Shahrisabz davlat pedagogika instituti


&Psixologik maslahat tashkiliy tizim sifatida



Yüklə 66,65 Kb.
səhifə2/6
tarix22.03.2024
ölçüsü66,65 Kb.
#183133
1   2   3   4   5   6
Kurs ishi mavzu Konsultatsiyani o’tkazish bosqichlari Bajardi

1.2. &Psixologik maslahat tashkiliy tizim sifatida
Maslahatchi oliy psixologik ma’lumotga yoki Konsultant mutaxassisligiga ega bo‘lishi kerak. B.D.Karvarskiy tahriri ostidagi psixoterapiya ensiklopediyasidagi psixologik maslahatga berilgan ta’rif bo‘yicha psixologik yordamni nafaqat psixologlar, balki boshqa kasbdagi vakillar ham ko‘rsatishi mumkin. Bunday holatda oliy ma’lumotlilik psixologik maslahat sohasidagi mutaxassis-likning zaruratligi ta’kidlanadi. Konsultantning kasbiy tayyorgarligi bir qator nazariy kom-ponentlardan iborat: Psixologik rivojlanishning umumiy qonuniyatlarini bilish; shaxs nazariyasi haqidagi asosiy tushuncha; shaxs turlarini bilish; shaxs rivojla-nishining bosqichlari va ushbu bosqichlarning har bir krizisli holat xusu-siyatlariga bog‘liqligi; mazkur bosqichlardagi psixologik tayanch xususiyat-lari. Bundan tashqari, har bir shaxs o‘zining mustaqil mehnat faoliyati boshlanishida ma’lum bir kasbiy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak. Bunda shaxs o‘zining shaxsiy psixologik muammolari yechimini topish maqsadida shaxs rivojlanishiga oid treninglar orqali “tozalanish” jarayonidan o‘ti-shi foydadan holi emas, chunki boshqalarni “davolashdan” oldin o‘zi kasal-dan forig‘ bo‘lishi kerak. Shunday qilib, Konsultant nafaqat nazariy bilimlar, shu-ning bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalarni egallashi zarurdir. Kelajakdagi mutaxasssisligini shaklantirishda Konsultant yuqo-rida e’tirof etilgan ikki sohani uyg‘unlashuvi natijasida psixologik yo‘nalishdagi tanlov haqida aniq tasavvurga ega bo‘lishi kerak. Agar yo‘na-lish tanlovi haqida so‘z borganida, bu boshqa yo‘nalishlardan voz kechilishi emas, aksincha qo‘shimcha tarzda ularning birlashuvini irmoqlarning katta daryoga qo‘shilishiga qiyoslash mumkin. Bunda yo‘nalishning keng tarmog‘ini egallagan mutaxassisning so‘zsiz mijozlari ham ko‘p bo‘ladi. Psixologik maslahat markazini tashkil etish va uning faoliyatini boshlash uchun uchta savolga javob berish kerak:
1)Nima uchun?;
“ 2) Nima hisobiga (yoki kimning mablag‘i hisobidan);
3) markaz joylashadigan binoga nisbatan bo‘lgan talablar. Mablag‘ masalasini atroflicha o‘rganish muhim bir o‘rinni egallaydi. Shuni alohida ta’kidlash joizki ushbu markaz shaxsiy bo‘lishi mumkin, shuningdek tarmoqli va davlat mablag‘i hisobidan ham tashkil etilishi mumkin. Markaz binosiga nisbatan ikkita asosiy talablarni ko‘rsatish mumkin: binoning joylashuvi va jihozlanishi. Maslahat markazi joylashuvini tanlashda qo‘yidagi uchta “mumkin emas” ga rioya qilish zarur:
1) Maslahat markazini savdo tashkilotlari ichida va yonida joylash-tirish mumkin emas;
2) Yo‘lovchilar serqatnov va shovqin-suronli binolar yoniga joylash-tirish mumkin emas;
3) Markazga tashrif etilgan mijozlarga noqulaylik kayfiyatini tug‘diruvchi tashkilotlar yonida joylashtirish mumkin emas (masalan ichki ishlar, hushyorxona va boshqa tashkilotlar).
Psixologik maslahat markazlarini quyidagi joylarda tashkil etish mumkin:
1) tinch joylarda;
2) transport yo‘nalishi qo‘lay bo‘lgan joylar;
3) uning joylashuvi va tashqi ko‘rinishi mijozlarda yoqimli kayfi-yatni ko‘tarish kerak.
Agar maslahat markazi alohida bog‘ bilan o‘ralgan binoda joylashgan bo‘lsa maqsadga muvofiq bular edi. Xonani jihozlanishi (interer) Maslahatchi ixtiyorida ikki xona bo‘lishi kerak – bittasi maslahat va suhbat uchun, ikkinchisi psixodiagnostika, hujjatlarni yuritish va tadbir-larni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rishga ajratiladi. Maslahat ishlari uchun ajratilgan xonada o‘rindiqlar, jurnal stoli va mijozlarning uyda mustaqil shug‘ullanishlari zarurati uchun ommaviy psixologik adabiyotlar javoni bo‘lishi kerak. Ikki xona ham yorug‘ rangda bo‘lishi shart. Xonani kelajakka ishonch va yaxshi kayfiyat ta’sirini beruvchi ko‘rgazmali rasmlar bilan bezatish mum-kin. Misol tariqasida xonani Zevsning qizlarni o‘ziga jalb etishi, Geraklning o‘n uchinchi jasorati haqidagi rasm-asarlar bilan bezatish mumkin. Maslahatchining o‘zi uchun ajratilgan ikkinchi xonada yozuv stoli, maxsus psixologik adabiyotlar javoni, psixodiagnostika bo‘yicha kompyuter dasturlari, hujjatlar saqlanadigan seyfdan iborat bo‘ladi.
Psixologik maslahat markazini tashkil etish sabablari quyidagilar bo‘lishi mumkin:
1) Aholining turmush darajasini ( ish o‘rinlari qisqaruvi, ishdan ozod etishlar, oylik maoshini o‘z vaqtida bermaslik) tushirishga olib keluvchi turg‘unsizlik;
2) Biron-bir alohida tarmoq yoki ishlab chiqarish tizimidagi davomli va davriy asabiy holatlarning o‘sishi;
3) Kasbiy xususiyatlar tarkibini tashkil etilishiga qaratilgan yuqori psixogenli faktor ( pedagoglar, shifokorlar, psixologlar); Maslahatni tashkil etish maqsadi – ishlab chiqarish, kasbiy sohadagi vakillardagi psixologik tanglik darajasini pasaytirib borish va psiholo-gik muammolarni yechishda yordam ko‘rsatish orqali psixosomatik holatlarni oldini olish bo‘yicha profilaktik ishlarni tashkil etishdan iborat.
Ikki asosiy holatda yangi maslahat markazi tarkib topadi:
1) Psixologik yordam ko‘rsatish zaruriyatiga qaratilgan sabab bor, psixologik maslahatga esa – yo‘q;
2) Mavjud psixologik maslahatlarga nisbatan mijozlar soni ko‘pligi darajasining yuqoriligi. Albatta, ikkinchi holat bo‘yicha yangi maslahat markazlarini yaratish shart emas, chunki mavjud tashkilotdagi maslahatchining vazifalari va muta-xassisligini takomillashtirishda qayta taqsimlash mehnat samarasini imkoniyatini berishi mumkin. Bunday holatda vazifalarning qayta taqsimoti mutaxassis psixolog-larning ikki sohadagi funksional vazifalarini bo‘linishiga olib keladi: Psixodiagnostika, psixologik maslahat. Mutaxassisilikni takomillash-tirish-bu psixologik yordam ( shaxsiy, intim, oilaviy, psixologik-pedago-gik, ishchanlik ) sohasidagi maslahatchilar o‘rtasidagi taqsimotdir.

Yüklə 66,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə