Reja: Urchuqsiz yigirish usullari va pnevmomexanik yigirish mashinasining oddiy sxemasi



Yüklə 25,66 Kb.
səhifə1/2
tarix27.12.2023
ölçüsü25,66 Kb.
#163396
  1   2
1523986222 71237


Pnevmomexanik yigirish mashinasining takomillashuvi
Reja:

  1. Urchuqsiz yigirish usullari va pnevmomexanik yigirish mashinasining oddiy sxemasi;

  2. Turli rusumdagi pnevmomexanik yigirish mashinalari texnologik yangiliklari;

Urchuqsiz yigirish usullari va pnevmomexanik yigirish mashinasida ip shakllanishi


Pnevmomexanik yigirish usuli professorlar A.G.Sevostyanov, N.N.Truevsev
(Rossiya) va ularning shogirdlari o’rganishgan.
Pishitish va o’rash jarayonlari ajralgan yigirishda texnologik jarayonlar umumlashgan holda quyidagicha izohlanadi: ta‟minlovchi mahsulotni diskretlash, tolalar diskret oqimini transportirovkalash, siklik qo’shish, burab ip shakllantirish va o’rash jarayonlari. Pnevmomexanik yigirish mashinasida jarayonlar alohida birbiridan ajralgan holda amalga oshiriladi (1-rasm).

a) ipning shakllanishi b) siklik qo’shish
1-rasm. Yigirish kamerasida ipning shakllanishi
1 - diskret tolalar oqimi; 2 - konfuzor; 3 - piltacha; 4,5 - shakllangan ipning kameradan tashqaridagi va ichidagi qismlari; 6 - tortuvchi vallar; 7 - o’rovchi val; 8 - bobina.
Diskretlovchi valik ta‟minlovchi silindrga nisbatan ancha katta tezlik bilan aylanib mahsulotni ingichkalashtiradi. Natijada piltadan ayrim tolalar va ularning guruhlari ajralib, tolalarning diskret oqimi paydo bo’ladi. Kameraning qiya sirtiga uzluksiz kelib tushadigan tolalar diskret oqimi uning eng keng joyi – noviga qiya sirtda asta-sekin siljib to’planadi. Agar ip shakllanmasa, yigirish kamerasi sirtining novida tolali piltacha hosil bo’ladi. Tolalarning novda yig’ilishi – siklik qo’shish deyilib, uning natijasida halqasimon tolali piltacha hosil bo’ladi. Agar kamera ichiga tashqaridan ip uchi kiritilsa, u halqachani uzadi va ip shakllana boshlaydi va tortuvchi vallar yordamida tayyor ip tortib olinadi.
Tolali piltachaning kamera sirtidan ajralish punkti A da ma‟lum buramlar piltachaga o’tadi va piltachaning muayyan qismi pishitilib turiladi. Bu jarayon pishitish – ip shakllanishi deyiladi. Shakllangan ip varonka sirti E ni qamrab ajratuvchi naychadan o’tadi. Ip naycha uchidagi voronka hamda tortuvchi vallar qisqichi orasida buramlar oladi va g’altakka o’raladi, ya‟ni yigirish o’rash jarayoni bilan yakunlanadi.

2-rasm. Urchuqsiz yigirish usullari
Ipning kamera sirtidan ajraladigan qismiga uning har bir aylanishida diskret tolalar oqimining ayrim elementlari so’zsiz tushadi (3-rasm). Bu hodisa beihtiyor ip strukturasi va xossalariga ta‟sir ko’rsatadi.

to’g’ri yo’nalish teskari yo’nalish

  1. rasm. Yigirish kamerasi novidan ip ajralishi

Ipning kameradan ajralish joyida ipga ilashadigan tolani turli ko’rinishlarda uchratish mumkin.

halqasmon piltacha 1-uzun uchi; 2-kalta uchi

  1. rasim Ip shakillanishi va uning uchlari

Shuning uchun ilashgan tolalar miqdori baholash uchun chirmashish koeffitsienti deb nomlangan mezon kiritilgan (4-rasm).
Chirmashish koeffitsienti tola uzunligiga to’g’ri, yigirish kamerasi diametriga teskari proporsionaldir. Tolalar chirmashishi asosan ajralish punktida yoki undan tashqarida turlicha uzunlikda sodir bo’ladi. Shunday qilib, amalda yigirish kamerasida ipning bir emas ikkita – uzun va kalta uchlari paydo bo’ladi. Ipning uzun uchi normal buralib, yaxshi pishitilganligi uchun ipning asosiy qismini tashkil etadi. Unga kalta uchdagi tolalar chirmashib ipning bo’sh ustki qismini tashkil etadi. Ustki qism ip massasida qatnashadi, lekin uzishga qarshilikda qatnashmaydi. Ipning uzun uchidan tashkil topgan o’zak qismi uzishga qarshilik ko’rsatib uning pishiqligini belgilaydi. Shuning uchun pnevmomexanik ipning uzish kuchi halqali yigirilgan ipnikidan 20% gacha past bo’ladi. Shunday qilib, pnevmomexanik ipning strukturaviy tuzilishi halqali ip tuzilishidan farq qilib, pishiqlik xossalari bo’yicha bo’shroq, xossalari bo’yicha notekisligi esa pastroq bo’ladi.

Yüklə 25,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə