaming eng
katta soni. Ayrim ekspertlarxulosasiga ko'ra, O'zbekistonda sug'urta 
maydoni hali to'la o'zlashtirilmagan. Faqat mol-mulklarning 20-30 
foizigina sug'urtaga tortilgan.
SUG'URTAMUKOFOTI - sug'urta mukofotining miqdori sug'urta summasiga
nisbatan foizlarda aniqlanadi. Sug'urta mukofotining miqdori 
aniq summalarda ham ifodalanishi mumkin. Masalan, avtomobil 
egalarininguchinchi shaxsga zarar keltirish fuqarolikj avobgarligining 
sug'urtasida sug'urta mukofoti aniq pul birligida ko'rsatiladi.
SUG'URTA MUKOFOTLARI ZAXIRASI - hayotni va nafaqani uzoq
muddatli sug'urtalash bo'yicha to'lovlami oldindan to'lash uchun 
sug'urta kompaniyasida tashkil etiladigan fond. Bu fond sug'urta 
operatsiyalarining moliyaviy barqarorligini ta’minlashda hamda 
sug'urtalovchi zimmasidagi majburiyatlami bajarishda muhim 
о'rin tutadi. Hayot sug'urtasi shartnomalari, odatda, bir necha 
yilga tuziladi. Sug'urta mukoftlarini kelib tushish va sug'urta 
summasini to'lash vaqtlari o'zaro to'g'ri kelmaganligi uchun, 
sug'urta kompaniyasiga kelib tushgan sug'urta mukofoti ma’lum 
vaqt mobaynida uning ixtiyorida bo'sh xolda bo'ladi. Kelib tushgan 
sug'urta mukofotlarining bir qismi joriy to'lovlar uchun sarflanadi, 
qolgan qismi esa zaxira fondini shakllantirish uchun yo'naltiriladi. 
Uzoq muddatli hayot sug'urtasi bo'yicha zaxira fondining 
mablag'lari kredit resursi sifatida foydalanilishi mumkin.
SUG'URTA OBYEKTI - shaxsiy sug'urtada fuqarolarning hayoti, sog'lig'i,
mehnat qobiliyati: mulkiy sug'urtada binolar, qurilmalar, transport 
vositalari, uy-joy mulki, tashiladigan yuklar va boshqa moddiy 
boyliklarni saqlash bilan bog'liq manfaatlar; jismoniy yoki yuridik 
shaxsning o'z xatti-harakati bilan uning shaxsga zarar keltirish
386


fuqarolik mas’uliyati - mas’uliyatni sug'urtaiashda sug'urta 
obyektlari bo'lib hisoblanadi. Riskni baholash maqsadida sug'urta 
obyekti sug'urta kompaniyasining mutaxassislari tomonidan 
ekspertiza qilinishi mumkin.
SUG'URTA POLISI EGALARINING MULK UCHUN DAROMADLARI -
Sug'urta kompaniyalari fuqarolarning hayotini sug'urta qiladilar. 
Natijada yig'ilgan mablag'lar investitsiya sifatida ishlatilib evaziga 
ma’lum bir daromad keltiradilar. Sug'urta kompaniyalarining bu 
daromadlari (aslida sug'urta qilingan fuqarolarning mablag'lari 
evaziga kelgani uchun va MHT qoidalariga ko'ra) uy xo'jaligi 
sektorining mulkdan olgan daromadi sifatida talqin qilinadi. Chunki, 
bu mablag'lar pirovardida sug'urta polisiga ega bo'lgan fuqarolarga 
sug'urta mukofoti sifatida beriladi.
SUG'URTA POLISI - sug'urta shartnomasi tuzilganlik faktini tasdiqlovchi
hujjat. Sug'urta polisida quyidagi rekvizitlar bo'lishi shart: sug'urta 
kompaniyasining yuridik manzili, sug'urtalanuvchining nomi, 
sug'urta obyekti, sug'urta mukofotining miqdori, shartnomaning
amalqilishmuddati.Sug‘urtaqoplamasinito‘lashdasug'urtalanuvchi 
sug'urta polisini sug'urta kompaniyasiga taqdim etishi zarur.
SUG'URTA POLISIDAN DAROMAD - sug'urta polisi egalarining sug'urta
shartnomasiga ko'ra oladigan daromadlari.
SUG'URTA PORTFELI - sug'urta kompaniyasiga kelib tushgan sug'urta
mukofotlarining yig'indisi. Sug'urtalangan obyektlar soni, sug'urta 
shartnomalarining miqdori ham sug'urta portfeli tushunchasini 
anglatadi. Chet mamlakatlar sug'urta amaliyotida ushbu ibora 
ishlab topilgan sug'urta mukofotining hajmi tushunchasiga to'g'ri 
keladi.
SUG'URTA PULI - sug'urta majburiyatini bajarish hamda sug'urta
operatsiyalarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida 
yuridik shaxs maqomiga ega bo'lmasdan o'zaro kelishgan holda bir 
qancha sug'urta kompaniyalarining ixtiyoriy uyushmasi. Sug'urta 
puli, asosan, xavfli, yirik obyektlami sug'urtalash maqsadida tashkil 
etiladi. Har qaysi kompaniya o'z sug'urtalangan riskni pulga beradi 
va buning uchun pul orqali yig'ilgan sug'urta mukofotlarining 
bir qismini oladi. Olingan sug'urta mukofotlari hajmida sug'urta 
qoplamasini to'lash bo'yicha javobgarlikni o'z zimmasiga oladi. 
Xorijiy mamlakatlarda aviatsiya, atom, xarbiy risklarni sug'urtalash 
uchun sug'urta puli tashkil etilgan.
387


SUG'URTA QOPLAMASI - mulkiy sug'urtada va sug'urtaianuvchining
uchinchi shaxs oldida fuqarolik javobgarligi sug'urtasida zararni 
qoplash uchun sug'urta fondidan to'lanadigan pul mablag'i. 
Sug'urta qoplamasi sug'urta summasiga teng yoki undan kam 
bo'lishi mumkin. Sug'urta hodisasi ro'y berganlik holati va shakli 
bo'yicha adjaster yoki avariya komissarining xulosasi sug'urta 
kompaniyasi tomonidan sug'urta qoplamasi to'lanishida asos bo'lib 
xizmat qiladi.
SUG'URTA QOPLAMASI LIMITI - sug'urta kompaniyasining filiali,
bo'limi,shu bakorxonasitomonidanbittasug'urtahodisasibo'yicha 
mustaqil to'lanadigan sug'urta qoplamasining eng yuqori miqdori. 
Bu miqdorni sug'urta kompaniyasi boshqaruvi joylardagi sug'urta 
summasining zararlilik darajasidan, kadrlarning malakasidan va 
boshqa omillardan kelib chiqqan holda belgilaydi.
SUG'URTA REZERVLARI - sug'urta badallari hisobidan shakllanadigan va
birinchi navbatda, sug'urtalanuvchilarga sug'urta to'lovlarini amalga 
oshirishga sarf (xarj) qilinadigan maxsus fondlar. Daromadlarga 
emas, balki sug'urtalovchining majburiyatlariga bog'liq ravishda 
shakllanadi (tashkil qilinadi).
SUG'URTA SHARTNOMASI - ikki tomonlama yozma ravishdagi bitim
bo'lib, bunda sug'urta kompaniyasi sug'urta hodisasi tufayli 
zarar ko'rilganda sug'urtalanuvchiga sug'urta qoplamasi yoki 
sug'urta summasini to'lash majburiyatini, sug'urtalanuvchi esa 
belgilangan muddatlarda sug'urta mukofotini to'lash majburiyatini 
oladi. Sug'urta shartnomasi tuzilganlik faktini tasdiqlash uchun 
sug'urtalovchi sug'urtalanuvchiga sug'urta polisi beradi. Sug'urta 
shartnomasini tuzishdagi asosiy, oddiy va qo'shimcha shartlar 
sug'urta shartnomasining mazmunini tashkil etadi.
SUG'URTA SUMMASI - sug'urta manfaati va sug'urta riskiga mos keluvchi
pul mablag'i. Xalqaro amaliyotda sug'urta summasi sug'urta 
qoplamasi deyiladi. Sug'urta summasiga nisbatan sug'urta mukofoti 
aniqlanadi va sug'urta qoplamasi to'lanadi. Sug'urta summasi 
iborasi, ko'proq, shaxsiy sug'urtada - fuqarolarning hayoti, 
sog'lig'ini sug'urtalashda ishlatiladi.
SUG'URTA SUMMASINING ZARARLILIGI - sug'urta summasi va
sug'urta qoplamasi to'lovi o'rtasidagi nisbatni xarakterlovchi 
iqtisodiy ko'rsatkich. Bu ko'rsatkich zarar miqdori ehtimolligini 
ko'rsatadi va undan riskning o'zgarishi ustidan nazorat o'rnatishda 
foydalaniladi. Sug'urta summasining zararlilik ko'rsatkichi quyidagi
388


omillar ta’siri ostida shakllanadi: sug'urtalangan obyektlar soni va 
ularning sug'urta summasi, sug'urta hodisalarining soni, zarar 
ko'rgan obyektlar soni va sug'urta qoplamasi. Sug'urta summasining 
zararlilik ko'rsatkichi netto-stavka tuzilishiga qarab har bir sug'urta 
turi yoki javobgarlik turi bo'yicha aniqlanadi. Agar zararlilik 
ko'rsatkichi netto-stavkaga yaqinlashsa yoki undan oshib ketsa, bu 
holda sug'urta summasining zararlilik ko'rsatkichi yuqori darajada 
ekanligidan dalolat beradi.
SUG'URTA TIZIM I - l ) turli xil sug'urta kompaniyalari va ularni sug'urta
nazorati bilan aloqadorligining yig'indisi: 2) sug'urta huquqiy 
munosabatlarni tashkil etishning davlat - huquqiy shakli.
SUG'URTA YIG'IM I - jismoniy shaxsning yo'lovchilarning majburiy sug'urta
bo'yicha bir marta to'lanadigan sug'urta mukofoti. Odatda, sug'urta 
yig'imi yo'l haqi tarkibida bo'ladi va chiptada sug'urta yig'imi 
“kiritilgan”, degan so'z bo'ladi.
SUG'URTA ZAXIRALARI - sug'urta summalarini to'lashni kafolatlash
maqsadida sug'urta kompaniyalari tashkil etgan fondlar. Agar, 
ma’lum bir vaqtda sug'urta qoplamalarini to'lash uchun joriy 
sug'urta mukofotlari etmasa, sug'urta kompaniyasi zaxira 
fondlaridan foydalanishi mumkin. Sug'urta zaxiralariga quyidagilar 
kiradi: hayotning sug'urtasi bo'yicha zaxira fondlari, ro'y bergan, 
ammo arz qilmagan zararlarni qoplash zaxiralari va boshqalar. 
Ushbu zaxira fondlarining mablag'lari vaqtincha bo'sh bo'lgani 
uchun investitsiya maqsadlarida foydalanilishi mumkin. Buning 
natijasida sug'urta kompaniyasi qo'shimcha daromad oladi.
SUG'URTADA TARIF SIYOSATI - sug'urta operatsiyalarining zararsiz
o'tkazilishini va sug'urtalanuvchilarning manfaati yo'lida sug'urta 
tariflarini belgilash, aniqlash, tartibga solish va tabaqalashtirish 
bo'yicha sug'urta kompaniyasining maqsadli yo'naltirilgan 
faoliyati. Sug'urtada tarif siyosati quyidagi asosiy prinsiplarga 
asoslanadi: Netto-mukofotlar va sug'urta qoplamasi o'rtasidagi 
ekvivalentlik. Har bir sug'urta turi bo'yicha netto-stavka 
zararlarning ehtimol tutilgan miqdoriga maksimal darajada to'g'ri 
kelishi zarur. Sug'urtalanuvchilarning asosiy qismi uchun sug'urta 
tarifi miqdorining qulayligi. Tarif stavkalarining yuqori darajada 
belgilanishi sug'urta ishining rivojlanishi uchun to'siq bo'ladi.
SUG'URTALANUVCHI - qonun yoki ikki tomonlama shartnoma asosida
sug'urta kompaniyasi bilan fuqoralik-huquqiy munosabatlarga 
kiruvchi 
yuridik 
yoki 
jismoniy 
shaxs. 
Sug'urtalanuvchi
ii 
1

Yüklə 22,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə