Shahar (viloyat) tuman “ ” nomli maktabgacha ta’lim tashkiloti


III. Oʻtkazilagan tadbirlar tavsifi



Yüklə 3,25 Mb.
səhifə10/22
tarix19.12.2023
ölçüsü3,25 Mb.
#151302
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
04-02 Metodistning oylik ish rejasi ish jurnali va hisoboti

III. Oʻtkazilagan tadbirlar tavsifi
Maktabgacha ta’lim tizimdagi yangi huquqiy me’yoriy hujjatlar bilan tanishtirildi. Tarbiyachilarga ish hujjatlar va reja qanday yozilishi bo‘yicha maslahatlar berildi. Bandlikka ko‘maklashish va mehnat birjasiga bo‘sh ish o‘rinlari haqida hisobot topshirildi. O’quv yili davomida Pedagogik kengash yig‘ilishini o‘tkazilib borildi. Katta-o‘rta guruh tarbiyachilariga “O‘zbekiston – mening Vatanim” nomli haftalik mavzularni tashkillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berilib borildi. Guruhlarda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik qay darajadaligini o‘rganib chiqildi. Metod xonani jixozlash, MTT kichik kutubxonasini boyitib borildi. Rivojlanish markazlarida ta’limiy-tarbiyaviy faoliyatlarini tashkillashtirish yuzasidan tavsiyalar berildi. O‘quv yili davomida nutq o‘stirish bo‘yicha ta’limiy jarayonni nazorat qilib borildi. Boshlang‘ich kasaba uyushmasi ishlari bo‘yicha tushuncha va tavsiyalar berildi. Yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlarda ogohlik yuzasidan suhbatlar olib borildi. Barcha ishchi-xodimlar bilan yangi yil bayram tadbirlari arafasida bolalar hayoti va sog‘ligini muhofaza qilish bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borildi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” ga atab , “Martlar qo‘riqlaydi vatanni” shiyori ostida Katta va tayyorlov guruhlari ishtirokida bayram tadbiri bo‘kib o‘tdi. Tadbirda MFY raisi I. Tursunuv, bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida pedagoglar va musiqachilar xamkorligida “ Ona-Vatanimga xizmat qilaman “ mavzusida qiziqarli tadbirlar o‘tkazildi. Mazkur tadbirga otalar, MFY raisi va mahalla faollari , tuman IIB xodimlari va harbiy ta’lim dargohida tahsil olayotgan kursantlar taklif etildi. Tarbiyalanuvchilar Ona-Vatanimiz va jangovar xamda kuchli O‘zbekiston armiyasi to‘g‘risida she’r va qo‘shiqlar aytishib, barchani xursand qilishdi.tadbir qatnashchilari tuman IIB hodimlari estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Katta guruhlar ishtirokida 7- fevral kunida tashkilotda g‘azal mulkining sultoni hamsanafis shoir, buyuk alloma Alisher Navoiyning tavalludiga bag‘ishlangan adabiy kecha va tayyorlov guruhlar ishtirokida 14-fevralda tavallud topgan buyuk sarkarda va shoir Zahriddin Muxammad Boburlarning tavallud topgan kunlari keng nishonlandi. Mazkur tadbirlarda bolajonlar buyuk bobolarimizning yozgan she’r va g‘azallaridan aytishdi, qizaloqlar tomonidan esa chiroyli milliy raqslar ijro etildi. Fevral oyida tashkilotning 8 nafar iqtidorli va istedodli jajji qizaloqlari ishtirokida “Jajji zumradoylar” ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi. Harbir qiz o‘zlarining har sohadafi istedodlarini go‘zal chiqishlari bilan ko‘rsatib berishdi.Tadbirga taklif qilingan mahalla faollari, ota-onalar bolajonlarga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi, tashkilot tomonidan fahriy yorliqlar va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. MTT da 8- mart – “Xalqaro hotin qizlar bayrami i” barcha guruhlarda “Siz dunyoda tengi yo‘q aziz onajon” mavzusida bayram ertaliklari bo‘lib o‘tdi. Bayram tadbirlariga ota-onalar, faxriylar va maxalla faollari taklif etildi.

Yüklə 3,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə