Shartli belgilar: taqrizchilar



Yüklə 336 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/153
tarix24.12.2023
ölçüsü336 Kb.
#158029
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   153
10-sinf Jahon tarixi yangi darslik

ka-
pital eksporti
deb ataldi. Angliya sanoat ishlab 
chiqarishida ortda qolgan sari kapital eksporti 
katta ahamiyat kasb etib, foyda olishning muhim 
manbalaridan biriga aylanib bordi.
Bu davrda ham Buyuk Britaniya iqtisodiyoti 
mustamlakachilik xarakteriga ega boʻlib qola
-
verdi. Britaniya imperiyasining hududi 1884-yildan 1900-yilgacha 30% ga kengaydi, 
aholisi bir yarim marta koʻpaydi. Birinchi jahon urushi arafasida ingliz mustamlakala
-
rida 400 mln kishi yashardi. 
Mustamlakalar uchun boʻlgan urushlarning eng yirigi 1899–1902­yillardagi ingliz­bur 
urushi boʻldi. 
Burlar
gollandiyalik mustamlakachilarning avlodlari boʻlib, ular Janubiy 
Afrikada Transvaal va Oranj nomli ikkita respublika tuzishgan edi. Burlar asosan chor-
XIX asrning 70-yillarida...
Birinchi sanoat mamlakati 
maqomi – ...
XX asr boshlarida...
BILIB OLING
Ip yigirish korxonasi


14
vachilik bilan shugʻullanishardi. Angliya uzoq davom etgan urushdan soʻng, 1902­yili 
bu ikki respublikani ham o‘ziga boʻysundirdi. Angliyaning 
mustamlakachilik intilishlarini 
jahon jamoatchiligi qoraladi. Bu esa xalqaro maydonda uning nufuzi tushib ketishiga 
olib keldi.
Mustamlakalarda mahalliy aholi dahshatli ekspluatatsiya qilinar, ularning yerlari 
tortib olinib, oʻzlari mustamlakachilar foydasiga ishlashga majbur etilar edi. Ogʻir 
soliqlar, oʻta past ish haqi aholining qashshoqlashuviga va butun boshli xalqlarning 
qirilib ketishiga olib keldi. Koʻplab ingliz mustamlakalarida 
mahalliy
aholi toʻliq qirilib 
ketdi. Bu yerlarning aholisini endi yevropaliklar, asosan inglizlar tashkil eta boshla-
gandi. Bunday mustamlakalar XIX asr oxiri – XX asr boshlarida avtonomiyalarga 
ega boʻldi. Ular endi 
dominion
lar deb atala boshlandi. Kanada, Yangi Zelandiya, 
Avstraliya ana shunday dominionlar edi.
Angliya rivojlanishning evolyutsion yoʻlini tanlagani uchun parlament va saylov 
islohotlari davom ettirildi. 1868-yili shaharlarda ishchilarning bir qismi saylov huquqi-
ga ega boʻldi. Tez orada bu barcha grafliklarda joriy qilindi. XX asr boshiga kelib 
jamoa palatasining ustuvorligi aniq belgilab qoʻyildi, lordlar palatasining huquqlari 
esa cheklanib bordi.
Imperiyaga 64 yil hukmronlik qilgan qirolicha 

Yüklə 336 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə