Sh. Sh. Shodmonov



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/123
tarix28.11.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#136630
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   123
SH. SH. Pul nazariyasi

1. Oshkora inflatsiya. 
Talab tomoniga qaragan makroiqtisodiy 
tengsizlik doimiy ravishda narx-navoning ko‘tarilib borishi bilan 
ifodalanadigan bo'lsa, bunday inflatsiya oshkora inflatsiya deb ataladi.
Oshkora inflatsiya bozor mexanizmini buzmaydi: narx-navo ba’zi 
bozorlarda ko'tarilishi bilan bir vaqtda boshqa bozorlarda pasayib borishi 
mumkin. Buning asosiy sababi shundan iboratki, bozor mexanizmlari 
o‘z ta ’sirini davom ettirib, milliy iqtisodiyotga baholar to ‘g‘risidagi 
ma’lumotlarni oshkora yetkazib turadi, investitsiyalarni ilgari surib, 
ishlab chiqarishning kengayishi bilan taklifni rag'batlntirib boradi.
2. Yashirin inflatsiya. 
Inflatsiyaning ushbu turi shunday ko‘rinshda 
b o ‘ladiki, bunday holatda ba’zi bir iste’mol mahsulotlariga narx- 
navo m a’muriy tarzda davlat tomonidan o'm atiladi va tartibga solib 
turiladi. Bundan asosiy maqsad, davlat tomonidan ba’zi mahsulotlarga 
narx-navo «ijtimoiy past» darajada belgilanadi. Yashirin inflatsiya 
sharoitida narx-navoning keskin o ‘sishi kuzatilmasligi mumkin. Lekin
84
/


milliy pul birligining qadrsizlanishi, aholi o ‘z pul mablag'lariga kerakli 
mahsulotlarni xarid qila olmaslik holatlari paydo boiadi.
Iqtisodiyotda yashirin inflatsiya yuzaga chiqqanda mahsulotlarning 
narx-navosi hamda aholi daromadlarming o'sishi vaqtincha to ‘xtatiladi. 
Yashirin inflatsiya vujudga kelishining asosiy sabablaridan biri bu narxlar 
ustidan m a’muriy nazorat o'rnatishdir. Buning natijasida bozor mexa­
nizmi deformatsiyalanadi. Uning qaysi darajada o'zgarganligi darajasi 
va davomiyligi davlat tom onidan olib boriladigan siyosatga hamda 
tartibga solish shakliga bevosita bog‘liq bo'ladi. Ushbu inflatsiyaning 
salbiy tomoni shundan iboratki, inflatsiya davrida ishsizlik darajasi 
oshadi, chunki ishlab chiqarish rivojlanmaydi.
Xorijiy va milliy iqtisodiy nazariyaning qarashlariga asosan iqtiso- 
diyotdagi muvozanatlik buzilishi va uning oqibatida inflatsiyani yuzaga 
chiqishining quyidagi omillari mavjud:
— qog'oz pullarni emissiya qilishda va tashqi savdoda davlatning 
mutloq monopoliyasi;
— davlat xarajatlarining ortishi;
- kasaba uyushmalari tomonidan budjet muassasalari ishchi-xo- 
dimlarining ish haqlarini oshirish bo'yicha faoliyati;
- iqtisodiyotda mahsulot ishlab chiqarish, xizmatlar ko'rsatish sohasida 
ayrim xo'jalik subyektlarining monopoliya (oligopoliya) holati mavjudligi.
Biz yuqorida ta ’kidlab o'tgan omillar nafaqat o'zaro bog'liq, balki 
ular talab va taklifning o'sishi yoki pasayishiga turlicha ta ’sir ko'rsatadi.
Xorijiy amaliyotda inflatsiyaning yuzaga chiqish usullari quyidagi 
turlarga ajratiladi: taklif inflatsiyasi, talab inflatsiyasi, xarajatlar infla- 
tsiyasi, kredit inflatsiyasi, import bilan bog'liq bo'lgan inflatsiya va 
kutilayotgan inflatsiya.
Taklif inflatsiyasida ishlab chiqarish xarajatlarini oshishi natijasida 
mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko'rsatiladigan xizmatlarga bo'lgan 
narx-navoning o'sishi yuzaga chiqadi. Ushbu inflatsiya turida monopol 
holatdagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarishda asosiy vositalami 
modernizatsiya qilish bilan bir vaqtda ulardan to'liq foydalanmaslik 
oqibatida xarajatlar ortadi. Buning natijasida kam ishlab chiqarilgan 
mahsulotlarning narx-navosi ham oshib ketadi.
Talab inflatsiyasi. Inflatsiyaning ushbu turi mamlakat aholisi va 
xo'jalik subyektlarining daromadlari haqiqiy ishlab chiqarilgan mahsu­
lotlar, bajarilgan ishlar hamda ko'rsatilgan xizmatlar miqdoridan tez 
o'sadi. Odatda, talab inflatsiyasi ishchi kuchining to'liq ish bilan bandlik 
holatida yuzaga chiqadi. Aholi daromadlarming tez sur’atda o'sishi
85


natijasida tovar va xizmatlarga bo‘lgan narx-navo oshadi. Bunday 
holatda talabning har qanday o‘sishi narx-navoning o ‘sishiga olib keladi.

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə