Sh. Sh. Shodmonov


Iqtisodiyotning real sektoriga yo ‘naltirilgan kredit



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/123
tarix28.11.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#136630
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   123
SH. SH. Pul nazariyasi

Iqtisodiyotning real sektoriga yo ‘naltirilgan kredit
qo'yilm alari qoldig‘i
(mlrd. so‘m)
12000
10000
8000
6000
4000
2000
0
3010,4 
3557’6
У
2104,3
1502,6
2007-yil 
2008-yil 
2009-yil 
2010-yil
Manba: 0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi ma’- 
lumotlari.
5- rasm.
Tijorat banklari 
o‘zlarining xo‘jalik mavqeiga ko'ra aksionerlik 
tipidagi muassasalar hisoblanadi. Huquqiy mavqeiga ko‘ra, faoliyatning 
biron bir turiga xizniat ko'rsatuvchi, ixtisoslashgan yoki milliy bank 
bo‘lishi mumkin. Tijorat banklar sanoat, savdo va boshqa xil korxo- 
nalami omonat tarzida jalb etilgan pul mablag‘lari hisobidan kreditlaydi, 
korxonalar o‘rtasida hisob-kitobni amalga oshiradi, shuningdek, vosita­
chilik va valuta operatsiyalari bilan shug‘ullanadi.
112


0 ‘zbekiston R espublikasi qonunlari va boshqa hujjatlarida n a za rda
tutilgan tartibda m axsus tijorat banklari tashkil etilishi m um kin. Tijorat
banklari О ‘zbekiston R espublikasi M arka ziy bankidan tegishli litsenziyan i
olganlaridan keyin xorijiy valutada operatsiyalar am alga oshiradilar.
0 ‘zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati» to‘g‘risidagi 
qonunida aytilishicha, tijorat banklari va aksiyali pay asosida tashkil 
topgan xususiy banklar bo‘ladiki, ular «kredit hisob-kitob va o‘zga xil 
bank xizmatini ko'rsatadilar». Tijorat banklar faoliyatining asosiy maqsadi 
foyda chiqarib olishni ko‘zda tutadi. Tijorat banklari daromadining 
manbayi mijozlarining bank xizmati uchun to'lovi va aktivlardan — 
zayom, kredit, qimmatli qog‘ozlardan olinadigan foiz hisoblanadi.
Tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
subyektlarini qo‘llab-quvvatlash borasida e’tiborli jihatlardan biri 
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 10-noyabrdagi 4051- 
sonli «Mikrokreditbank» aksiyadorlik tijorat bankining tadbirkorlik 
subyektlarini qo‘llab-quwatlash borasidagi faoliyatini yanada kengay- 
tirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoniga muvofiq:
— tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun 18 oygacha muddatga 
beriladigan eng kam ish haqining 200 barobari miqdoridagi imtiyozli 
mikrokreditlar bo‘yicha maksimal stavkani yillik 5 foizdan 3 foizga;
— kichik biznes subycktlari faoliyatini kengaytirish va aylanma 
mablag‘larini to‘ldirish uchun 24 oygacha muddatga beriladigan eng 
kam ish haqining 500 barobari miqdoridagi mikrokreditlar bo'yicha — 
Markaziy bank tomonidan qayta moliyalashtirish stavkasining 100 foizi- 
dan 50 foiziga;
— kichik biznes subyektlari uchun 3 yilgacha muddatga beriladigan 
eng kam ish haqining 2000 barobari miqdoridagi imtiyozli mikrolizing 
xizmatlari bo‘yicha maksimal stavkani yillik 7 foizdan 5 foizga tushirildi.
Kreditlashda bunday ahamiyatli imtiyozlarning belgilanishi mazkur 
soha vakillari tomonidan kreditga bo'lgan talab va ayni paytda ularga 
berilayotgan kredit hajmining yildan-yilga oshib borishiga olib kelmoqda. 
Jumladan, 2007—2010-yillar davomida tijorat banklari tomonidan kichik 
biznes subyektlariga berilgan jami kreditlar miqdori 2,9 barobar oshgan 
(6-rasm).
Bunga qo‘shimcha ravishda tijorat banklari tomonidan fermer 
xo'jaliklarini kelasi yil hosili va yer uchastkasini ijara huquqini garovga 
qo‘yish bo‘yicha kreditlash mexanizmi ishlab chiqilgan. Shuni ta’kidlash 
kerakki, kreditlarni ta’minlashning yangi garov mexanizmi fermer 
xo‘jaliklarini qarz mablag‘laridan keng foydalanishga imkoniyat yaratadi.

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə